Elektron hukumat tushunchasi


Elektron hukumat: O’zbekiston modeli


Download 1.48 Mb.
bet8/8
Sana26.12.2022
Hajmi1.48 Mb.
#1067475
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4 мавзу Elektron hukumat қонунининг мазмун моҳияти тўғрисида тузатилсин

Elektron hukumat: O’zbekiston modeli

Elektron hukumat: O’zbekiston modeli

  • Ko’rinib turibdiki, O’zbekistonda, elektron hukumatni tashkil qilish borasida hukumat darajasida katta e’tibor ko’rsatilmoqda. Buning yaqqol misoli sifatida, hukumat darajasida qabul qilingan so’nggi muhim qarorlarni keltirishimiz mumkin. 2013 yil, 16-sentyabrdagi 250-sonli Hukumat Qarori[1] bilan, O’zbekistonda elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish maqsadida, maxsus markaz – «Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi» hamda, «Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi» tashkil qilindi. Mazkur qaror bilan, O’zbekistonda elektron hukumat tizimini rivojlantirish va qo’llab quvvatlash, uning me’yoriy-huquqiy bazasi, uslubiy va texnologik ta’minoti va tizim uchun mas’ul tashkilotlarning moddiy texnik bazasini mustahkamlashga oid o’ta muhim ustuvor vazifalar aniq belgilab berildi.

Elektron hukumat: O’zbekiston modeli

  • Bundan tashqari, ushbu qaror bilan, «Elektron hukumat tizimini rivojlantirish» hamda, «Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi» larning tuzilmasi va faoliyati tartibini belgilovchi nizom qabul qilindi.
  • Prezidentimizning 2012 yil sentyabr oyida Janubiy Koreyaga amalga oshirgan tashriflari mobaynida, axborotlashtirish sohasida hamkorlik to'g'risida o’zaro anglashuv memorandumi imzolangan edi. Koreya Respublikasining elektron hukumat borasida BMT reytingida qatorasiga ikkinchi marotaba yetakchilik qilayotganligini maqolamizda ta’kidlagan edik. Koreyaning bu boradagi boy tajribasi, hamda mazkur davlat hamda Respublikamiz o’rtasida o’rnatilgan mustahkam hamkorlik aloqalari negizida, Prezidentimiz tomonidan Koreyaning axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yetakchi mutaxassislaridan biri – janob Kim Nam Sok, O’zbekistonda elektron hukumat tizimini shakllantirish jarayoniga ko’maklashish maqsadida, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar davlat qo’mitasi raisining o’rinbosari sifatida AKT bo’yicha maslahatchi etib tayinlangan edi.

Elektron hukumat: O’zbekiston modeli


Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling