ELEKTRON OFERTA
Ushbu “Omonat hisobvaragʻini ochish yuzasidan Ommaviy oferta shartnomasi” (keyingi oʻrinlarda “Oferta”) Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367 va
369-moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslarga milliy yoki chet el valyutasida hisobvaraqlar ochish orqali ulardan omonatlarni qabul qilish hamda ularga foizlar hisoblash boʻyicha rasmiy ommaviy taklif boʻlib hisoblanadi.
Ommaviy oferta shartnomasi Mijoz tomonidan “UzPSB Mobile” va “Joyda” mobil dasturi orqali maʼqullangan vaqtdan boshlab tuzilgan (akseptlangan) hisoblanadi hamda mijoz mazkur ommaviy oferta shartnomasi hamda Omonat shartlarini istisno qilmasdan soʻzsiz qabul qilganligini anglatadi.
Oferta predmeti
1.1. Bank mazkur Ofertaga asosan Omonatchining Bank BXO/BXMlarida ochilgan plastik karta va/yoki omonat hisobvaraqlaridagi mablagʻlarini naqd pulsiz shaklda masofadan boshqariladigan omonatlarga qabul qilish, omonatni qaytarish va unga foizlar hisoblash hamda Omonatchining mazkur omonat hisobvaragʻini masofadan boshqarishiga ruxsat berish majburiyatini oladi.
1.2. Omonatchi omonat hisobvaragʻidagi mablagʻlarini va unga hisoblangan foizlarni Dastur orqali oʻzining va/yoki boshqa jismoniy shaxslarning plastik karta yoki omonat hisobvaraqlariga, Dasturda mavjud xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar hisobvaraqlariga naqd pulsiz shaklda oʻtkazish orqali tasarruf etadi.
Omonatning shartlari
2.
|
Omonat shartlari
|
2.1.
|
Omonat turi:
|
2.2.
|
Omonat valyutasi:
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |