Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy ximoyasi to'g'risida


Download 1.45 Mb.
Sana24.11.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1796835
Bog'liq
for firs theme slayd


Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy ximoyasi to'g'risida
Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini joriy etish mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar va o‘zgarishlarni samarali amalga oshirishning muhim sharti hisoblanadi.
EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasini yoritishdan oldin uning tushunchasiga to‘xtalsak.
EHM uchun yaratilgan dastur ob’ektiv shaklda ifodalangan hamda muayyan natija olish maqsadida EHM, EHM shoxobchalari va boshqa kompyuter vositalarining ishlashi uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar va ko‘rsatmalar majmui hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasi esa bu ob’ektiv shaklda ifodalangan hamda elektron hisoblash mashinalari (EHM) yordamida topish va ishlov berish mumkin bo‘ladigan tarzda bir tizimga solingan ma’lumotlar (masalan: maqolalar, hisob-kitoblar) majmuidir
Aytish joizki EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarini mualliflik huquqi ob’ektlari sirasiga kiradi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga mualliflik huquqi toki aksi isbotlanmagunga qadar saqlanib qolaveradi. EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalariga O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 6 maydagi “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonuni bilan beriladigan huquqiy himoya:
  • har qanday dasturlash tilida va har qanday shaklda ifodalanishi mumkin bo‘lgan EHM uchun yaratilgan dasturlarning barcha xiliga (shu jumladan, operatsiya tizimlari va dasturiy majmualarga) nisbatan, boshlang‘ich matn va ob’ekt kodiga nisbatan ham, shuningdek ma’lumotlarni tanlash va tashkil etish bo‘yicha ijodiy mehnatning natijasi bo‘lgan ma’lumotlar bazalariga nisbatan tatbiq etiladi;
  • EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalari yohud ularning biron-bir qismiga asos bo‘lgan g‘oyalar va prinsiplarga, shu jumladan interfeys hamda algoritm tashkil qilish g‘oyalari va prinsiplariga, shuningdek dasturlash tillariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
  • Eng asosiysi ularga nisbatan mualliflik huquqi ular yaratilgach yuzaga keladi. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan mualliflik huquqi e’tirof etilishi va ro‘yobga chiqarilishi uchun ro‘yxatdan o‘tkazish yoki o‘zga rasmiyatchiliklarga rioya etish talab qilinmaydi.
  • EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan mulkiy huquqlar shartnoma bo‘yicha o‘zga jismoniy yoki yuridik shaxslarga to‘liq yoki qisman o‘tkazilishi mumkin. Shartnoma yozma shaklda tuziladi va unda albatta quyidagilar belgilab qo‘yiladi EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasidan:

  • a) foydalanish hajmi;
    b) usullari;
    c) haq to‘lash tartibi;
    d) mukofot puli miqdori;
    e) shartnomaning amal qilish muddati.

Aytish joizki, huquq egasi EHM uchun yaratilgan dasturni yoki ma’lumotlar bazasini bevosita yoxud o‘z vakili orqali Dasturiy mahsulotlar davlat reestrida yoki Ma’lumotlar bazalari davlat reestrida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga talabnoma berish orqali ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin va himoya hujjati sifatida guvohnoma beriladi.
Bunda EHM uchun yaratilgan dasturni yoki ma’lumotlar bazasini ro‘yxatdan o‘tkazish tavsiyaviy xarakterga ega.
E’TIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT
Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling