Elektron hukumat o’zaro munosabat shakllari
Government to Business (G2B) moduli
Download 34.23 Kb.
|
Elektron hukumat o
Government to Business (G2B) moduli
Iqtisodiyot sohasidagi davlat boshqaruvining amaldagi tizimini davlat va biznes tuzilmalarining umumiy ishi yo'lida - tadbirkorlik sub'ektlaridan har birining, binobarin, mamlakatning ravnaq topishi uchun ularning tadrijiy o’zaro hamkorligining samarali mexanizmiga aylantirishdan iboratdir. Munosabatlarning ushbu modulida kuyidagilar asosiy sub’ekt hisoblanadi: byudjet va soliqlarni tartibga solish, davlat organlari va tijorat tuzilmalarining o’zaro iqtisodiy hamkorligi, kreditlar, investitsiyalar va boshqa moliyaviy resurslarni boshqarish, tijorat faoliyatini litsenziyalash va boshqalar. G2V moduli quyidagilarni ta’minlashi lozim: biznes tuzilmalari oldida turgan qog’ozbozlik va ma’muriy to’siqlarni bartaraf etish; davlat boshqaruvining ortiqcha bo’g’inlarini qisqartirish, tartibga solish va hujjatlar aylanishining raqamli texnologiyalarini keng joriy etish yo’li bilan biznes jarayonlarini va tranzaktsiyalarni tezlashtirish, soddalashtirish va arzonlashtirish; qonunlar va bozor talablaridan kelib chiqib, resurslarni maqsadga yo’naltirib, erkin boshqarish. Ushbu modul vazifalarini hal etish uchun biznes sub’ektlariga quyidagi xizmatlarni ko’rsatishni nazarda tutadi: kompaniyalarni davlat ro’yxatidan o’tkazish va qayta ro’yxatdan o’tkazish; vakolatli tashkilotlardan loyiha hujjatlariga ruxsatnomalar olish va ular bilan kelishish (ekologiya, qurilish, tabiiy resurslardan foydalanish); litsenziyalar olish va ular muddatini uzaytirish; yuridik maslahatlar, qonun hujjatlariga kiritilgan o’zgartirishlar to’g’risida o’z vaqtida va to’liq axborot olish; byudjetga (daromad, foyda, qo’shilgan qiymat, yo’l, er soliqlari va boshqalar) va byudjetdan tashqari fondlarga majburiy korporativ to’lovlarni amalga oshirish; - buxgalteriya, moliya, soliq va statistika hisobotlarini rasmiylashtirish va boshqalar. G2B xizmatlari turli ijtimoiy guruh vakillariga yo’naltirilgan bo’lib, bu xizmatlarning asosiy maqsadi davlat bilan bog’liq ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy jarayonlarni optimal boshqarishdan iborat. Download 34.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling