Elektromagnit relelarni o‘zgaruvchan tokka ulash


Download 0.91 Mb.
bet4/8
Sana08.05.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1443230
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Elektromagnit relelarni o‘zgaruvchan tokka ulash.

Yukni qimirlaydigan qilib o’rnatilgani, relening vibratsiyaga turg’unligini orttiradi. Kontakt tizimi, kumush grafit aralashmasidan tayyorlangan ro’para 4 kontaktlardan, kumushdan qilingan umumiy 5 va orqa 6 kontaktlardan tarkib topgan. Kontakt prujinlari 3, neyzilberdan, shtepsel rozetkasiga kiritiladigan kontakt tig’lari 1 va tirgak plastinkalari 2 latundan tayyorlangan. Umumiy kontaktning prujinalari yakorga mustahkamlangan plastmassadan tayyorlangan yetaklagich 7 yordamida siljitiladi. Yarmoga mahkamlangan plastmassa tirgak 8, orqa kontaktlar prujinalari yo’lini cheklaydi va bu bilan “uch karralik” (ya’ni uchta kontaktlik) tutashishni oldi olinadi.

Rele kontakt tizimining ko’rsatkichlari: kontaktlar oralig’i 1,3 mm dan kam bo’lmasligi, ro’para kontaktlarga 0,306 N dan, orqa kontaktlarga 0,153 N dan kam bo’lmagan kontakt bosimiga, o’tish qarshiligi ro’para kontaktlarda 0,3 Om dan, orqa kontaktlarga 0,03 Om dan ortiq bo’lmasligi kerak. Kontaktlar, davomli 3 A tok o’tishini va 6 A tokda nosozlik bo’lmasligini ta’minlashlari zarur. O’zgarmas tok zanjirida 50 mA tok va 24 V kuchlanish bo’lganida rele kontaktlari 3106 ulanishni ta’minlashlari kerak. Relening tutashtirishni mexanik imkoniyati 107 kam bo’lmasligi kerak.


Kontakt to’plamiga ko’ra, oltita qayta ulaydigan va 2 ta ro’para kontaktga ega (РЭЛ 1, БН1) va to’rtta qayta ulaydigan kontaktga ega (РЭЛ 2, БН2) relelar ishlab chiqariladi. Relelarning g’altaklari alohida, parallel va ketma-ket ulanishlari mumkin.

Bunga bog’liq bo’lmagan ravishda, magnit oqim, yarmoni gorizontal qismidan o’tmasdan, 1.4, b-rasmda nuqta-shtrix chiziq bilan ko’rsatilgan kontur orqali tutashadi. Relening magnit o’tkazgichi va yuklari 20864 navli po’latdan, g’altak-larning karkasi – plastmassa yoki misdan tayyorlanadi. Misdan qilingan karkas, sekin ishlovchi relelarda qo’llanadi.






1.4-rasm. РЭЛ relesi



РЭЛ relening shtepsel rozetkasi (1.4, v-rasm) termoreaktiv (issiqqa chidamli) plastmassadan tayyorlanadi, bu esa qo’shni kontakt prujinalari orasidagi izolyatsiya qarshiligini 1000 MOm dan kam bo’lmasligini ta’minlaydi.


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling