Elektromagnit relelarni o‘zgaruvchan tokka ulash
Download 0.91 Mb.
|
Elektromagnit relelarni o‘zgaruvchan tokka ulash.
1.3-rasm. НМШ turdagi rele
U fosforli bronzadan bajarilgan o’ziga xos prujinali kontakt yaproqchalaridan iborat bo’lib, ular orasiga kontakt tig’lari kiritiladi. Chiqarmalar va kontaktlar montaj qilinadigan tomondan raqamlanadi. Kontakt guruhlari chiqarmalarining vertikal o’qi bo’ylab, cho’lg’amlarniki esa, gorizontal o’qi bo’ylab joylashtiriladi. Cho’lg’am g’altaklarini ketma-ket yoki parallel ulash mumkin. Rozetka pastida joylashtirilgan ikkita teshik, releni o’rnatish paytida yo’naltiruvchi o’qlar yordamida mexanik blokirovka qilish uchun mo’ljallangan. Rozetkani o’rta qismidagi teshik rezbaga ega bo’lib, u releni qayd etuvchi vint bilan mahkamlashga xizmat qiladi. НМШ rele, aslida НР va НШ relelarga nisbatan kichik o’lchamlik hisoblanadi. O’tgan asrning 80-yillar boshida yaratilgan va avtomatik tizimlarga yangi birinchi sinf ishonchlilikka ega РЭЛ (elektr magnitaviy) turidagi rele tadbiq etila boshlandi. НМШ turdagi relega nisbatan bu relelarning o’lchamlari 1,7 marta, massasi 1,5 marta kamaytirilgan, kamyob (kumush va mis) materiallarni sarfi kamaytirilgan, vibrochidamligi orttirilgan, kommutatsiya (tutashtirish) imkoniyati 107 gacha ishlashga ko’paytirilgan, shtepselning ulanish ishonchliligi oshirilgan, umumiy va orqa kontaktlar payvandlanib qolganda, bir yo’la uchlik – ro’para, umumiy va orqa kontaktlarning ulanishligi bartaraf etilgan. РЭЛ relesining asosiy qismlari unifikatsiya (bir xillik) qilinganligi tufayli, bu qismlardan neytral, bir qutbli, o’t, avariya va boshqa relelarni ishlab chiqarishda foydalaniladi. Shtepselsiz qilib bajarilgan rele, BN deb belgilanishni olgan. РЭЛ relening asosiy qismlari bo’lib (1.4, a-rasm), yakor 10, yarmo 11, gorizontal tekislikda joylashgan ikkita o’zak 12, yakorning yopishib qolishini bartaraf qiluvchi bronzadan qilingan nomagnit plastinkacha 13, har bir o’zakka ikkitadan qilib o’rnatilgan to’rtta g’altaklar 15, massalari ta’siridan yakori tushib ketadigan, yakorga siljitiladigan qilib yopishtirilgan ikkita yuk 14 va korpus 9 hisoblanadi.Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling