Elektrolitlar (elektro va yun. 1u1o8 eruvchan, parchalanuvchan) elektr tokini oʻtkazuvchi ionlarning maʼlum konsentratsiyasi qatnashadigan kimyoviy moddalar yoxud sistema


Download 4.25 Kb.
Sana08.06.2023
Hajmi4.25 Kb.
#1463462
Bog'liq
Elektrolit eritmalar


Elektrolitlar (elektro... va yun. 1u1o8 — eruvchan, parchalanuvchan) — elektr tokini oʻtkazuvchi ionlarning maʼlum konsentratsiyasi qatnashadigan kimyoviy moddalar yoxud sistema; tor maʼnoda — elektrolitik dissotsiatsiya natijasida hosil boʻladigan ionlar bilan elektr toki oʻtkazadigan eritmalar. Elektrolitik dissotsiatsiya darajasiga koʻra kuchli Elektrolitlar (a birga yaqin) va kuchsiz Elektrolitlar (a 0 ga yaqin) farqlanadi. Eritmada 1 ta molekulani dissotsiatsiyalaydigan ionlar soniga qarab Elektrolitlar binar (2 ta ion), ternar (3), kvarternar (4), simmetrik va assimmetrik xillarga boʻlinadi. Elektrolitlar fan va texnikada keng qoʻllanadi. Tirik organizmlarning barcha suyuq sistemalarida Elektrolitlar boʻladi. Elektrolitlar koʻpgina kimyoviy sintezlar va elektrokimyoviy ishlab chiqarish jarayonlarida muhim ahamiyatga ega. Elektrolit eritmalar deb suyuqlanmasi yoki suvdagi eritmasi elektr to'kini o'tkazsa elektrolitlar hisoblanadi
Ba’zi moddalar erigan yoki suyuqlangan holatda elektr tokini
o'tkazmasligi yaxshi ma’lum. Buni oddiy asbob yordamida kuzatish mumkin. Bu asbob simlar vositasida elektr
tarmoqqa ulangan ko'mir sterjenlardan (elektrodlardan) tarkib
topgan. Zanjirga elektr lampochka ulangan, u zanjirda tok bor yoki
yo'qligini ko'rsatadi. Agar elektrodlar shakar eritmasiga botirilsa,
lampochka yonmaydi. Lekin elektrodlar natriy xlorid eritmasiga
botirilganda lampochka ravshan yonadi.
Eritmalar yoki suyuqlanmalarda ionlarga ajraladigan va shu
sababli elektr tokini o'tkazadigan moddalar elektrolitlar deyiladi.Eritmalar yoki suyuqlanmalarda ionlarga ajralmaydigan va
elektr tokini o‘tkazmaydigan moddalar noelektrolitlar deyiladi.
Elektrolitlarga kislotalar, asoslar va deyarli barcha tuzlar,
noelektrolitlarga — organik birikmalarning ko'pchiligi, shuningdek,
molekulalarida faqat kovalent qutbsiz va kam qutbli bog'lanishlar
bo'ladigan moddalar kiradi.
Elektrolitlar — ikkinchi
tur o'tkazgichlardir. Ular erit¬
mada yoki suyuqlanmada ion¬
larga ajraladi, shu tufayli ham
tok o'tadi. Ravshanki, eritmada
ionlar qancha ko'p bo'lsa, u
elektr tokini shuncha yaxshi
o'tkazadi. Toza suv elektr tokini
juda kam o'tkazadi.
Elektrolitlarning suvda eriganda ionlarga ajralishi elektrolitik dissotsilanish deyiladi.
Masalan, natriy xlorid NaCl suvda eriganida batamom natriy
ionlari Na+ bilan xlorid ionlar Cl ga ajraladi. Suv vodorod ionlari
H+ bilan gidroksid ionlar OH ni juda oz miqdorlardagina hosil
qiladi.
Download 4.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling