Elektrokimyo. Galvanik element
Download 130.89 Kb. Pdf ko'rish
|
LABORATORIYA ISHI №11
LABORATORIYA ISHI №11 ELEKTROKIMYO. GALVANIK ELEMENT Asboblar va reaktivlar: Galvanometr, 2 ta stakan (200 ml), agar-agar, U- simon naycha, 1n ruh sulfat, 1 n mis sulfat eritmasi, filtr qog’ozi. Ishdan maqsad: Galvanik elementning tuzulishi va ishlash usuli bilan tanishish. Galvanik elementning tuzulishi va ishlashi Ikkita stakan (200ml) olib, ¾ qism, birinchisiga rux sulfatning 1n eritmasidan, ikkinchisiga mis sulfatning 1n eritmasidan soling. Birinchi stakanga rux elektrodi va ikkinchi stakanga mis elektrodi tushuring, so‘ngra plastinkalarni tashqi o‘tkazgich bilan tutashtiring. Ikkala eritmani agar- agarning KCl eritmasi bilan aralashtirilgan kleysimon modda to‘latilgan U – simon naycha bilan tutashtiring. Galvanometr strelkasining siljish sababini tushuntiring va elektrodlardagi qanday oksidlaninsh – qaytarilish reaksiyalarini borishini ko‘rsating. Reaksiya tenglamasini yozing. Galvanik elementning E.Yu.K. sini hisoblang. SAVOL VA MASALALAR 1. Galvanik element deb nimaga aytiladi? 2. Elektrod potensiali nima? 3. Nernts formulasi nimani aniqlaydi? 4. Quyidagi elementlarning qutblarini birlashtiruvchi simda elektronlar qaysi tomonga qarab boradi. Anod va katoddagi jarayonlarni yozing. A) Mg/Mg(NO 3 ) 2 – Pb/Pb(NO 3 ) 2 B) Pb/Pb(NO 3 ) 2 – Cu/Cu(NO 3 ) 2 V) Cu/CuSO 4 – Ni/NiSO 4 . 5. Elektr yurituvchi kuch nima, qanday aniqlanadi. Download 130.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling