Elektrokimyo


Download 26.48 Kb.
bet2/8
Sana05.09.2023
Hajmi26.48 Kb.
#1673137
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Elektrokimyo

POTENSIOMETRIYA
Voltametriya usuli qanday usul, uning qanday turlari bor? Potensiometriya usuli nimaga asoslangan? Unda qanday bog‘liqlik o‘rganiladi? Bevosita potensiometriya usuli nimaga asoslangan? U qayerlarda qo‘llaniladi? pH-metriya usuli qachon va kim tomonidan birinchi marta ishlab chiqilgan? Bu usulda qanday elektrodlar sistemasi ishlatiladi? Ionometriya usuli nimaga asoslangan, usulda qanaqa elektrodlar ishlatiladi? Redoksmetriya usuli nima va unda qanday elektrodlar sistemasi ishlatiladi? Elektrod jarayonlari mexanizm bo‘yicha qanday turlarga bo‘linadi? Elektrod potensiali qanday paydo bo‘ladi? U qanday tenglama bilan ifodalanadi? Qaytar va qaytmas sistemalar potensiometriyada qanday ahamiyatga ega? Potensiometriyada qanday elektrodlar ishlatiladi? Indikator elektrodlarining qanday turlari bor? Ion selektiv elektrodlarning membranalar bo‘yicha qanday turlari bor? Qattiq va suyuq membranali elektrodlar haqida nimalarni bilasiz? Shisha elektrodining ishlash tartibi qanday? Ion selektiv elektrodlarning selektivlik koeffitsiyenti nima? Ferment elektrodlarda asosiy sezgir element qanday ishlaydi? Gaz sezgir elektrodlarning ishlash tartibi qanday? Taqqoslash elektrodlari qanday ishlaydi? Nima uchun vodorod, kalomel va kumush xloridli va boshqa taqqoslash elektrodlarining potensiali o‘zgarmaydi? Bevosita potensiometriyada miqdoriy aniqlashlar nimaga asoslangan? Potensiometrik titrlash nima? U vizual titrlashdan nima bilan farqlanadi? Titrlashning oxirgi nuqtasini hisoblash usuli yordamida topishning mohiyati nimada va qanday turlari bor? Oxirgi nuqtani topishning chizma usullari (integral, differensial, ikkinchi tartibli hosila va Gran usullari) nimalarga asoslangan? Potensiometrik titrlashni avtomatlashtirishning qanday imkoniyatlari bor?


KULONOMETRIYA
Kulonometriya usuli nimaga asoslangan? Uning aniqligi va sezuvchanligi qanday? Elektroliz qonunlarini ta’riflab, tenglamasini keltiring. Tokning samaradorligi nima va uni qanday baholash mumkin? Elektr miqdorining kulonometrik aniqlashlarda qanday ahamiyati bor? Elektr kimyoviy va kimyoviy reaksiyaning tugash paytini qanday aniqlash mumkin? Ularning analiz uchun qanday ahamiyati bor? Potensiostatik va galvanostatik kulonometriya usullarining qo‘llanilishini asoslab bering. Bevosita kulonometriya usuli qanday maqsadda qo‘llaniladi? Unda modda miqdori qanday hisoblanadi? Kulonometrik titrlash boshqa asbobli titrlash usullaridan nima bilan farq qiladi? Elektr aktiv va elektr aktiv bo‘lmagan moddalarni titrlash uchun titrant qanday generatsiya qilinadi? Titrantning ichki va tashqi generatsiyasi usullari nima bilan farqlanadi? Titrlashning oxirgi nuqtasini qanday aniqlash usullarini bilasiz? Elektr gravimetriya usulining mohiyatini tushuntiring. Ichki elektroliz usuli boshqa elektroliz usullaridan nima bilan farqlanadi?



Download 26.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling