Elektrokimyoviy analiz usullari faniga kirish


Inversion voltamperometriya (IVA)


Download 1.25 Mb.
bet31/34
Sana18.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1597450
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
Elektrokimyoviy analiz usullari faniga kirish

Inversion voltamperometriya (IVA)

Ushbu usulda aniqlanadigan konsentratsiyasining quyi chegarasini kamaytirish maqsadida elektroddagi analitni oldindan konsentrlash uchun quyidagi jarayonlardan foydalaniladi: oksidlanish darajasining o’zgarishi bilan boradigan (elektrokimyoviy konsentrlash), hamda aniqlanadigan moddaning konsentratsiyasi oksidlanish darajasi o’zgarmaydigan, masalan, adsorbsion konsentrlash. Inversion voltamperometriya anodli yoki katodli bo’lishi mumkin. Anodli IVA qo’llab aniqlanadigan moddalar, masalan, metall kationlari elektrodda qaytarilish mahsulotlari sifatida konsentrlanadi. Katodli IVA da odatda anionlarni aniqlash uchun qo’llaniladi va analitlar konsentrlash jarayonida oksidlanadilar.


Elektrokimyoviy konsentrlash bilan anodli IVA ning prinsipi YA – rasmda ko’rsatilgan. Oldin qat’iy aniq vaqt davomida analiz qilinadigan eritmaning elektrolizi o’tkaziladi. Qandaydir miqdordagi aniqlanadigan modda bunda qaytariladi va elektrodda to’planadi. Elektroliz tugagach aralashtirgich qo’shiladi va eritma tinch qoldiriladi. Keyin potensial chiziqli kamayadi (potensial qiymati birmuncha manfiy bo’ladi) va anod tok kuchining E ga bog’liqligi qayd qilinadi.


Inversion voltamperometriyada elektrod sifatida odatda turli konsentratsiyali statsionar simob elektrodlari ishlatiladi. Ba’zi hollardagina asl metallardan tayyorlangan elektrodlar ishlatiladi, bu esa oltin, platina, palladiy, iridiy va boshqa elektrodlarda vodorodning past kuchlanganligi bilan bog’liq. Bunday elektrodlarning sirtida oksidli


qavatlarning hosil bo’lishi ham ulardan keng foydalanishga imkon bermaydi.


29.15 – rasm. Anodli inversion voltamperometriya


1) potensialning o’zgarishi; 2) voltamperogramma


Inversion voltamperometriya boshqa voltamperometrik usullarga nisbatan qator qulayliklarga ega: 40 ga yaqin elementlarni aniqlashning quyi oraliqlari (10-9 – 10-10 mol/l), yuqori selektivlik va yaxshi metrologik tavsiflar. 10.1 – rasmda tarkibida (10-8 M) rux, kadmiy, qo’rg’oshin va mis kabilarni juda kam miqdori mavjud bo’lgan tabiiy suv namunasining anodli inversion voltamperogrammasi keltirilgan.

29.16 – rasm. Tabiiy suv namunasining anodli inversion voltamperogrammasi





Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling