Elektron hukumat konfidensial axborot resurslaridan foydalanish usullari
ELEKTRON HUKUMAT” TIZIMI: BIRINCHI GALDAGI VAZIFALAR
Download 76 Kb.
|
Elektron hukumat
ELEKTRON HUKUMAT” TIZIMI: BIRINCHI GALDAGI VAZIFALARShu yilning 9 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturini 2013-2020 yillarda amalga oshirish bo‘yicha Respublika muvofiqlashtirish komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbirda Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimlari, vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek, videokonferensaloqa orqali joylardagi davlat hokimiyati organlari rahbarlari qatnashdi. Tarkibida qator vazirlik va idoralar rahbarlarini jamlagan mazkur komissiya davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish borasida tegishli chora-tadbirlar ko‘rish va muntazam monitoring yuritish, davlat organlari funksional faoliyati va amaliy jarayonlarini optimallashtirish kabi maqsadlarda tuzilgan. 2013-2020 yillarda O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya tizimini kompleks rivojlantirish bo‘yicha hukumat dasturi qabul qilingan bo‘lib, jumladan, unda aholiga davlat hokimiyati organlari bilan elektron shaklda muloqot o‘rnatish uchun imkoniyat yaratish, davlat boshqaruvida “yagona oyna” tamoyilini joriy etish kabi vazifalar belgilangan. Dasturda, shuningdek, kompleks axborot tizimlari va “Elektron hukumat” tizimining ma’lumotlar bazasini yaratish ham ko‘zda tutilgan. Dastur mamlakatimiz iqtisodiyoti va jamiyatning barcha sohalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va rivojlantirish, axborot resurslari, tizim va tarmoqlar tezkor rivojlanishini ta’minlash, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari va aholiga ko‘rsatilayotgan davlat interaktiv xizmatlari ko‘lami va sifatini oshirishni rag‘batlantirish singari maqsadlarda qabul qilingan. Dasturda belgilangan loyihalarning amalga oshishi ko‘rsatilayotgan xizmatlarning yuqori sifatliligini ta’minlash uchun axborot-kommunikatsiya va telekommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy yuqori texnologiyali infratuzilmasini yaratish imkonini beradi hamda iste’mol bozorining barcha jabhalarida interaktiv xizmatlarni rivojlantirish uchun qulay sharoitni yuzaga keltiradi. Respublika komissiyasi yig‘ilishida 2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturi, kompleks axborot tizimlari va “Elektron hukumat” tizimining ma’lumotlar bazasini yaratishga doir loyihalar va tadbirlar muhokama qilindi. Asosiy e’tibor ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari idoraviy ro‘yxatini shakllantirish, har bir ko‘rsatilayotgan xizmatning reglamentini ishlab chiqish, davlat xizmatlari yagona reyestrini shakllantirish va ularni interaktiv ko‘rinishga, jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)ga o‘tkazish masalalariga qaratildi. Vazirlik va idoralar rahbarlariga esa axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni keng qo‘llash hisobiga boshqaruv-ishlab chiqarish jarayonlari faoliyati samaradorligini oshirish, ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati va foydalanish qulayligini oshirish, ularning bajarilishini osonlashtirish hamda muddatlarini qisqartirish, shuningdek, fuqaro va tashkilotlarga davlat xizmatlari ko‘rsatishda ma’muriy xarajatlarni kamaytirish zarurligi ta’kidlandi. Muhokamalar yakunida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari, shuningdek, ularda foydalaniladigan forma va blanklar inventarizatsiyasini o‘tkazish, Respublika komissiyasi faoliyatini yoritib borish, qabul qilingan dasturni amalga oshirish hamda xorij, jumladan, Koreya Respublikasi tajribasini o‘rganish maqsadida veb-sayt yaratish haqida qaror qabul qilindi. Download 76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling