Elektrokimyoviy analiz usullari faniga kirish


Ba’zi organik moddalarni kulonometrik aniqlash


Download 1.25 Mb.
bet20/34
Sana18.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1597450
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34
Bog'liq
Elektrokimyoviy analiz usullari faniga kirish

Ba’zi organik moddalarni kulonometrik aniqlash

Titrant

Fon elektroliti

Aniqlanadigan moddalar










Cu(II)

DMFA. 0.5 M NaClO4

Askorbin kislotasi, tiomoche vnna.

benziltiomochevina







V(V)

CH3COONa, 0,5 M HClO4

Askorbin kislotasi, gidroxinon,

pirokatexin, ftnvazid







Ce(IV)

CH3COONa, 0,5 M HClO4

p-Amnnofenon. norsulfazol, sulgin,

sulfannlovaya kislota







Br2

CH3COONa, 0,2 M HClO4

Analgin, metionin, metiltiourasil

CH3CN; 0,2 M HClO4

Siklogeksan, fenol













Cl2

CH3COONa, 0,2 M HClO4

Kofein, teobromin Teofillnn

CH3CN; 0,2 M HClO4







I(I)

CH3COONa, 0,2 M HClO4

Dibazol, dimedrol, vitamin Bi,

papaverin, izoniazid







BrO-

Fosfatli byfer eritma, pH 8,7; 0,2

Izoniazid, nnkotinamnd, ftalazol,




M KBr

streptosid, etazol

H+

CH3CN; 0,25 M NaC1O4 Atseton.

Amidopirin, natriy p-aminosalitsilat

0,25 mol/l NaClO4

Dimedrol, kofein, novokain













Kulonometrik titrlashda titrant odatda elektrolitik yacheykada ishchi elektrodda sodir bo’ladigan elektrokimyoviy reaksiya natijasidda (ichki generatsiya qilib kulonometrik titrlash) olinadi. Agar u yoki bu sabab bilan buni amalga oshirishning imkoni bo’lmasa, titrant maxsus usullarda hosil qilinib, keyin yacheykaga kiritiladi (titrantning tashqi generatsiyasi). Kulonometrik titrantning tashqi generatsiyasi ko’p ishlatilmaydi, chunki bu usulda elektroliz qilinadigan eritma bilan aniqlanadigan modda mavjud bo’lgan eritma aralashtirib turilishi lozim.


Kulonometrik titrlashda titrant olishning manbalari: erituvchi elektrod materiali;


Yordamchi reagent – 100% li tok bo’yicha chiqishni ta’minlash uchun titrlanadigan eritmaga qo’shiladi.


Oddiy titrlashdan kulonometrik titrlashning farqi shundaki, bunda titrant elektrolitik yacheykada unga qo’shilgan moddadan hosil qilinadi. Bu jarayon titrant generatsiyasi deyiladi. Demak, kulonometrik titrlashda elektroliz natijasida hosil bo’lgan titrant, ya’ni fon elektroliti ishlatiladi. Fon elektroliti – eritmaning elektr o’tkazuvchanligini oshirish maqsadida qo’shiladi. Titrantni generatsiya qilishning ichki va tashqi generatsiya usullari mavjud. Agar aniqlanadigan modda elektroaktiv bo’lmasa, masalan, aminlar, fenollar va h.k.z larni aniqlash uchun elektroaktiv elektrolitlardan (bromidlar, yodidlar) titrant (Br2, J2) generatsiya qilinadi:


2J- - 2e- = J2
Hosil bo’lgan yod fenol bilan reaksiyaga kirishadi:
3J2+C6H5OH = C6H2J3OH + 3J- + 3H+

Fenol berilgan sharoitda elektroaktiv bo’lmaganligi uchun elektrodda faqat yodidning oksidlanish reaksiyasi sodir bo’ladi. Bu ichki generatsiya hisobiga kulonometrik titrlashga misol bo’ladi.


Tashqi generatsiya qilib kulonometrik titrlashda esa titrant tashqaridan qo’shiladi.


Elektrod sirtida sodir bo’ladigan elektrokimyoviy jarayon elektrodning tabiati (materiali, xossalari) va sirt yuzasiga bog’liq. Kulonometriyada asosiy elektrokimyoviy reaksiya ishchi elektrodda sodir bo’ladi. Kulonometrik titrlashning oxirgi nuqtasini aniqlashning vizual, potensiometrik, amperometrik, biamperometrik, fotometrik kabi usullari


mavjud. Kulonometrik titrlashda qo’shimcha ravishda yana ikkita indikator elektrodlari ham yacheykaga tushiriladi va titrlashning oxirgi nuqtasini topishda qo’llaniladi.


Kulonometrik titrlash egri chiziqlarining biamperometrik indikatsiya qilish usulidagi ko’rinishlari ham turlichadir. Ular quyidagilar: (27.9-rasm)


1- Indikatsiya aniqlanadigan modda bo’yicha bo’lgan holatda modda konsentratsiyasi kamaygan sari indikator toki ham kamayib boradi. Egilish nuqtasi reaksiyaga kirishadigan modda qolmaganligini ko’rsatadi.


2- Elektrokimyoviy aktiv titrantning (fon elektrolitining) generatsiyasi bo’yich. Fon elektroliti aniqlanadigan ion bilan reaksiyaga sarf bo’lish paytida fon toki o’zgarmas bo’lib, aniqlanadigan modda tugagach, aktiv titrant modda miqdori oshib, natijada vaqtga bog’liq holda tok kuchi ham o’zgaradi.


3- Aniqlanadigan modda ham, titrant ham elektrokimyoviy aktiv bo’lgan holat.


4-Potensiostatik kulonometriyaning titrlash egri chizig’i elektrod potensiali – vaqt koordinatasi asosida topiladi.


Elektrogeneratsiyalanadigan titrantlarning bir necha turi farqlanadi: metall tuzlaridan generatsiyalangan ionlar; faol metallarning anodli erishi natijasida titrantlar olish, generatsiyalangan galogenlar va boshqa titrantlar. Metall ionlari asosidagi titrantlar inert elektrodlardagi (platina, oltin, grafit) o’ziga xos tuzlardan olinadi. Masalan, Ti (III) ni Ti (IV) dan, Sn (II) ni Sn (IV) tuzlaridan generatsiyalanadi. Faol metall elektrodlarining anodli erishi natijasida suvdagi eritmalarda barqaror bo’lmagan titrant ionlari olinadi. Shuning uchun, masalan, CrO42- va Cr2+ ionlarining generatsiyasi muzlatilgan sirka kislota, dimetelformamid va


boshqa organik erituvchilarda o’tkaziladi. Galogenlarning elektrogeneratsiyasi organik birikmalarni kulonometrik aniqlashda qo’llaniladi (4.2– jadval).






Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling