Elektroliz


Download 1.02 Mb.
Sana09.01.2022
Hajmi1.02 Mb.
#261406
Bog'liq
2- Guruh Elektroliz

Elektroliz.faraday qonunlari. Akkumulyatorlar.

Mualiflar: Alijonov Umidjon, Qahhorov Omonjon, Ibroximov Davlatbek, Jumaboyev Zoirjon.

Reja;

  • Elektroliz to’g’risida umumiy ma’lumot.
  • Elektrolitlar suvdagi eritmalarining elektrolizi.
  • Faradey qonunlari.
  • Qutublanish.
  • Akumulyatorlar.

Elektroliz tog’risida umumiy ma’lumot.

Elektr energiyasi tasirida sodir bo’ladigan oksidlanish – qaytarilish jarayonlar elektroliz deb ataladi. Aslida “Elektroliz” deganda elektrolit eritmasi yoki suyuqlanmasi orqali elektr oqimi o’tganida sodir bo’ladigan barcha jarayonlarni tushuniladi. Masalan, suyuqlantirilgan magniy magniy xlorid orqali elektr oqimi o’tganida magniy kationlar elektr maydon ta’sirida manfiy elektrod tomon harakat qiladi. Bu elektrodga yetishi bilanoq tashqi zanjirdan kelayotgan elektronlarga duch kelib, qaytadi; Mg2 + +2e-Mg. Xlor anionlari elektr maydoni ta’sirida musbat electron tomon harakatlanadi; o’z elektronlarini musbat elektrodga berib oksidlanadi. Xlor ionlarining oksidlanishi, birlamchi elektrkimyoviy hodisa bolib buni

2Cl- -2e 2Cl shaklda ifodalash mumkun.

Ikkilamchi jarayon 2Cl Cl2

Ikkala elekrodda sodir bolgan jarayonning yani suyuqlantirilgan MgCl2 elekrtolizidagi oksidlanish va qaytarilish reaksiyalariga ega bolamiz.

Ikkala elekrodda sodir bolgan jarayonning yani suyuqlantirilgan MgCl2 elekrtolizidagi oksidlanish va qaytarilish reaksiyalariga ega bolamiz.

Mg2 + +Cl Mg+Cl2. Qaysi elektrolidda qaytarilish sodir bo’lsa u katod deb, qaysisida oksidlanish ro’y bersa u anod deyoladi

Elektrolitlar suvdagi eritmalarining elektrolizi.

Elektrolitlar suvdagi eritmalarining elektrolizi.

Katodda Na+ suv malekulalari qaytariladi;

2H2O +2e=H2 + 2OH-1

Anodda esa Ci-ionlar oksidlanadi;

2Cl-1 – 2e- =Cl2

2H2O + 2e- =H2 + 2OH-

2Cl-1 – 2e =Cl2

2H2O + 2Cl-1 -> H2 +Cl2 + 2OH- yoki 2H2O +2NaCl ->H2 +Cl2 +2NaOH

Faradey qonuni

Elektr energiyasi bilan kimyoviy jarayonlar orasida boglanish borligi dastlab (1836 yilda) ingliz olimi M.Faradey aniqlagan.

Elektrolizning 1- qonuni : elektroliz vaqtida elektrodda ajiralib chiqadigan moddaning og’irlik miqdori eritmadan o’tganda elektr miqdoriga tog’ri proportsionaldir.

m=K*Q=J*t

Bu yerda Q elektr miqdori, J tok kuchi, t vaqt, m og’irlik, K elementning elektr kimyoviy ekvivalenti.

Elektrolizning 2-qonuni : agar bir nechta elektrolit eritmasi orqali ketma – ket ulangan holda) bir xil miqdorda elektr o’tkazilsa, elektrodlarda ajralib chiqadigan moddalarning og’irlik miqdorlari o’sha moddalarning kimyoviy ekvivalentlariga proportsional bo’ladi.

Qutublanish

Elektroliz jarayoniga turli xil omillar ta’sir ko’rsatadi. Shulardan biri qutublanish jarayoni bo’lib, u uch xil bo’ladi. Bular elektrod qutublanish, kimyoviy qutublanish va konsentratsiyaviy qutublanish.

Elektrod qutublanish. Elektrolitga tashqi manbadan elect oqimi yuborilganda katodga electron kelishi sababli uning potensiali oshadi, ya’ni elektrodning qutublashadi.

Kimyoviy qutublanish. Sulfat kislota eritmasiga platinadan yasalgan ikki elektrod tushirilib tashqaridan elektr oqimi yuborilsa, katoddagi potentsial vodorodning muvozanat potensiallaridan oshganidan so’ng katodda vodorod ajralib chiqa boshlaydi, anodda esa kislorod ajraladi.

Pt(H2) – |H2SO4|+O2(Pt)

Akkumulyatorlar

  • Ba’zi elektrodlarda elektrkimyoviy qutublanish natijasida hosil bo’ladigan mahsulotlar, masalan, oksidlar barqaror bo’ladi. Bu xilda qutublanadigan elektrodlardan foydalanib, elektroliz vaqtida elektr energiyasini to’plash mumkun. Elektr energiyasining to’plab kerek vaqtida sarf qilishga imkon beradigan asboblar akkumulyatorlar deyiladi. Akkumulyatorlarda energiyani to’plash uchun avval akkumulyator orqalielektr oqimi o’tkaziladi; bu elektrodlarda vujudga keladigan elektr kimyoviy qutublanish jarayoni natijasida elektr energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Buning natijasida akkumulyator zaryadlanadi. Zaryadlangan akkumulyatorni oqimi manbai sifatida ishlatsa bo’ladi.
  • Amalda ikki xil akkumulyatorlar eng ko’p ishlatiladi. Birinchisi qo’rg’oshinli akkumulyator bo’lib, ikkinchisi temir-nikelli(yoki ishqorli) akkumulyatorlaridir.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • Rustamov H.R Fizik kimyo. –Toshkent. O’zbekiston – 2000.
  • Usmonov X.U , Rustamov H.R , Raximov X.R. Fizik kimyo – Toshkent. –O’qituvchi -1974.
  • Rustamov H.R Fizik kimyo. –Toshkent. –O’qituvchi -1980.
  • L.S.Kamolov , G.Shodiyev “Fizikaviy Kimyo” Qarshi 2007 yil 173-180 betlar.
  • Chem Net.ru – Kimyo fanlari bo’yicha electron kutubxonalar tizimi.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling