Elektron sxema bu qandaydir vazifani


Download 38.92 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.06.2023
Hajmi38.92 Kb.
#1468872
Bog'liq
Elektron sxema - Vikipediya



Elektron sxema
Elektron sxema - bu qandaydir vazifani
bajarish uchun o'zaro ulangan rezistorlar,
kondansatorlar, diodlar, tranzistorlar va
integral mikrosxemalar kabi individual
elektron komponentlarning
kombinatsiyasi bo'lgan mahsulot yoki
shartli belgili sxema ( chizma ).


Komponentlarning turli kombinatsiyasi
sizga ko'plab oddiy va murakkab
operatsiyalarni bajarishga imkon beradi.
Masalan, signalni kuchaytirish,
Intel
8742 
integral sxemasi
, 8-bitli 
mikrokontroller
, jumladan 
protsessor
, 128 
bayt operativ xotira
, 2048 bayt 
EPROM
va
kiritish 
/chiqarish portlari
.
Elektron sxemali 
bosilgan elektron plata
.


ma'lumotni qayta ishlash, uzatish va
boshqalar 
[1]
Diskret komponentlar
asosidagi elektron sxemalar , shuningdek
integral mikrosxemalar bir
yarimo'tkazgich kristalida juda ko'p turli
komponentlar birlashmasidan tashkil
topgan bo'ladi.
Elementlar orasidagi ulanishlar simlar
orqali amalga oshirilishi mumkin, ammo
endi bosma platalar ko'p ishlatiladi.
Ularda izolyatsion asos(taglik)da turli
usullar bilan (masalan, fotolitografiya ),
o'tkazuvchan yo'llar va kontakt
yostiqchalari hosil qilinadi.
[2]
.


Elektron sxemalarni ishlab chiqish va
sinovdan o'tkazish uchun va kerak
bo'lganda elektron sxemaga tezda
o'zgartirishlar kiritishga imkon beradigan
maketli platalar qo'llaniladi.
Elektron sxemalarni loyihalash va
yaratishni o'rganadigan elektronika bo'limi
sxemotexnika deb ataladi.
Umuman olganda, elektron sxemalar
quyidagilarga bo'linadi:
analog ;
raqamli ;
gibrid (aralash).
Tasnifi (Классификация)


Analog elektron sxemalarda ma'lum bir
turdagi ma'lumotlarni aks ettiruvhci
kuchlanish va tok vaqt o'tishi bilan
Analog sxemalar
Oddiy kuchaytirgichning 
sxemasi
analog sxema misolida.
Batareya, rezistor va ulash simlarini o'z ichiga olgan oddiy sxema. 
Ohm
va 
Kirchhoff qonunlarini
elektr zanjirini
hisoblashda qo'llashni ko'rsatadi.


uzluksiz o'zgaradi. Analog sxemalarda
ikkita asosiy tushuncha mavjud: ketma-
ket va parallel ulanishlar. Archa chiroqlari
shodasi ketma-ket ulanish bo'lib
zanjirning barcha tarkibiy qismlaridan bir
xil tok o'tadi. Parallel ulanganda, barcha
komponentlarning qutblarida bir xil elektr
kuchlanish hosil bo'ladi, lekin
komponentlar orqali o'tuvchi toklar
farqlanadi: umumiy oqim
komponentlarning qarshiligiga ko'ra
taqsimlanadi.
Analog qurilmalarni yaratish uchun
asosiy elementlar rezistorlar
(qarshiliklar), kondansatorler, induktiv
g'altaklar, diodlar, tranzistorlar va ulash


o'tkazgichlari hisoblanadi. Odatda,
analog sxemalar prinsipial sxemalar
shaklida taqdim etiladi. Har bir
elementga standart belgi beriladi:
masalan, o'tkazgichlar chiziqlar,
rezistorlar to'rtburchaklar va boshqalar
bilan ko'rsatilgan.
Elektr zanjirlari Kirchhoff qonunlariga
bo'ysunadi :
sxemaning istalgan tugunidagi
toklarning algebraik yig'indisi nolga
teng;
har qanday yopiq konturdagi
kuchlanish tushuvlari algebraik
yig'indisi shu konturdagi EYuK larning


algebraik yig'indisiga teng bo'ladi. Agar
konturda EYuK bo'lmasa, u holda
umumiy kuchlanish tushuvi nolga teng
bo'ladi.
Haqiqiy zanjirlarni tahlil qilishda parazit
elementlarni hisobga olish kerak:
masalan, ulash o'tkazgichlari qarshilik
va induktivlikka ega, bir nechta qo'shni
o'tkazgichlar sig'im hosil qiladi va
hokazo.
Raqamli sxemalarda signal odatda
mantiqiy yoki raqamli qiymatlarni
kodlaydigan bir nechta turli xil diskret
holatlarni qabul qilishi mumkin 
[3]
.
Aksariyat hollarda ikkilik (binar) mantiq
Raqamli sxemalar


ishlatiladi. Ma'lum bir kuchlanish qiymati
mantiqiy birl, boshqasiga esa nolga teng
deb olinadi. Raqamli sxemalarda
tranzistorlar juda keng qo'llaniladi. Ular
VA, YOKI, EMAS va ularning turli
kombinatsiyalarni bajaruvchi mantiqiy
katakchalar (shlyuzlar) dan quriladi.
Shuningdek, tranzistorlar asosida
triggerlar yaratiladi. Trigger bir nechta
barqaror holatlardan birida bo'lishi
mumkin bo'lgan va tashqi signal
berilganda ular o'rtasida almashinish
imkoniga ega element. Triggerdan xotira
elementlari sifatida foydalanish mumkin:
masalan, SRAM (Static Random Access
Memory) ularga asoslangan. Xotiraning
yana bir turi, DRAM, kondensatorlarning


elektr zaryadini saqlash qobiliyatiga
asoslangan.
Raqamli sxemalarni loyihalash va tahlil
qilish shunday murakkablikdagi analog
sxemalarga qaraganda ancha oson.
Buning sababi shundaki, chiqishdagi
mantiqiy hujayralar faqat ma'lum
kuchlanish qiymatlarini ishlab chiqaradi
va ishlab chiqaruvchilar analog
qurilmalarni loyihalashda e'tiborga
olinishi kerak bo'lgan buzilish,
kuchaytirish, kuchlanishning o'zgarishi va
boshqa jihatlar haqida tashvishlanmaydi.
Shu sababli, mantiqiy elementlar asosida
elementlarning katta darajada
integratsiyalashuviga ega bo'lgan, har


birining narxi ahamiyatsiz bo'lgan
milliardlab tranzistorlarni o'z ichiga olgan
super murakkab sxemalar yaratilishi
mumkin. Bu asosan zamonaviy
elektronikaning rivojlanishini belgilab
berdi.
Gibrid sxemalar analog va raqamli
sxemalar elementlarni birlashtish bilan
tayyorlanadi. Boshqalar qatorida, bularga
komparatorlar, multivibratorlar, PLLlar,
DAClar, ADClar kiradi. Ko'pgina
zamonaviy radio va aloqa qurilmalari
gibrid sxemalardan foydalanadi. Misol
uchun, radio qabul qilgich analog
Gibrid sxemalar


kuchaytirgich va chastota konvertoridan
iborat bo'lishi mumkin, shundan so'ng
signal keyingi ishlov berish uchun raqamli
shaklga o'tkazilishi mumkin.
Elektrosxema
Integral sxema
1. Charles Alexander and Matthew
Sadiku (2004) (und). Fundamentals
of Electric Circuits. McGraw-Hill.
2. Richard Jaeger (1997) (und).
Microelectronic Circuit Design.
McGraw-Hill.
См. также
Примечания


3. John Hayes (1993) (und).
Introduction to Digital Logic Design.
Addison Wesley.
Schematic Electronic Projects Circuit
Diagrams (http://320volt.com/) -
electronic blog circuits projects
Electronic Circuit Diagrams (http://ww
w.circuitstoday.com/) - Simple
electronic circuits and projects
Building Gadgets (http://www.buildingg
adgets.com/index_circuitlinks.htm) -
Electronic Circuits and Projects for the
hobbyist
Ссылки


Electronic Circuits (https://web.archive.
org/web/20111028001927/http://elect
roniccirc.com/) - Videos and
animations
Nerd Kits (http://www.nerdkits.com) -
Tutorials
All About Electronics (http://www.elpro
jects.blogspot.com) - Electronics Blog
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Elektron_sxema&oldid=286864
3" dan olindi


Bu sahifa oxirgi marta 7-Sentabr 2022, 14:47 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 38.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling