Elektron jadval muharrirlari. Ms excel dasturi
Download 0.59 Mb.
|
4 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Сохранениэ документа
- Сохранит
- Formulalar kiritish va tahrirlash
- Daleye
Hujjatni saqlash. Excel dasturi yordamida yaratilgan hujjat ishyai kitob deb nomlanadi. Ishchi kitob esa ishchi varroqlardan tashkil topgan. Ishchi kitobni saqlash uchun Fayl menyusidagi Сохранит yoki Сохранит как buyruqlarini tanlash, uskunalar panelidan Сохранит tugmasini bosish, F12, Shift+F12 yoki Ctrl+S tugmalar majmualaridan birini bosish mumkin. Ishchi kitob birinchi marta saqlanayotganida Сохранениэ документа nomli muloqot darchasi ochiladi (2-rasm):
Excel dasturida faylga standart nom - Книга1 taklif qilinadi. Foydalanuvchi xohlagan vaqtda nomni o’zgartirishi mumkin. Bu darchada saqlamoqchi bo’lgan fayl nomini yozamiz, tipini tanlaymiz (standart holda –xls taklif qilinadi) va hujjatni saqlamoqchi bo’lgan joyni ko’rsatamiz va oxirida Сохранит tugmasi bosiladi. Jadvalli hisoblar. Formulalar va funkstiyalarni qo’llash Excel dasturining eng asosiy vazifasidir. Jadvalda sonlarning statistik tahlilini o’tkazish imkoni mavjud. Jadval kattakchasiga kiritiladigan formulalarning matni “.” (tenglik belgisi)dan boshlanishi kerak, aks holda Excel dasturi formulani matndan ajrata olmaydi. Tenglik belgisidan so’ng matematik ibora yoziladi. Jadvalda argument sifatida sonlar, katakcha manzili va nomlar ishlatilishi mumkin. Arifmetik amallarni belgilash uchun quyidagi belgilarni ishlatish mumkin: ^ (darajaga oshirish), + (qo’shish), - (ayirish), *(ko’paytirish) va / (bo’lish). Jadvalda boshqa ishchi varoqda yoki boshqa faylning jadvalida joylashgan katakchalarga yo’llanma bo’lishi mumkin. Bir marta kiritilgan formulaga xoxlagan paytda o’zgartirish kiritib bo’ladi. Formulalar kiritish va tahrirlash. Formula kiritish “.” belgisidan boshlanadi. Masalan A1 katakchaga 5 sonini, B1 katakchaga –4,6 sonini kiritib, C1 katakchada “.A1+B1” yozishimiz mumkin Enter tugmasi bosilgandan so’ng C1 katakchada 0,4 hosil bo’ladi: Formulani boshqacha usulda ham kiritish mumkin: “.” (tenglik belgisi) kiritilgandan so’ng A1 katakcha ustida sichqoncha ko’rsatkichini keltirib chap tugmasini bir marta bossak, katakchaning manzili hosil bo’ladi. “+” (qo’shish belgisi)ni kiritib so’ng B1 katakcha ustida sichqoncha chap tugmasini bir marta bosamiz va natijada C1 katakchada “.A1+B1” ifoda hosil bo’ladi. Formula yozilishi. Enter tugmasi bilan tugatiladi. Excelda arifmetik amallarni bajarilish ketma–ketligi matematikadagidek amalga oshiriladi: avval ko’paytirish va bo’lish so’ng qo’shish va ayirish. Qavslar yordamida ketma–ketlikni o’zgartirish mumkin. Masalan, A1*B1-C1/D1 misolda A1 va B 1 larni kupaytmasidan C1 ni D1 ga bo’linmasini ayiradi. Agar misolda darajaga oshirish “^” amali ishlatilsa uni kompyuter birinchi bo’lib bajaradi. Katakchaga kiritilgan formulani tahrirlash uchun F2 tugmasini bosish yoki shu katakcha ustida sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosish yoki formulalar qatoridan foydalanish mumkin. Tahrirlash rejimida ekranning yuqori qismidagi formula qatorida uning hisoblangan natijasi emas formulaning o’zi ko’rinadi. Mazkur bo’limning dastlabki to’rtta bandi dastur ishlashi davomida vujudga keluvchi joriy vazifalarni (yangi katak, ustun, satr hosil qilish) bajarishga mo’ljallangan. Диаграмма bandi esa dastur natijalarini foydalanish qulay bo’lgan chizma, gistogramma ko’rinishlarida hosil qiladi. Bandga murojat qilinganda ekranda muloqatli oyna hosil bo’ladi. Mazkur oynada elektron jadvalda olingan natijalarni tasvirlashning 75 xil usuli foydalanuvchi uchun taklif qilinadi. Ularning orasidan, masalan, doiraviy diagrammatanlab olingandan so’ng, Daleye tugmasi bosiladi va ekranda qiymatlarning chegarasini belgilovchi va tasvir hoshiyalarida izohli yozuvlar hosil g’iluvchi Диапазон данных deb nomlanuvchi oyna paydo bo’ladi. Bu yerda kerakli izohlar yozilgandan so’ng Daлее tugmasi orqali tasvirning parametrlarini aniqlovchi Пaраметры диаграммы deb ataluvchi oynaga o’tiladi va tasvir ko’rinishi aniqlanadi. So’ngra diagrammani joylashtirish usuli belgilanib, natijada sahifaga olinadi. Masala. QHM talabalarining fanlar bo’yicha to’plagan ballari va guruhning o’rtacha reyting natijalarini Excel qayta ishlab, natijalarni diagramma ko’rinishida ekranda hosil qiling. Yechish. Talabalarning har bir fandan to’plagan ballari jadval ko’rinishida kiritiladi va guruhning fanlar bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichli quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling