Elektrolitik dissotsiyalanish Reja
Download 106 Kb.
|
1424105298 60045
Н3О+ + ОН- = 2Н2О
ko‘rinishida yozib, hozirgi zamon protolitlar nazariyasi tiliga «tarjima qila oladigan» bo‘lishlari kerak. Tema oxirida o‘qituvchi elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasining asoschisi shved olimi Svante Arrenius ekanligini qayd silishi zarur. Elektrolitik dissotsiatsiya tenglamalari qanday o‘qilishini o‘qituvchi, masalan, sulfat kislota, kalsiy gidroksid, alyuminiy sulfatda ko‘rsatadi. Shundan keyin doskaning chap tomoniga boshqa kislotalar, ishqorlar, tuzlarning formulalarini bir ustunga yozib qo‘yadi, o‘quvchilarga har bir elektrolitning elektrolitik dissotsilanish tenglamalarini mustaqil ravishda yozib chiqishni taklif qiladi va bu ishni bajarishga bir oz vaqt beradi. Doska yoniga, chaqirilgan o‘quvchi tenglamani yozib tugallaydi va uning yechimi batafsil muhokama qilinadi: tenglama o‘qiladi, mazkur elektrolitning molekulasi nechta ionga dissotsilangani, eritmada qaysi ionlar boshqa ionlarga qaraganda necha marta ko‘pligi, nima uchun bir xil zaryadli ionlar, masalan, vodorod ionlari, vodorod atomlaridan farq qilib, bir-biri bilan birikmasligi qayd qilinadi, hosil bo‘lgan musbat va manfiy ionlar zaryadlarining yig‘indisi teng yoki teng emasligi tekshirib ko‘riladi. O‘quvchilarga « uy sharoitida quyidagi tenglamalar bilan ifodalanadigan reaksiyalarni kanday amalga oshirgan bo‘lardingiz» mazmunidagi masalani yechish taklif kilinadi: Nа+Сl- = Nа+ + Сl-; Nа++ Сl- = NаСl Birinchi holda ionlarni ajratish talab etiladiki, bunga osh tuzini suvda eritish yo‘li bilan erishish mumkin, ikkinchi holda esa ajralib ketgan ionlarni bog‘lanishga majbur etish, ya’ni eritmani bug‘latish lozim. Ko‘p asosli kislotalarning dissotsilanishi bosqichli bo‘lishi qayd qilinadi. Bu masala keyingi temalarda yana mukammalroq ko‘rib chiqiladi. O‘rganilgan masala yuzasidan sinfdan tashqi o‘qish uchun o‘quvchilarga «Kimyodan o‘qish kitobi» nomli qo‘llanmaning ikkinchi qismidan «Elektr va kimyo» va « Eritmalar nazariyasini rivojlantirishda rus olimlarining roli» maqolalarini o‘qishni tavsiya etish mumkin. Download 106 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling