Elektrokimyoviy analiz usullari faniga kirish
-§. Voltamperometriyaning zamonaviy usullari
Download 1.25 Mb.
|
Elektrokimyoviy analiz usullari faniga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tez chiziqli yoyiladigan (rezetkali) potensialli (xronoamperometriya) voltamperometriya
29.3-§. Voltamperometriyaning zamonaviy usullari
Klassik polyarografiyada aniqlanadigan konsentratsiyaning quyi chegarasi ̴ 10-5–10-6 M. Uning ahamiyati aniqlanadigan ishtirokidagi elektrod reaksiyasi amalga oshishi bilan bog’liq bo’lgan sig’im tokiga (qoldiq tok tarkibiy qimlaridan biriga) Faradey toki nisbatining qiymati bilan bog’liq. Ushbu qiymatning ortishida aniqlanadigan konsentratsiyaning quyi chegarasi kamayadi. Faradey va sig’im toklarining nisbatini oshirish sig’im tokini kamaytirish bilan (impulsli voltamperometriya, potensialni tez yoyish voltamperometriyasi). Diffirensial impulsli voltamperometriya o’zgaruvchi doimiy kuchlanish bir xil vaqt oraliqlari oralab bir xil qo’shimcha impulslar beradi. Tok kuchi impuls uzatilguncha va uning so’ngida o’lchanadi. Voltamperogramma voltamperometrik to’lqinning birinchi hosilasi ko’rinishida bo’ladi (29.12 – rasm). Voltamperogrammadagi maksimum yarim to’lqin potensialiga mos keladi. 29.12 – rasm. Diffirensial impulsli voltamperometriya. 1) potensialning o’zgarishi; 2) voltamperogramma Diffirensial impulsli voltamperometriya yuqori sezuvchan va tanlovchan usuldir. U biologik aktiv moddalar va metallarning juda kam miqdorlarini aniqlashda qo’llaniladi. Sezgirligi va aniqligi bo’yicha bu usul ba’zi hollarda (qo’rg’oshin, kadmiyni aniqlashda) atom – adsobsion usul bilan taqqoslanadi. Tez chiziqli yoyiladigan (rezetkali) potensialli (xronoamperometriya) voltamperometriya Ushbu usul oddiy voltamperometriydan shu bilan farq qiladiki, o’lchov jarayonida potensial qiymati yuqori tezlikda (ulushdan 100 va undan ortiq V/s gacha) chiziqli qonun bo’yicha o’zgaradi. Potensialning o’zgarish tezligi elektrodning xarakteriga va eletkrolizning o’tkazish sharoitiga bog’liq. 100 mV/s va undan yuqori tezlikda signalni qayd etish uchun ostsillograf yoki elektron display zarur bo’ladi. Tok kuchini o’lchash tomchi davrining bir necha so’nggi sekundlari oralig’ida o’tkaziladi. Voltamperogrammaning formasi 29.13 – rasmda namoyish qilingan. 29.13 – rasm. Chiziqli razvyotkali potensial xronoamperometriyasi. 1) potensialning o’zgarishi; 2) voltamperogramma 29.14 – rasm. Siklik voltamperometriya: 1) potensialning o’zgarishi: 2) voltamperogramma Potensialning yoyilishi bir xil tezlikda o’tkazilishi mumkin, ya’ni oldin birinchida, so’ngra boshqa (qaytar) yo’nalishda. Analizning bunday usuli siklik voltamperometriya deyiladi. (9 – rasm). Olinadigan voltamperogramma ikki yo’nalishdan katodli va anodli tuzilgan. Ularning simmetrikligi oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarining qaytarligini ko’rsatadi. Xronoamperometriyaning yutug’i yetarli darajadagi yuqori sezgirlikda voltamperogramma olish tezligining yuqoriligi, elektrokimyoviy reaksiyalarning oraliq mahsulotlarini topish va aniqlash qobiliyatidir. Uning kamchiliklariga hisoblash chizig’i hamisha qiyalikka egaligi; na standart qo’shimchalar usuli, na darajalash grafiklari usulini qo’llab bo’lmasligi; konsentratsiya bilan cho’qqining balandligini bog’lovchi tenglamani qo’llashning noqulayligi; maxsus tez ishlaydigan qayd qiluvchi asboblardan foydalanish zaruriyati kabilar kiradi. Potensiali tez o’zgaradigan usullardan, asosan elektrod jarayonlarining kinetikasi va mexanizmini o’rganishda foydalaniladi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling