ERI Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2 yilga beriladi. ERIni yaqin atrofdagi tuman Davlat soliq inspektsiyasi (DSI)da toʻlov asosida olish mumkin. ERI uchun eng kam oylik ish haqining 10% miqdorida to'lov summasi undiriladi. ERI olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish lozim: - ERI kaliti sertifikati va kalitini olish toʻgʻrisidagi imzolangan hamda zarur hollarda muhr bilan tasdiqlangan ariza (1-ilova); - arizada koʻrsatilgan jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs vakilining pasporti; - ERI kalitlarini yaratish xizmati uchun toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitantsiya. Eslatma. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida ERI kalitlarini roʻyxatdan o’tkazish uchun CLICK tizimi orqali toʻlovni amalga oshirish yoʻlga qoʻyilgan. Buning uchun telefonda *880*0113*STIR*toʻlov summasi# USSD-buyrugʻi teriladi. Bunda: STIR – bu soliq toʻlovchining identifikatsion raqami; Toʻlov summasi – eng kam oylik ish haqining 10% miqdorida (2016 yil 1 oktyabr holatiga koʻra eng kam oylik ish haqining 10 foizi 14 977 soʻmni tashkil etadi). CLICK orqali toʻlov xizmati faqatgina jismoniy shaxslar uchun mavjud boʻlib, u OʻzR DSI va uning hududiy boshqarmalari tomonidan beriladigan ERI uchun amalga oshiriladi. Toʻlov amalga oshirilgandan soʻng yaqin oʻrtadagi DSIga tashrif buyuring. ERI kalitlarini yozish uchun USB flesh-kartasini olib borishni unutmang.
Do'stlaringiz bilan baham: |