Elеktrоlit eritmаlаr. Tuzlаrning gidrоlizi. Elеktrоlit eritmаlаr


Download 91.5 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1600593
1   2   3
Bog'liq
ELЕKTRОLIT ERITMАLАR 7 (1)

3- tajriba. Eritmalar elektr o‘tkazuvchanligining konsen­tratsiyaga bog‘liqligi.
To‘rtta stakan olib, birinchisiga konsentrlangan sirka kislotadan 30 ml, qolganlariga shu kislotaning suv bilan 2,16 va 64 marta suyultirilgan eritmalarini teng hajmda tayyorlab, navbati bilan 59- rasmda ko‘rsatilganidek asbobda elektr o‘tkazuvchanligini aniqlang. Ampermetrning ko‘rsat­kichlarini yozib oling. Kuzatilgan elektr o‘tkazuvchanlik hodisasini tushuntiring.
4- tajriba. Kislotalarning kimyoviy faolligini solishtirish.
Ikkita probirka olib, birinchisiga 0,1 n. HCl dan 1 ml, ikkinchisiga shuncha hajmda 0,1 n. CH3COOH quying. Ikkala probirkaga ham taxminan barobar bitta rux bo‘lak­chasini tashlang. Vodorod ajralib chiqishini kuzating. Qaysi probirkada vodorod shiddatliroq ajralib chiqadi. Sababini tushuntiring.
5- tajriba. Xlor anionini aniqlash reaksiyasi.
To‘rtta probirka olib, birinchisiga suyultirilgan HCl, ikkin­chi­siga NaCl, uchinchisiga CuCl2 va to‘rtinchisiga FeCl3 erit­malaridan 10 — 12 tomchidan solib, har biriga AgNO3 erit­ma­sidan 2 — 3 tomchidan qo‘shing. Tajribada hosil bo‘lgan cho‘kma­ning rangiga e’tibor berib, reaksiya tenglamalarini yozing.
6- tajriba. Fe2+ va Fe3+ kationlari orasidagi farqni aniqlash.
FeSO4 va Fe2(SO4)3 eritmalarining rangiga e’tibor bering. Ikkita probirka olib, birinchisiga FeSO4 ning yangi tayyorlangan erit­masidan 1 ml solib, ustiga cho‘kma hosil bo‘lguncha NaOH eritmasidan tomchilab qo‘shing va aralashtiring. Ikkinchisiga esa Fe2(SO4)3 eritmasidan 1 ml solib, cho‘kma hosil bo‘lgunicha tomchilatib NaOH eritmasidan qo‘shib aralashtiring. Hosil bo‘lgan cho‘kmalarning rangiga e’tibor berib, reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli shaklda yozing.
7- tajriba. Amfoter elektrolitlar.
a) probirkaga xrom (III) sulfat yoki xrom-kaliyli achchiqtosh KCr(SO4)2 eritmasidan 1 — 2 ml solib, unga cho‘kma hosil bo‘lgunicha suyultirilgan NaOH eritmasidan tomchilab qo‘shing. Hosil bo‘lgan cho‘kmani probirkaga teng bo‘lib, birinchisiga suyultirilgan H2SO4 eritmasidan, ikkinchisiga NaOH eritmasidan ko‘proq qo‘shing. Cho‘kma erishidan hosil bo‘lgan eritmalarning rangiga e’tibor bering. Reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli shaklda yozing;
b) alohida probirkalarga ZnSO4 va Al2(SO4)3 eritma­laridan 1 —2 ml dan olib, yuqoridagi tajribani takror­lang.



Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling