Elektrolitik dissosilanish nazariyasi


Download 450.22 Kb.
Sana07.02.2023
Hajmi450.22 Kb.
#1173864
Bog'liq
Odam biologik suyuqliklarari elektrolit va noelektrolit funksiyasida 1


Organizmning biologik suyuqliklari elektrolit va noelektrolit eritmalar funksiyada



Elektrolitik dissosilanish nazariyasi


Shved olimi S.Arrenius (1887 y) elektrolit eritmalarining elektr o'tkazuvchanligi bilan VantGoff va Raul qonunlariga bo‘ysunmasligi orasida ichki bog'lanish bor degan xulosaga keldi. U elektrolit molekulalar suvda eriganda ionlarga parchalanadi, deb taxmin qiladi. Shunday qilib, elektrolit dissotsilanish nazariyasi vujudga keldi . Lekin bu nazariya elektrolit molekulalari ionlarga dissotsilanish sababini tushuntirib bera olmadi.

Bu nazariya D.I.Mendelevning ”gidratlar nazariyasiga” asoslangan I.A. Kablukov va V.P.Kistyakovskiylarning ishlarida oʻz rivojini topdi. Elektrolit molekulalarining parchalanishiga erituvchining qutblangan molekulalari sabab bo'ladi. Anorganik moddalarning oddiy erituvchisi bo'lgan suv juda katta solvatlash xossasiga ega. Erituvchining qutblangan molekulalari ularga tushgan elektrolit


molekulalarini o'rab olib, unda ichkibog'lanishnibo'shashtiradi,bu esa dissotsilanishga olib keladi.



eritmada gidratlangan ionlar paydo bo'ladi. lonlarga parchalanish faqat suvda emas, balki boshqa qutbli erituvchilarda masalan, suyuq ammiakda ham bo'lishi munkin. U vaqtda
dissotsilanish mahsulotlari
ionlarning solvatlari deyiladi. Eritmaga oʻtgan
ionlar erituvchining qutbli molekulalari bilan bog'langan bo'ladi va ionlarning solvatlarini hosil qiladi. Eritmada solvatlanga ionlar uzluksiz betartib harakatda bo'ladi (masalan, NaCl tuzining suvda erish jarayoni). Kristal panjarasi ionlardan iborat moddalardan tashkari qutbli molekulalar ham ionlarga dissotsilanadi.



  • Oddiy eritma suvning dielektirik o'tkazuvchanligi juda yuqori, bundan tashqari suv eng yaxshi ionlashtiruvchi eritmadir. Suvning dielektrik oʻtkazuvchanligi 80,1 teng. Bu shuni koʻrsatadiki,kristallarda bo'lgan musbat va manfiy ionlararo tortishish kuchlari suvdagi erit-malarda 80,1 marta kamayadi. Dielektrik doimiylik efir, benzol, uglerod (IV)sulfid kabi erituvchilarda, ya'ni

dissotsilanmaydigan moddalar uchun juda kichikdir

  • Kuchsiz darajada ionlaturuvchi, atseton va boshqa erituvchilarda dieletrik utkazuvchanlik oʻrtacha qiymatga ega bo'ladi.

  • Quyidagi jadvalda erițuvchilarning dielektrik oʻtkazuvchan ligi.( 200 C) keltirilgan. Ba'zi erituvchilarning dielektrik

o'tkazuvchanligi (200C)








  • Elektrolitlar dissotsilanish darajasi bilan xarakterlanadi. Elektrolitning dissotsilangan molekulalar sonining umumiy erigan molekulalar soniga nisbati dissotsilanish darajasi deyiladi. Dissotsilanish darajasi kasr sonlari bilan yoki prosent hisobida ifodalanadi, kuchli elektrolitga dissotsialanish darajasi 0,3 yoki 30% dan yuqori boʻladi, kuchsiz elektrolitlarga esa dissotsilanish darajasi 0,3 yoki 30% dan past bo'lgan moddalar kiradi.

  • Elektrolitlar tabiatiga qarab kuchli va kuchsizelektrolitlarga bo'linadi. Kuchli elektrolitlar to'liq, kuchsiz elektrolitlar kisman eritmada ionlarga dissotsilanadi. Kuchsiz elektrolitlarning dissotsilanishi qaytar jarayondir: chunki erițmadagi gidratlangan ionlar to'qnashishi natijasida yana dissotsilanmagan molekulalar hosil qilish mumkin. Bunday qaytar jarayonni molyarlanish deyiladi . Elektrolitik dissotsilanish jarayon kinetik muvozanat qaror topganda, ya'ni dissotsilanish tezligi molyarlanish tezligiga teng boʼlganda sodir bo'ladi. Masalan, sirka kisłotaning suvli eritmasi uchun bu quyidagicha yoziladi.




  • Dissotsilanishdarajasi koncentratsiyaga bog'liq bo'lib eritma suyuitirilgan sari ortadi. Chunki eritmaning kichik koncentratsiyasida ionlarning tuknashish ehtimolligi kamayadi. Buni sirka kislota misolida quyidagicha ko'rsatish mumkin:




Odam organizmidagi biologik suyuqliklar elektrolit yoki noelektrolit eritmalari sifatida ma’lum darajada elektr tokini o’tkazib, 2-chi tur o’tkazuvchi sifatida ko’rilishi mumkin. Ularni hossalarini o’rganishda qarshilik, elekrto’tkazuvchanlik kabi kattaliklarni, ularni bir biri bilan bog’liqliklarini o’rganish tibbiyot sohasida katta ahamiyatga egadir.

Barcha biologik suyuqliklar va to’qimalar ma ‘lum darajada elektro’tkazuvchanlikka ega bo’ladi. Shuning uchun, tibbiyotda elektrodiagnostika va elektr toki bilan davolash usullari keng qo’llanadi. Ular qatoriga elektrokardiogramma, ensefologramma, davolash elektroforezi, elektroosmos, galvanizatsiya, elektrostimulyatsiya usullari kiradi. Biologik to’qimalarga kichik chastotali tok bilan ta’sir etib, ularning normal faoliyatini ham tiklash mumkin. Sababi — organizm to’qimalari elektr tokini o’tkazib, elektr ta ‘siriga javoban


reaksiya beradi. Bu jarayonlarning asosida elektrkimyo qonun qoidalari yotadi.


Qon — odam va umurtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasida aylanib yuradigan suyuq toʻqima.Qon aʼzolarning gumoral aloqasini yuzaga chiqaradi, u gaz almashinuvi, nafas, suvtuz almashinuvi, kislota-ishqor muvozanatida ishtirok etadi Qon kasalliklari, qon sistemasi kasalliklari — periferik qon va qon yaratuvchi aʼzolarning shikastlanishi bilan kechadigan kasalliklar guruhi. Qon kasalliklarining kelib chiqish sabablari va belgilari xilma-xil, lekin ularning hammasida ham qon hujayralarining ishlanib chiqishi, funksiyalari, organizmda taqsimlanishi va boshqa koʻrsatkichlari buziladi. Qizil qon sistemasi kasalliklari. Bunga qizil qon shaklli elementlari — eritrotsitlar kamayishi bilan kechadigan turli xil anemiyalar, ularning ortiqcha ishlanib chiqishi bilan ifodalanadigan eritremiyalar, oq qon sistemasi kasalliklariga turli xil leykozlar, koʻp sonli miyeloma kasalligi, Xojkin kasalligi (limfogranulema-toz), limfosarkoma, retikulosarkoma va boshqalar kiradi.





Trombotsitlar kasalliklari koʻmikda megakariotsit hujayralar yoki trombotsitlar faoliyatining susayishi bilan bogʻliq ravishda paydo boʻladi. Bularga idiopatik trombotsitopenik purpura, Glansman xastaligi kiradi. Qon kasalliklari birbiridan farq qilsa ham, lekin maʼlum bir qonuniyat bilan avj olib borib, organizmdagi talaygina aʼzolar faoliyatining izdan chiqishiga sabab boʻladi.
Download 450.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling