Elektron tijorot tizimlari


 Elektron to’lov texnologiyasi


Download 55.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana02.12.2023
Hajmi55.82 Kb.
#1779761
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9.1.Elektron tijorot tizimlari.

 
2 Elektron to’lov texnologiyasi 
Sotib oluvchi sotuvchi bilan pul o’tkazish yo’li bilan xisoblashishi jarayonida 
nakd pul ishtirok etmaydi, faqatgina sotib oluvchi xisob raqamidan sotuvchining 
xisob raqamiga pul ko’chiriladi. Pul o’tkazish yordamida xisob kitob qilishni bir 
necha usuli mavjud (bankdan pul o’tkazish, bank kartasi erdamida xisob- kitob qilish, 
cheklar va shunga o’xshash usullar). 
Istagan maqsadda bankdan po’l o’tkazish operatsiyasi tranzaktsiya deb nom 
olgan (lotinchadan transaction- kelishuv, shartnoma ma’nosini anglatadi). 
Tranzaktsiya – bu bank kartaning egasi tomonidan ruxsat berilganda, bank 
kartaning egasiga xizmat ko’rsatish uchun tizim katnashchisidan katnashchiga 
uzatiladigan, tizim qatnashchilari tomonidan yaratiladigan ma’lumotlar ketma-
ketligidir. Tranzaktsiya qo’yidagi asosiy xossalarga ega: 
 Bo’linmaslik; 
Izolyatsiyalangan
 Ishonchliligi 
 Karta egasi va xizmat ko’rsatuvchilar orasidagi aloqa. 
Tranzaktsiyaning 
bo’linmasligi 
– 
yaьni 
tranzaktsiya 
operatsiyalarini 
hammasini bajarish kerak yoki bitta ham operatsiya bajarish kerak emas. 
Tranzaktsiyaning kelishilganligi - yaьni ma’lumotlar bazasidagi kartalar, xisob 
raqamlari xaqidagi ma’lumotlar o’zgartirilmaydi. 
Tranzaktsiyaning izolyatsiyalanganligi – bir tranzaktsiya boshqa 
tranzaktsiyalarga bog’liqmasligini ko’rsatadi. 
Tranzaktsiyaning ishonchliligi quyidagida ko’rinadi, tugallangan tranzaktsiya 
o’zidan so’ng tiklanishi mumkin, tugallanmagan tranzaktsiya esa bekor qilinadi 
[20,35]. 
Karta egasi va xizmat ko’rsatuvchilar orasidagi aloqa deb shunday aloqa 
nazarda tutilganki, uning natijasida karta egasining xisob raqamida qandaydir 
o’zgarish ro’y beradi. 
Elektron to’lov ko’p tomondan, oddiy dukonlarda ishlatiladigan telefon orqali 
tovarlarni buyurtma qilishni eslatadi. Farqli tomoni shundaki, elektron tulov jarayoni 
sotib oluvchining kompyuteri hamda sotuvchining WEB-serveri orqali amalga 
oshiriladi(11.1-rasm). 



Rasm 1. Elektron to’lovlarni amalga oshirish tizimi 
Ushbu rasmdan ko’rinib turgandek, sotib oluvchi brouzer yaьni dastur 
yordamida tovar sotuvchining WEB-serverida joylashgan formani tuldirib kerakli 
buyurtmani amalga oshiradi. Ko’pgina sotuvchilarning WEB- serverlarida buyurtma 
qoldirish uchun muljallangan formalar mavjud. To’ldirilgan forma sotuvchining 
serverida joylashgan ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. 
Elektron to’lov tizimi o’z ichiga quyidagi xisoblashish ko’rinishlarini oladi: 
 Bank kartalari; 
 Elektron cheklar; 
 Raqamli pullar; 
 Elektron pullar. 
Bank kartalari katta va o’rta miqdordagi to’lovlarni amalga oshirish uchun 
ishlatiladi. Elektron cheklar esa asosan kichik miqdordagi, tez amalga oshirilishi 
kerak bulgan to’lovlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi. Elektron pullar, yaьni 
pullarni elektron ko’rinishda uzatish nazarda tutilmoqda, asosan katta miqdordagi 
tulovlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi. Bank kartalari - bu intellektual 
kartalarning bir turidir. 
Intellektual karta - umumiy termin bo’lib, ishlatilish maqsadi, xizmat ko’rsatish 
to’plamlari, texnik imkoniyatlari, ishlab chiqargan instituti bilan farqlanadigan 
hamma kartalarni o’z ichiga oladi. 
Intellektual kartalarning o’ziga xos tomoni shundaki, ular amaliy dasturlarda 
ishlatiladigan ma’lumotni o’zida saqlaydi. Bunday kartalarni binoga kiruvchi kalit, 
kompyuterga kiruvchi kalit, xaydovchilik guvohnomasi sifatida ishlatish mumkin. 

Download 55.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling