Elеktrоlit eritmаlаr. Tuzlаrning gidrоlizi. Elеktrоlit eritmаlаr


Download 91.5 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1600593
  1   2   3
Bog'liq
ELЕKTRОLIT ERITMАLАR 7 (1)


ELЕKTRОLIT ERITMАLАR. TUZLАRNING GIDRОLIZI.
Elеktrоlit eritmаlаr.
Zarur asbob va reaktivlar. Elektr o‘tkazuvchanlikni aniqlash uchun asbob (4-rasm). Kimyoviy stakanlar. Probirkalar. Indikatorlar. Lakmus, metiloranj, fenolftalein.
Qand (poroshok holida), natriy xlorid (kr), rux (me­tall), konsentrlangan CH3COOH.
0,1 n eritmalar: xlorid kislota, o‘yuvchi kaliy va natriy, sirka kislota. Sulfat kislota. Ammoniy gidroksid. Natriy xlorid. Mis (II) xlorid, temir (III) xlorid. Kumush nitrat. Temir (II) sulfat. Xrom (III) sulfat. Xrom-kaliyli achchiqtosh. Rux sulfat. Alyuminiy sulfat. Magniy sulfat. Kalsiy xlorid. Ammoniy oksalat. Natriy silikat. Ammoniy molibdinat. Kalsiy xlorid. Natriy sulfat. 2 n eritmalar: xlorid va sulfat kislota, o‘yuvchi natriy va kaliy. Ammoniy xlorid va sulfatlar.

4-rasm.Eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligini aniqlash asbobi.


1- tajriba. Elektrolit eritmalarining elektr o‘tkazuv­chanligini 4-rasmda ko‘rsatilganidek, ikkita ko‘mir elek­tro­dini taxtaga yoki po‘kakli probkaga mustahkam o‘rnatib, unga ketma-ket qilib elektr lampochkasini, elektrod bilan tok manbai orasiga 0,5 — 2 a mo‘ljallangan ampermetr ulab asbob yig‘ing. Stakanga 25 — 30 ml distillangan suv quyib, asbobni tok manbaiga ulang. Lampochka yonadimi? Suv elektr tokini o‘tkazdimi? Stakandagi suvga 1 g chamasi mayda­lan­gan qand solib eriting. Asbobni tok manbaiga ulang. Endi lampochka yonadimi?
Stakandagi qand eritmasini to‘kib, ularni distil­langan suv bilan tozalab yuving va quriting. Stakanga NaCl kristallaridan solib, ko‘mir elektrodlari tuzga tegib tur­gan asbobni tok manbaiga ulabko‘ring. Quruq tuz elektr tokini o‘tkazadimi? So‘ngra asbobni tokdan uzib, tuz ustiga 25 — 30 ml suv quyib eriting va asbobni tok manbaiga ulang. Asbobning tok o‘tkazishini va lampochkaning yonishini kuzating.


2- tajriba. Bir xil konsentratsiyali elektrolitlarning elektr o‘tkazuvchanligini solishtirish.
To‘rtta 100 ml hajmdagi stakan olib, ularning har biriga alo­hida-alohida, birinchisiga 0,1 n. HCl, ikkinchi­siga 0,1 n. KOH, uchinchisiga 0,1 n. CH3COOH va to‘rtinchi­siga 0,1 n.NH4OH eritmalaridan 30 ml dan o‘lchab soling. Bu eritmalarning har birini 59- rasmda ko‘rsatilganidek asbob bilan elektr o‘tkazuvchanligini aniqlab, ampermetr shkalasining o‘zgarishiga e’tibor bering. Bir eritmadan ikkinchisiga o‘tganda elektrodlarni tozalab yuving. So‘ngra uchinchi stakandagi CH3COOH eritmasini to‘rtinchi stakandagi NH4OH eritmasi ustiga quyib, ularning ham elektr o‘tkazuvchanligini aniqlang. Ampermetr ko‘rsatkichiga qarab qaysi eritmalar kuchli elektrolit ekanligini aniqlang.

Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling