Elektrokimyoviy usullar
Download 0.52 Mb.
|
ELEKTROKIMYOVIY ANALIZ
Bundan tashqari, turli konsentratsiyali bir xil tabiatga ega moddalarning o'zaro yarim o'tkazgich to'siq bilan tutashtirilgan eritmalari orasida ham potensiallar ayirmasi yuzaga keladi (chizma). Masalan, yarim o'tkazgich g'ovak to‘siq bilan ajratilgan idishning bir qismiga 0,1 M va ikkinchi qismiga 0,01 M HC1 eritmalari solingan bo'lsa, konsentratsiya yuqori bo'lgan eritmadan kichik konsentratsiyali eritmaga diffuziya natijasida H+ va Cl- ionlari o‘ta boshlaydi. H+ ionining harakatchanligi (λo=349,8) Cl- ioninikiga (λ0 =76,3) nisbatan bir necha baravar katta bolganligi uchun H+ ioni Cl- ioniga ko‘ra tezroq harakatlanadi. Buning oqibatida 0,01 M eritmaga ko'proq vodorod ioni o'tganligi uchun bu eritma musbat, 0,1 M eritmada xlorid ion ko'proq boiganligi uchun manfiy zaryadlanadi. Elektrostatik kuch ta’siridan H+ ionining diffuziyasi sekinlashib, xlorid ioniniki tezlashadi va turg‘un holat qaror topadi. Turg'un holatda bu eritmalar orasida doimiy potensiallar farqi kuzatiladi. Bunday galvanik element konsentratsion element, sodir bo'lgan hodisa esa konsentratsion qutblanish (polarizatsiya) deyiladi.Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling