“Elektron hukumat” tizimini joriy etish zaruriyati. Jamiyat rivojlanishida axborotlashtirishning tutgan o’rni


Download 10.34 Kb.
Sana20.02.2020
Hajmi10.34 Kb.

“Elektron hukumat” tizimini joriy etish zaruriyati. Jamiyat rivojlanishida axborotlashtirishning tutgan o’rni.

Reja:

  • 1. Elektron hukumatning daslabki tushunchalari.
  • 2. Elektron hukumat tizimining tarkibiy modullari.
  • 3. Elektron hukumat tizimi rivojlangan davlatlar reytingi.

Daslabki tushunchalar

Elektron hukumatning zamonaviy nazariyasi va amaliyotini faqat global axborot jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi nuqtai nazaridan o'rganish mumkin, chunki ushbu texnologiya ilmiy-texnik taraqqiyotning to'g'ridan-to'g'ri hosilasi va kompyuterlashtirish, Internetizatsiya va tarmoq hamjamiyatlarining paydo bo'lishi natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning chuqur o'zgarishi. Ushbu holat axborot jamiyati tushunchasini alohida ko'rib chiqishni talab qiladi.

Axborot jamiyati

XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asrning boshidagi global rivojlanish tendentsiyasi yuqori rivojlangan davlatlarning asta-sekin sanoat (axborot) jamiyatiga bosqichma-bosqich o'tishidir.

"Axborot jamiyati" atamasi juda keng bo'lib, avvalambor, siyosiy va iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda axborot va bilimlarning o'sib borishi fonida rivojlanayotgan axborot sanoatini o'z ichiga oladi. Ushbu atama asosiy strategik manbalardan biri axborot va bilim ekanligidan dalolat beradi.

“Axborot jamiyati” tushunchasi birinchi marta 60-yillarning oxirlarida yapon olimi tadqiqotchisi E. Masuda va Tokio universiteti professori Yu tomonidan qo'llanila boshlandi.

Har qanday mamlakatda axborot jamiyatiga o'tish bu axborot muhitini shakllantirish va rivojlantirish, axborot xizmatlari sohasini rivojlantirish va jamiyatning har bir a'zosiga "etkazish" uchun katta moddiy xarajatlarni talab qiladigan jarayondir.

2020 yil — Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili.

Shavkat Mirziyoyev joriy yilni ana shunday nomlashni taklif etdi, parlamentariylar buni ma’qulladi. Ushbu yilda Nukus, Buxoro, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida IT-parklar tashkil etiladi. «Elektron hukumat» tizimining barcha tashkiliy va institutsional masalalari hal etiladi.

  • Shuningdek, qurilish, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport, geologiya, kadastr, sog‘liqni saqlash, ta’lim arxiv sohalarini to‘liq raqamlashtirish ishlari boshlanadi. Yaqin ikki yilda barcha qishloq va mahallalar tezkor internet bilan ta’minlanadi.
  • Ikki oy muddat ichida «Raqamli O‘zbekiston-2030» dasturi ishlab chiqilishi kerak. Ishlarni tizimli tashkil etish uchun hukumatda bosh vazir o‘rinbosari, vazirlik va idoralarda hamda hokimliklarda esa alohida o‘rinbosar lavozimlari joriy etiladi.

Raqamli iqtisodiyot

So'ngi vaqtlarda "raqamli iqtisodiyot" tushunchasi juda ko'p marta qo'llanilmoqda. Darhaqiqat, ko'plab rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiy ularning rivojlanish omillariga sezilarli darajada ta'sir o'tkazgan. Jamiyat hayotida raqamli iqtisodiyot muhim rol o'ynaydi.


Raqamli iqtisodiyot tushuncha nisbatan uzoq bo'lmagan vaqtda, 1995-yili Massachusets universiteti amerikalik olimi Nikolas Negroponte tomonidan aniqlab berilgan. Olim axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o'tishda, qanday o'zgarishlar ro'y berishi mumkinligini aytib o'tgan.
  • Raqamli iqtisodiyot - bu xo'jalik faoliyatini yuritish bo'lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko'rinshidagi ma'lumotlar bo'lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir.
  • Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko'rsatish, elektron tulovlar amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog'langan faoliyatdir.

Elektron hukumat

  • Elektron hukumat — Barcha ham „ichki“, ham „tashqi“ aloqalar va jarayonlar majmuasi bo'lib, tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va taʼminlanib turadigan hukumat. 
  • „Elektron hukumat“ tushunchasi 1990-yillarning boshida paydo boʻlgan, lekin amaliyotga soʻnggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda AQSh va Angliya, hamda ItaliyaNorvegiyaSingapurAvstraliya va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Katar, BAA va h.k.) shugʻullandilar.
  • Elektron hukumatning uch asosiy rivojlanishi tizimi ajratiladi:
  • - hukumat — aholi (G2C);
  • - hukumat — biznes (G2B);
  • - hukumat — hukumat (G2G).
  • Oʻzbekistonda ham elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan. Jahon tajribasiga mavjud amaliyotga koʻra, u ikki oʻzaro bogʻlangan, lekin funksional jihatdan mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi infratuzilmadan tarkib topgan.
  • Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki infratuzilmasini qamrab oladi, u davlat tuzilmalari tomonidan davlat korporativ vazifalarini amalga oshirishdagi oʻzaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi infratuzilma, davlatni fuqarolar (G2C) va tashkilotlar (G2B) bilan oʻzaro ishlashini taʼminlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi.

BMT ko’rsatkichlari

  •  BMT ekspertlari tomonidan mamlakatlardagi 8 ta davlat organlarining milliy veb-saytlari, shuningdek uchta asosiy ko‘rsatkich – elektron xizmatlar, AKT-infratuzilmasi va inson omilining rivojlanganligiga ko‘ra baholanadi.

Bugungi kunda EGDI (E-Government Development Index) uchta normallashtirilgan ko'rsatkichlarning arifmetik o'rtacha ko'rsatkichidir: onlayn xizmatlarning kengligi va sifati (Online Service Index, OSI), telekommunikatsiya infratuzilmasining rivojlanish darajasi (Telecommunication Infrastructure Index, TII) va inson kapitali miqdori (Human Capital Index, HCI), ularning har biri o'z navbatida o'nlab ko'rsatkichlar asosida hisoblanadi.

Bugungi kunda EGDI (E-Government Development Index) uchta normallashtirilgan ko'rsatkichlarning arifmetik o'rtacha ko'rsatkichidir: onlayn xizmatlarning kengligi va sifati (Online Service Index, OSI), telekommunikatsiya infratuzilmasining rivojlanish darajasi (Telecommunication Infrastructure Index, TII) va inson kapitali miqdori (Human Capital Index, HCI), ularning har biri o'z navbatida o'nlab ko'rsatkichlar asosida hisoblanadi.

Elektron hukumatni O'zbekistonda rivojlanishini bir qancha to'siqlarini ko'rsatib o'tish mumkin.

  • ko'plab sohalardagi monopoliya;
  • internet tezligini pastligi va uni sifatsizligi;
  • axborot texnologiyalari sohasida qonununchilikning zamondan orqada qolganligi;
  • fuqarolarda kompyuter savodxonligining o'ta pastligi;
  • qonunchilikning shaffof emasligi;
  • axborot texnologiylari bo'yicha mutaxassislarning yetishmasligi yoki ularni boshqa mamlakatlarga ketib qolishi;
  • axborot madaniyati, axborot gigiyenasi pastligi;
  • axborot texnologiyalari xavfsizligi yaxshi emasligi;
  • boshqaruv organlarida sohani tushunadigan mutaxassislarning kamligi yoki(ba'zilarida) ularning umuman yo'qligi;
  • ilm-fan va ayniqsa aniq fanlarning rivojlanishi sustligi(yoki rivojlanishdan to'xtab qolganligi).

Elektron hukumat dunyo davlatlar reytingi.
Download 10.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling