Elektron pochta xavfsizligi muammosi


Download 6.2 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi6.2 Kb.
#1837646
Bog'liq
4-mustaqil ish

Elektron pochta xavfsizligi muammosi


Bugungi jamiyat taraqqiyoti insoniyat tafakkurining mahsuli bo‘lgan rivojlangan ilm-fan yutuqlariga asoslangan texnika va texnologiyalar bilan bir qatorda, keng ma’noda, axborotlarning muhim ahamiyatga egaligi bilan ham belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimovning 2002-yil 30-mayda qabul qilingan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” gi farmonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi strategik ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar belgilangan. 2003-yillarda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan qator qonun xujjatlari qabul qilindi. Jumladan, ana shunday xujjatlarning biri “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida” gi qonunga muvofiq elektron raqamli imzo shaxsiy imzoga tenglashtirildi va u bilan bir xil huquqiy kuchga ega bo‘ldi.
Maxfiy va qimmatbaho axborotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyalash eng muhim vazifalardan biri sanaladi. Kompyuter egalari va foydalanuvchilarning ma’lumotlarini mulkiy himoyalash - bu ishlab chiqarilayotgan axborotlarni jiddiy iqtisodiy va boshqa moddiy hamda nomoddiy zararlar keltirishi mumkin bo‘lgan turli kirishlar va o‘g‘irlashlardan himoyalashdir.
Axborotning himoyasi - boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta’minlovchi qat’iy reglamentlangan dinamik texnologik jarayondir. Axborotning egasiga, foydalanuvchisiga va boshqa shaxsga zarar etkazmoqchi bo‘lgan noqonuniy muomaladan har qanday hujjatlashtirilgan, ya’ni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo‘yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot himoyalanishi kerak.
Axborot xavfsizligi - ma’lumotlarni yo‘qotish va o‘zgartirishga yo‘naltirilgan tabiiy yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan har qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligidir.
Ilgarigi xavf faqatgina konfidensial (maxfiy) xabarlar va hujjatlarni o‘g‘irlash yoki nusxa olishdan iborat bo‘lsa, hozirgi paytdagi xavf esa kompyuter ma’lumotlari to‘plami, elektron ma’lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat so‘ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu harakatlardan moddiy foyda olishga intilish ham rivojlanadi.

Axborotlarni kriptografik himoyalash

Axborotlarning muhofazasi masalalari bilan kriptologiya (kryptos-maxfiy, 1ogos-ilm) shug‘ullanadi. Kriptologiya maqsadlari o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan ikki yo‘nalishga ega - kriptotaxlil va kriptografiya. Kriptotaxlil shifrlash uslubini (kalitini yoki algoritmini) bilmagan holda shifrlangan matnning asli holatini topish uslublari bilan shug‘ullanadi. Kriptografiya axborotlarni aslidan o‘zgartirilgan holatga o‘tkazishlarning matematik uslublarini topish va takomillashtirish bilan shug‘ullanadi. Dastlabki tizimlashgan kriptografik uslublar eramiz boshida, Yuliyssezarning ish yuritish yozishmalarida uchraydi.


Kriptografik tizimlar yo‘nashidagi izlanishlar, ayniqsa, birinchi va ikkinchi jahon urushi yillari davrida muhim ahamiyat kasb etdi va jadal rivojlandi. Urushdan keyingi yillarda hisoblash texnikasining yaratilishi va takomillashib, insoniyat faoliyatining barcha sohalariga chukur va keng ma’noda kirib borishi, kriptografik uslublarni tabiiy ravishda rivojlanib va takomillashib borishini taqozo etmoqda.
Kriptografik uslublarning axborotlar tizimi muhofazasi masalalarida qo‘llanilishi, ayniksa, hozirgi kunda muhimdir. Haqiqatan ham, bir tomondan, kompyuter tizimlarining INTERNET tarmoqlari bilan bog‘liq ravishda katta hajmdagi davlat va xarbiy axamiyatga ega bo‘lgan axborotlarni hamda shu kabi iqtisodiy, shaxsiy va boshqa turdagi axborotlarni tez va sifatli uzatish va qabul qilishdagi roli ortib bormoqda.
Ikkiichi tomondan esa bunday axborotlarning keng ma’nodagi muhofazasini ta’minlash masalalari muhimlashib bormoqda.
Hozirgi zamon kriptografiyasi quyidagi to‘rtta bo‘limni o‘z ichiga oladi:
1) Simmetrik kriptotizimlar.
2) Ochiq uslubga (kalitga) yoki ochiq algoritmga asoslangan kriptotizimlar.
3) Elektron imzo tizimlari.
4) Kriptotizimlarda kalitlardan foydalanish uslublarini boshqarish.
Kriptografik uslublardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari: maxfiy ma’lumotlarni aloqa kanali (masalan, elektron pochta) bo‘yicha uzatish, uzatilgan ma’lumotlarning haqiqiyligini ta’minlash, axborotlarni kompyuterlar tizimi xotiralarida shifrlangan holda saqlash va shu kabilar. Matn – alfavitning elementlaridan tashkil topgan tartiblangan tuzilma.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Download 6.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling