Elektron hukumatda inovatsion texnologiyalarini joriy etish konsepsiyasi. Reja


Download 42 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi42 Kb.
#1011462
Bog'liq
8Elektron hukumatda inovatsion texnologiyalarini joriy etish konsepsiyasi.


Elektron hukumatda inovatsion texnologiyalarini joriy etish konsepsiyasi.
Reja:

1.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishda davlat tomonidan belgilab berilgan talablar


2.O'zbekiston Respublikasida elektron hujjat aylanishi tizimlarini joriy qilish va rivojlantirish holati


AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISHDA DAVLAT TOMONIDAN BELGILAB BERILGAN TALABLAR
Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, barcha sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishni jadallashtirish hamda uning huquqiy asoslarini tartibga solishda amaldagi qonun va qarorlar, farmonlar va boshqa me’yoriy hujjatlar muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmonida axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining xuquqiy asoslari 10 telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talabehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish, jahon axborot resurslaridan foydalanishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish kabi masalalar maqsad qilib olingan. Mazkur Farmonda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, ularning zamonaviy tizimlarini joriy etishning birinchi galdagi eng muhim vazifalari belgilab berilgan, ular quyidagilar:
- zamonaviy ishonchli va xavfsiz milliy ma’lumotlar axborot bazalarini yaratish, axborot resurslari va xizmatlari bozorini rivojlantirish, axborot almashuvining elektron shakllariga izchillik bilan bosqichma-bosqich o‘tish;
- real iqtisodiyot tarmoqlarida, boshqaruv, biznes, fan va ta’lim sohalarida kompyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, aholi turli qatlamlarining zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng bahramand bo‘lishlari uchun shart-sharoit yaratish;
- maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy o‘quv yurtlarining ta’lim jarayoniga zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini egallashga hamda ularning faol qo‘llanishiga asoslangan ilg‘or ta’lim tizimlarini kiritish;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda, dasturiy vositalar, ma’lumotlarning axborot bazalarini ishlab chiqish; - axborot-kommunikatsiya tarmoqlari va xizmatlari konvergensiyasini nazarda tutgan holda mamlakat barcha hududida axborotkommunikatsiya texnologiyalarining texnikaviy infratuzilmasini jadal rivojlantirish;
- milliy va xalqaro axborot tarmoqlariga g‘oyat tezkorlik bilan kirib borishni joriy etish, ularning aholi punktlari, shu jumladan, qishloq aholi punktlariga kirib borishini ta’minlash;
- sifatli mahalliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni eksport qilishni rag‘batlantirishning samarali mexanizmini yaratish;
- mahalliy kompyuter texnikasi va uni butlovchi qismlar ishlab chiqarishni tashkil etish. SHuningdek, Farmonda kompyuterlashtirish va axborot- ommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzish hamda mazkur yo‘nalish bo‘yicha respublikada yuqori muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanishi belgilab qo‘yilgan. Muvofiqlashtiruvchi kengash zimmasiga quyidagi vazifalar yuklanadi:
- kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash; Axborot hamda kompyuter tizimidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik
- kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish yuzasidan hukumatga takliflar kiritish;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida raqobat muhitini shakllantirishga ko‘maklashish;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga, ta’lim muassasalarining axborot tarmoqlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga ko‘maklashish.
Xulosa qilib aytganda, mazkur normativ-huquqiy hujjat respublikamizda axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, barcha sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda jahon axborot hamjamiyatiga kirishni ta’minlash bo‘yicha huquqiy asos va yo‘riqnoma vazifasini o‘tashi shubhasiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborotkommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi 2002 yil 30 maydagi Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborotkommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2002 yil 6 iyundagi 200-son qarori.
Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar
1. http://www.lex.uz
2. http://mitc.uz
3. https://tuit.uz/meyoriy-huquqiy-xujjatlar
4. Kommunikatsiya texnologiyalari fanidan ma’ruza matnlari
Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling