Elektromagnit relelarni o‘zgaruvchan tokka ulash
-rasm. Elektr magnitli rele
Download 0.91 Mb.
|
Elektromagnit relelarni o‘zgaruvchan tokka ulash.
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’ZGARMAS TOK RELESI
1.2-rasm. Elektr magnitli rele
Tashqi zanjirlarni (yuklamalar Rn1 va Rn2) qayta ulaydigan (rus. переключатель) kontakt tizimi, uchta qayishqoq prujinalar va ularda mustahkamlangan kontaktlardan iborat. Umumiy O kontaktni prujinasi yakor bilan mexanik ulangan. Pastki kontakt ortdagi (rus. тыловой) T kontakt deb ataladi. Agar rele toksiz bo’lsa, u tutashgan bo’ladi. Orqa kontakt orqali Rn1 yuklama ulangan bo’lishligi lozim (masalan, stansiyaga kirish svetoforining qizil lampasi). Yuqori kontakt ro’para (rus. фронтовой) F kontakt deb ataladi. Agar rele toksizlantirilgan bo’lsa, u ajratilgan bo’ladi. Ro’para kontakt orqali Rn2 yuklama ulanadi, u esa normal holatda uzilgan (ajratilgan) bo’lishi lozim (masalan, stansiyadagi svetoforning yashil lampasi). Ushbu releni ishlash prinsipi – bu yakorga ega elektr magnitni ishlash prinsipidir. S kalit tutashtirganda cho’lg’amning chiqarmalariga ta’minot manbai ulanadi. Cho’lg’amdan tok oqadi va magnit F oqimi hosil bo’ladi. Buning natijasida yakor o’zakka tortiladi va o’zi bilan umumiy O prujinani yuqoriga siljitadi. Orqa T kontakt ajraladi va ro’para F kontakt tutashadi, Rn1 yuklama uziladi, Rn2 esa ulanadi. S kalitni ajratilishi va ta’minot manbaidan rele cho’lg’amini uzilishi bilan tarang F va O prujinalarning ta’siri kuchayadi, yakor dastlabki (qo’yib yuborilgan) holatiga qaytadi; ro’para F kontakt ajraladi va orqa T kontakt tutashadi. Rn2 yuklama uziladi, Rn1 yuklama esa ulanadi. Ta’minlovchi tokning turi bo’yicha rele o’zgarmas va o’zgaruvchan toklilarga bo’linadi. O’ZGARMAS TOK RELESI O’zgarmas tokli elektromagnit relelariga: neytral, qutblangan, qurama (kombinatsion) va boshqa turdagi relelar kiradi. O’tgan asrning 60-yillaridan boshlab ishlatishga kichik o’lchamga ega shtepselli НМШ turdagi relelar qabul etildi (1.3, a-rasm), ular hozir ishlatilayotgan qurilmalarda asosoiy o’rinni egallaydi. Relening magnit o’tkazgichi yakordan-15, o’zakdan-13, G-shakldagi yarmodan-11 iborat bo’lib, ular 20832 va 20880 navli po’latdan tayyorlangan. Misdan tayyorlangan ikkita g’altakdan iborat cho’lg’amlar 12 o’zakda joylash-tirilgan. G’altaklarni karkasi plastmassadan ishlangan. Nomagnit (rux) qotishmadan tayyorlangan, yaxlit yuk 5 yakor bilan ulangan. Yakorning yo’li tutqich 1 bilan cheklangan. Yakorga, qalinligi 0,1-0,2 mm bo’lgan, bronzadan tayyorlangan anti-magnit shtift 14 o’rnatilgan. Kontakt tizimi va yakor, plastikdan tayyorlangan va yukka biriktirilgan, kontakt 6 tortqi bilan o’zaro bog’langan, ro’para F kontakt grafit kumush aralashmasidan, umumiy O va orqa T kontaktlar esa kumushdan tayyorlanadi. Kontaktlarning prujinalari fosforli bronzadan yasalgan. Ularning siljish yo’li bronzadan tayyorlangan tirgak prujinalar 7 bilan cheklangan bo’lib, bularning o’ng uchlari shtepsel rozetkasining uyalariga kiritiladigan kontakt tig’lari 9 bo’lib xizmat qiladi. Prujinalar bir-birlaridan plasmassali qistirmalar 8 bilan izolyatsiya qilingan. Relening barcha detallari plastmassali plataga o’rnatilgan bo’ladi. Organik shishadan tayyorlangan qalpoq 4, releni tashqi ta’sirlardan himoya qiladi. Releni, shtepsellik rozetkaga qo’l dastak 2 yordamida vint 3 bilan mahkamlab qo’yishadi. Rele kontakt tizimining ko’rsatkichlari: ro’para F kontaktlarning o’tish qarshiligi 0,3 Om dan ortiq bo’lmasligi, ro’para F kontaktdagi kontakt bosimi 0,294 N, orqa T kontaktda esa 0,147 N bo’lish kerak. Relening qaytaruv koeffitsiyenti 0,4 dan kam, tutashtirish (ulab-uzilish) imkoniyati 1,2·106 dan kam bo’lmasligi kerak. Relening o’lchamlari: 112x87x200 mm, massasi 1,6 kg ga teng. Ular atrof-muhitining joiz harorati: -50С to +60С bo’lgan sharoitda ishlashga mo’ljallangan. Shtepselli ajratgichni kiritishga mo’ljallangan shtepsel rozetkani (1.3, b-rasm) maxsus uyachalarga ega plastmassadan tayyorlashadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling