Elektromagnit tebranishlarning tarqalish hududini chegaralovchi va oqimni berilgan yo‘nalishga yo‘naltiruvchi qurilma uzatish liniyasi deb ataladi


Yer osti radioaloqasida radioto‘lqinlar tarqalishining o‘ziga xos xususiyatlari


Download 1.84 Mb.
bet6/20
Sana18.06.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1568353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
elektromagnit 4-mus

4.Yer osti radioaloqasida radioto‘lqinlar tarqalishining o‘ziga xos xususiyatlari

MDH da yer osti radioaloqasi bo‘yicha bir qator nazariy va eksperimental ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Bu tajribalarda uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalar yer ostida ma’lum chuqurlikda joylashgan edi. Radioto‘lqinlarning tarqalish xarakteriga asosan yer osti aloqa tizimlari ikki turga bo‘linadi. Uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalari yer ostida, uncha katta bo‘lmagan chuqurlikda joylashgan holati birinchi turdagi aloqa tizimi hisoblanadi. Bu tizimda radioto‘lqinlar tarqaluvchi muhitning asosiy qismi atmosferada joylashadi. Faqatgina antennalardan atmosferaga chiquvchi radioto‘lqinlar yerning kichik qismi orqali o‘tadi. Radioto‘lqinlarning bunday holatda kuzatiladigan harakat yo‘nalishi 14.5-rasmda keltirilgan.



14.5-rasm. Yer osti aloqasida to‘lqin yo‘li

Uzatuvchi antennadan (A nuqtadan) nurlatilgan to‘lqin qabul qiluvchi antennaga (B nuqtaga) yer orqali o‘tganda eksponensial qonun bo‘yicha susayadi qabul nuqtasida juda xam sust maydon hosil qiladi. O‘tkazilgan qator eksperimental va nazariy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, B nuqtaga keluvchi to‘lqin A nuqtadan yer sirti orqali yuqoriga ko‘tarilib, atmosferada toklarni hosil qiladi. Bunda to‘lqin AAI va BBI yo‘llarda eksponensial qonunga bo‘ysingan holda susayadi. AIBI yo‘nalishida esa yer sirti bo‘ylab tarqaladi. Muhitda hosil bo‘lgan toklar yer ostiga singuvchi maydonni hosil qiladi. Yer ostida joylashgan antennalarning maydonini hisoblashda aynan shu chizmadan foydalaniladi. Antennaning foydali ish koeffitsiyenti pasayib ketmasligi uchun u yerga juda ham yaqin bo‘lmasligi kerak. Chunki, antenna yaqinida maydon kuchli va yerning yaqin joylashishi ushbu maydon energiyasining kuchli susayishiga olib keladi. Aytilganlarni inobatga olgan holda, yer osti aloqasida antennalarni kattaroq hajmdagi bo‘shliqda joylashtirish lozim. Uzatgichning quvvatiga bog‘liq ravishda, yer osti aloqasining masofasi bir necha yuz kilometrga yetishi mumkin. Darvoqe, bunday aloqa tizimlarida UT va O‘UT diapazoni to‘lqinlaridan foydalaniladi va katta masofali trassalarda nafaqat yer to‘lqini, balki ionosferadan akslangan to‘lqin ham mavjud bo‘ladi. Bunday tizimlarda mavjud bo‘ladigan asosiy halaqitlarni atmosfera shovqinlari tashkil qiladi. Ikkinchi turdagi yer osti aloqa tizimlarida uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalar katta chuqurliklarda joylashtiriladi. Masalan, shaxtalarda yoki burg‘ilangan quduqlarda. Bu turdagi tizimda radioto‘lqinlarning tarqalish muhiti to‘laligicha yerni qatlamida joylashgan bo‘ladi. Yerning tarkibi quruq bo‘lgan holdagina radioto‘lqinlarning tarqalishi uchun sharoit mavjud bo‘ladi. Yer qatlamining elektr o‘tkazuvchanligi 10-3Sm/m dan katta bo‘lmagan holda aloqa masofasi bir necha kilometrni tashkil qilishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, chastotasi 150…200 kHz va quvvati 100…200 Vt bo‘lganda aloqa masofasi taxminan 10 km ga yetishi mumkin.


Antennalari katta chuqurlikda joylashtirilgan aloqa liniyalarining katta bir yutug‘i, tizimning halaqitlardan holiligidir. Garchi signal yer qatlamidan o‘tib, kuchli susaysa ham, bu liniyalarda signal/shovqin nisbatining qiymati yer sirti yaqinida amalga oshirilayotgan aloqa liniyalaridagi qiymatdan ancha katta bo‘ladi. Past chastotalarda yer osti radioaloqa tizimlari, yer yuzasida joylashgan radioaloqa tizimlariga nisbatan ancha samaralidir.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling