«elektroenergetika»


S i n o v   s a v o l l a r i


Download 237.8 Kb.
Pdf просмотр
bet3/3
Sana19.02.2020
Hajmi237.8 Kb.
1   2   3

S i n o v   s a v o l l a r i 

 

1. Standartlarni ishlab chiqish nechta bosqichda amalga oshiriladih 



2. qanday standartlarni bilasizh 

3. Milliy standart nimah 

4. Uzdavstandart vakolatiga nimalar kiradih 

5. Korxona va muassasalar metrologiya xizmati vazifalari nimalardan iborath 

6. Xalqaro standart bilan mintaqaviy standart o'rtasida qanday farq borh 

 


 

19 


 

6-Amaliy mashg’ulot 

Sertifikatlashtirish sxemalarini o'rganish 

 

               Sertifikatlashtirish bo'yicha ISO tarkibidagi qo'mita tomonidan tayyorlangan 



hujjatda uchinchi tomon tarafidan amalga oshiriladigan sertifikatlashtirishni sakkizta sxemasi 

berilgan: 



Birinchi sxema 

Bu sxemada maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlar tomonidan mahsulot namunalarini 

turlarini standart talabalariga muvofiqligini sinovdan o'tkazib namunani belgilangan 

talablarga muvofiqligi tasdiqlanadi xolos. 



Ikkinchi sxema 

 Bu sxemada mahsulotning namuna turlarini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida 

sinovdan o'tkazilib, so'ngra uning sifatini vaqti-vaqti bilan nazorat qilib boriladi. 

Uchinchi sxema 

 Mahsulot namunalari turlari maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida o'tkaziladi, so'ngra 

sotuvchi yoki iste'molchiga yubormasdan turib vaqti-vaqti bilan namunalarning tekshiruvini 

nazorat qilishga asoslanadi. Agarda standartga muvofiqligi tasdiqlansa iste'molchiga 

jo'natiladi. 

To'rtinchi sxema 

 Mahsulot namunalari xuddi 1-3 sxemadagi kabi sinovdan o'tkazishga asoslanib, so'ngra 

savdo shaxobchasidagi hamda ishlab chiqarishdan olingan namunalarning tekshirish 

nazoratini vaqti-vaqti bilan o'tkazish orqali mahsulotning sifati hisobga olinadi. 



Beshinchi sxema 

 Xuddi to'rtinchi sxema kabi ishlar olib borilib, yana korxonada chiqaziladigan mahsulotning 

sifatini kerakli darajada bo'lishini ham nazorat qiladi. 

Oltinchi sxema 

 Faqat korxonadagi mahsulotning sifatini ta'minlash bilan tizimni baholanishini o'tkazishga 

mo'ljallangan. 

Yettinchi sxema 

 Mahsulotning har bir tayyorlangan to'dasidan sinovlarga tanlab olishga asoslangan. Tanlab 

olish sinovlarining natijalariga qarab to'dani ortish uchun qaror qabul qilinishi aniqlanadi. 

Sakkizinchi sxema 

 har bir tayyorlangan ayrim buyumning standartlar talabiga muvofiqligi sinovlar o'tkazib 

aniqlanadi. Bu sxema bo'yicha sertifikatlashtirish qimmatbaho metallardan va ular 

qotishmalaridan tayyorlangan mahsulotlarga ko'proq qo'llaniladi. 

O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  kengashining  1993  yil  28  dekabr  qarori  bilan 

«Mahsulotlar  va  xizmatlarni  sertifikatlashtirish  to’g’risida»-gi  O'zbekiston  Respublikasi 

qonuni amalga kiritildi. 

Mazkur  qonun  O'zbekiston  Respublikasida  mahsulotlar,  xizmatlar  va  boshqa 

ob'yektlarni  (matnda  bundan  keyin  «mahsulotlar»  deb  yuritiladi)  sertifikatlashtirishning 

huquqiy,  iqtisodiy  va  tashkiliy  asoslarini,  shuningdek  sertifikatlashtirish  ishtirokchilarining 

xuquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilab beradi. 


 

20 


 

S i n o v   s a v o l l a r i 

 

1. Standartlashtirishning maqsad vazifalari nimalardan iborath 



2.Sertifikatlashtirish omillari deganda nimalar tushiniladih 

3.Sertifikatlashtirshning qanday sxemalari mavjudh 

4.Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish o'rtasida qanday farq borh 

5.Sartifikatlashtirish milliy tizimi nimah 

 

7-Amaliy mashg’ulot 

Maxsulot sifati va uni baholash usullarini o'rganish 

 

           Sifat tizimi deganda, tashkiliy tuzilishi, mas'uliyati, ish tartibi, jarayonlar, resurslar 



yigindisi bo'lib, sifatning umumiy boshqaruvining amalga oshirilishi tushiniladi. Maxsulot 

sifatiga ta'sir etuvchi omillarni turt toifaga, ya'ni texnikaviy, tashkiliy, iktisodiy va 

ijtimoiylarga bulish mumkin. 

Mahsulot  sifatini  tashkil  topishi,  uning  hamma  hayotiy  bosqichlarida-tadqiqot  va 

loyihalash  ishlarida,  ishlab  chiqarishda,  muomilada,  iste'molda  yoki  ishlatilishda  namoyon 

bo'ladi.  Sifatni  har  tomonlama  o'z  ichiga  oluvchi,  uning  hamma  tomonlarini  ta'minlovchi 

hamda  mahsulotning  barcha  hayotiy  bosqichlarini  qamrab  oluvchi  faoliyat  sifat  tizimlarini 

bildiradi.  

Sifat tizimlarida mahsulot sifatini baholashning uslubiy asoslariga, ayniqsa, mahsulotni 

majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirishda alohida talab qo'yiladi, ya'ni: 

-mahsulotning  iste'moldagi  hamma  xossalarini  kompleks  taxlil  qilinishi  va  xolisona 

baholanishi, xavfsizliligi va ekologikliligi namoyon bo'lish imkoniyati; 

-keltirilgan  baholanishga  asoslanib,  iste'molchi  tomonidan  mahsulotning  ishlatishdagi  va 

ekologikliligidagi  xavfdan  hamma  mahsulot  va  uning  sifatini  noto’g’ri  baholanish  xavfidan 

ijtimoiy himoya qilishga zamin yaratish. 

Maxsulot  sifatining  darajasini  baxolashda  turli  usullardan  foydalaniladi:  differensial, 

kompleks, arlashgan va statistik. 

Differensial  usul  deb,  maxsulotning  sifatini  birgina  ko'rsatkichidan  foydalanishga 

asoslangan maxsulot sifatini baxolash usuliga aytiladi. 

Kompleks  usul  deb  maxsulot  sifatini  kompleks  ko'rsat-kichlarini  qo'llanishiga 

asoslangan maxsulot sifatini baxolash usuliga aytiladi. 

Aralashgan  usulda  bir  vaktning  ichida  ham  birgina  ko'rsatkichidan,  ham  kompleks 

ko'rsatkichlaridan foydalanib maxsulotning sifati baxolanadi. 

Statistik  usul  bilan  maxsulotning  sifatini  baxolashda  matematik  statistika  usullaridan 

foydalaniladi. 

Mahsulot  sifatini  oldindan  aytib  berish  deganda  berilgan  vaqtda  yoki  berilgan    vaqt 

oraliG’ida erishilishi mumkin bo'lgan mahsulot sifati ko'rsatkichlarining imkoniy qiymatlarini 

aniqlanishi tushuniladi. 



 

21 


Mahsulot  sifatini  rejalashtirish  deganda  mahsulotni  chiqarish  bo'yicha  berilgan  vaqt 

ichida  yoki  berilgan  vaqt  oraliG’ida  kerakli  sifat  ko'rsatkichlarining  qiymatlari  bilan 

asoslangan topshiriqni belgilash tushuniladi. 

Mahsulot  sifatini  bir  mi'yorda  bulishini  ta'minlashda  maxsulot  sifatini  boshqarish 

aloxida urin egallaydi. 

 

Maxsulot  sifatini  boshqarish  deganda  maxsulotni  yaratishda,  uning  kerakli  sifatini 



ta'minlash va me'yorida bo'lib turish maqsadida amalga oshiriladigan harakatlar tushiniladi. 

Maxsulot  sifati  jarayonlarning  qanday  tashkil  etilgan-ligiga,  ularni  qanday  me'yorda 

ishlashiga,  nazorat  o'lchov  asboblarining  nakadar  tekis  ishlashiga  va  shu  jarayonlarda 

ishlayotgan xodimlarning malakasiga so'zsiz bog’liqdir. 

Mahsulot  sifatini  boshqarish  jarayoni  boshqarishning  umumiy  nazariyasiga  binoan 

quyidagi ishlardan tashkil topadi: 

-boshqarish rejasini ishlab chiqish; 

-mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirish; 

-mahsulot sifatiga ta'sir etuvchi har qanday ob'yektning xolati xaqida axborotlar olish va taxlil 

qilish; 


-sifatni boshqarish bo'yicha qaror qabul qilish va ob'yektga ta'sir etish usulini tayyorlash; 

-ta'sir etadigan boshqaruvchi ko'rsatmalar berish; 

-boshqaruvchi ko'rsatmalar berish natijasida ob'yektdagi sifatning o'zgarishi xakida axborotni 

olish va taxlil qilish. 

Mahsulot  ishlab  chiqarilishida,  ayniqsa  yangi  mahsulot  bilan  bog’liq  bo'lsa,  turli  xil 

muammolar paydo bo'ladi, bu va shunga o'xshash muammolarni tezkorlik bilan hal qilishda 

mahsulot  sifatini  boshqarish  tizimlari  va  uni  boshqaruvchi  idoralari  hal  qiluvchi  vazifani 

bajaradi. 

Maxsulot  sifatini  oshirishda  standartlashtirish  va  ser-tifikatlashtirish  faoliyatining  roli 

kattadir,  chunki  har  qanday  texnologik  jarayonlarni  bir  me'yorda  ishlashi,  ularni  har  bir 

boskichida me'yori xujjatlarning bajarilishiga kanchalik rioya qilishini, jamoaning mexnat va 

texnologik intizomi xal kiluvchi rol o'ynaydi.  

 

S  i  n  o  v    s  a  v  o  l  l  a  r  i 

 

1. Maxsulot sifati nimah 



2. Maxsulot sifatiga ta'sir etuvchi qanday omillar mavjudh 

3. Maxsulot sifatining darajasini baxolashda qanday usullardan foydalaniladih 

4. Maxsulot sifatini boshkarish deganda nimani tushinasizh 

 

 



 

22 


Asosiy adabiyotlar 

1. S.M.Maxkamov. «Metrologiya va standartlashtirish asoslari». Toshkent, «Talqin», 2006y. 

2. Q.N.Nuriyev. «O'zaro almashuvchanlik, metrologiya va standartlashtirish», Toshkent, 

«Toshkent», 2005y. 

3. B.E.Muxamedov. «Metrologiya, texnologik parametrlarni o'lchash usullari va asboblari», 

Toshkent, O'qituvchi, 1991y. 

4. Г.Д.Крилова. «Основы стандартизации, сертификации и метрологии». М. Аудит. 

ЮНИТИ, 1998 г. 



Qo'shimcha adabiyotlar 

5.P.R.Ismatullayev, Z.T.To'xtamurodov, A.X.Abdullayev. «Standartlashtirish, metrologiya va 

sertifikatlashtirishga muqaddima». Toshkent, TDTU, 1995 y. 

6. O'lchashlar birligini ta'minlash davlat tizimi. Metrologiya. «O'zRST1.0-98 O'z DST. 

Asosiy qoidalar» 

7. O'zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. O'zRST 1.0-92.  

8. N.Axrarov. “O'lchovshunoslik asoslari va elektr o'lchashlardan amaliy ishlar”. O'kuv 

qo'llanma. T. “O'zbekiston”. 1994y.  

9. T.A. Ochilov. «Ctandartlashtirish asoslari, metrologiya va maxsulot sifati». T, «Istiqlol», 

2004 yil. 

10. А.В.Фремке и Е.Н.Душина, «Электрические измерения»  Ленинград, Энергия,   

1999 г. 


11. «Metrologiya to'g'risida» gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni. 1993 yil 28-dekabr. 

12. «Standartlashtirish to'g'risida» gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni. 1993yil. 28-dekabr. 

13. «Maxsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to'g'risida» gi O'zbekiston Respublikasi 

Qonuni. 1993y 28-dekabr. 

14. Q.Ishmatov. «Pedogogik texnologiya». O'quv qo'llanma, Namangan, NamMPI,      2004 

yil. 


15.  Farberman.  B.L.  va  boshqalar.  «Oliy  o'quv  yurtlarida  o'qitishning  zamonaviy  usullari», 

Toshkent. 2002 y. 

16.  O.U.Otamirzayev  va  boshqalar.  «Metrologiya,  standartlashtirish  va  sertifikatlashtirish». 

Ma'ruzalar matni. NamMPI. 2006 y.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

23 


Mundarija 

 

Kirish

 ......................................................................................................................................... 3 

Asosiy qoida va tushunchalar

 .................................................................................................. 3 



1-Amaliy mashg’ulot

 ................................................................................................................ 5 



Mavzu: Ampermetr va voltmetrlarni namuna asboblar yordamida  metrologik jixatdan 

tekshirish

 ................................................................................................................................... 5 



2-Amaliy mashg’ulot

 ................................................................................................................ 8 



O'lchash xatoliklarini hisoblashni o'rganish

 ......................................................................... 8 



3-Amaliy mashg’ulot

 .............................................................................................................. 10 



Elektr kattaliklarni o'lchash natijalarini qayta ishlashni o'rganish

 ................................. 10 



4-Amaliy mashg’ulot

 .............................................................................................................. 13 



Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish me'yoriy xujjatlarini o'rganish

 . 13 


5-Amaliy mashg’ulot

 .............................................................................................................. 16 



Standartlarni ishlab chiqish va tadbiq etish qoidalarini o'rganish

 ................................... 16 



6-Amaliy mashg’ulot

 .............................................................................................................. 19 



Sertifikatlashtirish sxemalarini o'rganish

 ............................................................................ 19 



7-Amaliy mashg’ulot

 .............................................................................................................. 20 



Maxsulot sifati va uni baholash usullarini o'rganish

 .......................................................... 20 



Asosiy adabiyotlar

 .................................................................................................................. 22 



Mundarija

 ............................................................................................................................... 23 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling