Электролит эритмаларнинг электр eтказувчанлиги


Ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik


Download 476.5 Kb.
bet6/9
Sana28.10.2023
Hajmi476.5 Kb.
#1731916
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
28 suyuqlikning solishtirma

Ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik
Elektr o’tkazuvchanlikka kontsentratsiya ta’sirini yo’qotish uchun ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik () degan tushuncha kiritilgan.
Oralari 1 sm bo’lgan ikkita elektrod orasiga 1 g-ekv. modda quyilgan hosil bo’ladigan elektr o’tkauvchanlik - ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik deb ataladi. U  (lyambda) harfi bilan belgilanadi.
Agarda 1 N eritma olsak, uning  sini o’lchash uchun 1 l eritma kerak bo’ladi. Elektrodlar sathi yuzasi 1000 sm2 bo’lishi kerak. Bunda 0,1 N eritma olinsa, uning 1 g-ekv. erigan moddaga moslashtirish uchun, elektrodlar sathi 1000 sm2 bo’lishi lozim. Amalda bunday qilinmaydi, ekvivalent elektr o’tkazuvchanlik 0 dan hisoblab topiladi.
Hisoblash.
Ko’ndalag kesim yuzasi qancha katta bo’lsa, elektr o’tkazuvchanlik xam shuncha katta bo’ladi, 1 N eritma uchun
1 N= 0  1000, ya’ni
1 N eritma uchun  0 dan 1000 marta ko’p bo’ladi.
0,1 N eritma uchun 0,1 N= 0  10000
0,01 N= 0  100000
Demak, C=1 1 N eritma uchun bo’lsa, 0,1 N eritma uchun C=0,01 N bo’lsa, u holda  = 0  1000/C bo’ladi, yoki
= 0  1000  V
C=1/V suyultirish deyiladi.  = om-1  sm-1 sm3 = om-1  sm2
Suyultirish - 1 g-ekv. modda saqlagan eritmaning litr miqdori.
 -kuchli elektrolitlar uchun katta, kuchsiz elektrolitlar uchun kichik bo’ladi.  suyultirish bilan ortib boradi. Buning sababi shundaki, elektrodlar orasidagi elektrolit miqdori o’zgarmaydi (doimiy qoladi), vaholanki suyultirish natijasida ionlar soni ortadi.

  1. Kuchli elektrolitlarda  ozgina suyultirish bilan doimiy bo’lib qoladi V =1 l

  2. Kuchsiz elektrolitlarda juda ko’p suyultirilgandangina  doimiy bo’ladi. CHunki  kuchli elektrolitlarda suyultirish bilan tez, ammo kuchsiz elektrolitlarda  suyultirish bilan sekin ortadi.

Suyultirish bilan V ortadi, so’ng doimiy bo’lib qoladi. Bu cheksiz suyultirgandagi ekvivalent elektr o’tkazuvchanlikdir ().
, ya’ni  =1 (100% dissotsilangan eritmaning ekvivalent elektr o’tkazuvchanligi ).
Kuchli elektrolitlar uchun  kuchsiz elektrolitlargi nisbatan katta bo’ladi. Kuchsiz elektrolitlar uchun V faqat hosil bo’ladigan ionlar miqdoriga, ya’ni  (dissotsilanish darajasiga bog’liq) V =   .
C ortishi bilan ekvivalent elektr o’tkazuvchanlikni kamayishi (V) kuchsiz elektrolitlar uchun dissotsilanish darajasi pasayishi bilan tushuntiriladi. Kuchli elektrolitlarda esa, kontsentratsiya ortishi bilan, ion atrofiga qarshi ion ko’payadi, ya’ni elektrostatik ta`sir tufayli ion harakatchanligi pasayadi.
Kolraush qonuni
Nemis fizigi Kolraush (1840-1910) turli sistemalarning ekvivalent elektr o’tqazuvchanlikni o’rganib, quyidagi xulosaga keldi. Gap shundaki, elektrolitlar eritmasidagi elektr o’tqazuvchanlik qarama-qarshi yo’nalishda harakat qilayotgan anion va kationlar harakati tufayli sodir bo’ladi. Agar kontsentratsiya kichik bo’lsa (kuchli suyultirilgan eritmalar uchun) kationlar va anionlar bir-biriga xalaqit qilmay mustaqil harakat qiladilar. Ularning cheksiz suyultirilganda elektr o’tqazuvchanligi ularning ayrim holdagi elektr o’tqazuvchanligining yig’indisidan iborat bo’ladi: b = A + K, bu erda A va K anion va kation elektr o’tqazuvchanligi. CHeksiz suyultirilgandagi solishtirma elektr o’tqazuvchanlikni () tenglamasi orqali ekvivalent (molyar) elektr o’tqazuvchanlikka hisoblash orqali aylantirish mumkin:
Agar bo’lsa, u holda Kolraush qonunning matematik ifodasi kelib chiqadi: bu erda va anion va kationlarning harakatchanligi deb yuritiladi. Yuqoridagi tenglama bo’yicha Kolraush qonuni quyidagicha ta’riflanadi:
CHeksiz suyultiririlgandagi elektrolit eritmasining ekvivalent (molyar) elektr o’tqazuvchanligi () elektrolit tarkibiga kiruvchi anion va kationlarning harakatchanligining yig’indisiga teng.
Turli ionlarning harakatchanligi quyidagi jadvalda keltirilgan.

Download 476.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling