Elektronik sxemalar


Download 136 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana18.08.2017
Hajmi136 Kb.
#13735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

VA  O ‘Q IS H
2.1.  Elektronik  sxemalar
Hozirgi  zamon  mashinalari,  stanoklari,  apparaturalari  va 
asboblarining  ko‘pchiligida  mexanikaviy,  pnevm atik  ham da 
elektr  konstruksiyalar  mavjud.  Mashinalarning  ish  prinsipini 
ularning  yig‘ish  chizmalariga  va  umumiy  ko‘rinishlar  chiz- 
malariga  qarab  o ‘rganish juda  qiyin,  shuning  uchun  ko‘pincha 
soddalashtirilgan  maxsus  tasvirlar,  ya’ni  sxemalar  bajariladi. 
Bunday  sxemalar mashinalarning  ish prinsipini tezda tushunib 
olishga imkon beradi.
Buyumning  tarkibiy  qismlari va ular orasidagi bog‘lanishlar 
shartli  tasvirlar  yoki  belgilar  ko‘rinishida  beriladigan  kons­
truktorlik  hujjatlari 
sxem alar
  deb  ataladi  ( 0 ‘zDSt  2.721-98). 
Sxema loyihaga oid grafik hujjat bo‘lib,  unda buyum qismlarining 
tarkibi va ular  orasidagi bog‘lanishlar ko‘rsatiladi.  Buyumlarni 
loyihalash,  sozlash,  nazorat  qilish,  tuzatish  va  ulardan  foyda­
lanish ham da mexanizm,  asbob,  moslama,  inshoot va hokazo- 
larning  harakat  (ish) jarayoni ketma-ketligi  sxemalarda tushun- 
tirib  beriladi.
Barcha  sxemalar  standart  talabi  b o ‘yicha  chiziladi.  Ular, 
asosan,  to ‘g‘ri  burchakli  proyeksiyalarda  bitta  k o ‘rinishda 
yoyilgan holda chiziladi.  Zarur bo‘lganda  aksonometrik proyek- 
siyada  chizilishi  ham  mumkin.
Sxemalar  masshtabga  rioya  qilmasdan  chiziladi.  Standart 
detallar  uchun  chizmalarda  yozma  tushuntirishlar  berilmaydi, 
ammo  standart  b o ‘lmagan  detallarga  yozma  tushuntirishlar 
berilishi  shart.  Sxemalarda  mashina  hamda  mexanizmlarning 
yig‘ish  birliklari  yaxlit  tasvirlanadi  va  ular 
sxema  elementlari 
deyiladi.  Bularga nasos,  podshipnik,  mufta va boshqalar kiradi.
69

Sxemalarda  buyum larga  kirm aydigan  elem entlar  buyum 
uchun  xizmat  qiladigan  b o ‘lsa,  ular  ingichka  shtrix-punktir 
chiziq  bilan  tasvirlanadi.  Lekin  uning  joyi  va  bajaradigan  ishi 
tushuntirish  m atni  orqali  ifodalanadi.  Standart  tom onidan 
quyidagi  atam a  va  ta ’riflar  yetakchi  tasnifli  guruhlarda  bel- 
gilangan.
1. 
Sxema  elementi
 —  sxemaning tarkibiy qismiga kiruvchi va 
m a’lum   bir  vazifani  bajaruvchi,  ammo  m ustaqil  ish  baja- 
ruvchi,  m asalan,  nasos,  transform ator,  kom pressor,  m ufta 
kabilar.
2. 
Moslama
  —  yagona konstruksiyaga ega bo‘lgan elementlar 
yig‘indisi,  apparat,  mexanizm biror buyumda  aniq  bir vazifaga 
ega bo‘lmasligi mumkin.
3. 
Funksional guruh
  —  yagona  konstruksiyaga  kirm asa-da, 
buyum da  m a’lum  bir  vazifani  bajaradigan  elem entlar  yig‘in- 
disi.
4. 
Funksional qism
  —  m a’lum vazifani bajaruvchi funksional 
guruh va moslama  elementi.
5. 
Funksional  zanjir
  —  m a’lum  yo‘nalishda  ish  bajaradigan 
chiziq,  kanal,  trakt.
6. 
O ‘zaro  bog‘lanish  chizig‘i
 — buyumdagi funksional qismlar 
orasidagi  bog‘lanishni  ko‘rsatuvchi  chiziq  b o ‘lagi.
7. 
O ‘rnatish
  —  energetik  inshootlarda  sxemasi  chiziladigan 
obyektning  shartli  nomi.
Sxemalarning  turi  va  k o ‘rinishlari
  ( 0 ‘zDSt  2.701).  Standart 
barcha  sanoat  tarm oqlari b o ‘yicha  sxema turlari va  ko‘rinish- 
larini  chizish  uchun tasdiqlagan.  Sxemalar buyumning  tarkibiy 
elem entlari  ham da  ularning  o ‘zaro  b o g ‘lanishlariga  qarab 
harflar  bilan  belgilanadi: 
EL
  —  elektr, 
G
  —  gidravlik, 
P
  — 
pnevmatik, 
K
 —  kinematik, 
O
  —  optik, 
V
 —  vakuumlik, 
G
  — 
gazli, 
R
  —  radio, 
E
  —  buyumni  tarkibiy  qismlarga  b o ‘luvchi, 
S
 —  kombinatsiyalashtirilgan  sxema  kabi  turlarga bo‘linadi. 
1
  — 
strukturali, 
2
  —  funksional, 
3
  —  prinsipial,  elektr  sxemalar 
uchun  to ‘liq, 
4
  —  birlash tirish   (m ontaj)  elektr  sxem alari
70

uchun, 
5
  —  ulash, 
6
  —  umumiy, 
7
  —  joylashtirish  va 
0
  — 
yig‘ish.
Sxemaning nomi uning turi va ko‘rinishiga qarab  aniqlanadi. 
Masalan,  prinsipial  elektr sxemasi,  gidravlik prinsipial sxema va 
boshqalar.
1. 
S tru k tu ra li  sxem a
  —  buyum   qism ining  asosiy  funk- 
siyasini,  o ‘zaro  bog‘lanishi va vazifasini  aniqlaydi.  Funksional 
qismlarini to ‘g‘ri to ‘rtburchak shakllarda tasvirlash  qabul  qilin­
gan b o ‘lib,  ularga  sxema  elem entlarining  raqami,  belgisi,  turi 
yoziladi.  Ba’zi  elementlarni  shartli grafik belgilarda tasvirlashga 
yo‘l  q o ‘yiladi.
2. 
Funksional  sxem ada
  —  buyum  funksional  qismlarining 
ayrimlari yoki barchasida ro‘y beradigan jarayonlar tasvirlanadi. 
Buyumning  ish  jarayonini  o‘rganishda  va  buyumni  sozlashda, 
nazorat  qilishda va ta ’mirlashda foydalaniladi.
3. 
Prinsipial sxemada
 — buyumning tarkibiy elementlari hamda 
ular  orasidagi  bog‘lanishlarning  barchasi  ko‘rsatiladi.  Shunga 
ko‘ra,  sxemaning bu turi buyumning  ishlash jarayoni to ‘g‘risida 
to ‘la m a’lumot beradi.
4. 
Birlashtirish  (montaj)  sxemasi
  — buyum qismlari  orasidagi 
o ‘zaro  birlashishlar  ko‘rsatiladi.  U nda  shunday  birlashishlarni 
amalga  oshirish vositasi b o ‘lgan  o ‘tkazgich,  kabel,  truboprovod 
kabilar  aks  ettiriladi.
5. 
Ulash  sxemasida
  buyumning  tashqi  tom oni  bilan  boshqa 
buyumga  birlashish  (ulanish)  joyi  ko‘rsatiladi.
6. 
Umumiy sxemada
 kompleksning tarkibiy qismlari tasvirlanib, 
foydalanish joyida qanday montaj  qilish haqida m a’lumot beradi. 
Buyum  elementlarining  o‘zaro  joylashishi  sxemada  taxminan 
to ‘g‘ri  tasvirlanadi.
7. 
Joylashtirish  sxemasida
  buyum  tarkibiy  qismlarining  bir- 
biriga  nisbatan  qanday joylashtirilganligi  ko‘rsatiladi.
8. 
Birlashtirilgan  sxemada
  biror  maqsadni  ko‘zlab,  ikki-uch 
xil  sxemalar  turi  birlashtirilib  tasvirlanishi  mumkin.  Masalan, 
prinsipial va montaj  (birlashtirish), biriktirish va ulash sxemalari.
71

Bunday  biriktirishlar  sxema  turi  va  k o ‘rinish  hujjati  bilan 
aniqlanishi  lozim.  M asalan,  elektr prinsipial  sxemasi va ulash 
sxemasi.
9. 
Kombinatsiyalashtirilgan  sxemada
  buyum  tarkibiga  turli 
elementlarning  ko‘rinishlari kiritilishi munosabati bilan,  buyum 
uchun  bir  turdagi  sxemalarning  bir  qanchasini  tuzish  talab 
qilinadi.  Bunday sxemalarni bitta kombinatsiyalashtirilgan sxema 
bilan  alm ashtirish  lozim   b o ‘ladi,  m asalan,  elektr-gidravlik 
prinsipial  sxema.
10. 
Turli  k o ‘rinish  va  turlar  sxemalari.
  Bunday  sxemalar 
tarmoq standartlari tomonidan joriy etilgan kod,  tur va ko‘rinish- 
larda bajariladi.
Sxemalarning  shifri,  ularni  o‘qish,  bajarishga  qo‘yiladigan 
talablar ularda qo‘llaniladigan shartli grafik belgilar standartlarda 
ko‘rsatilgan.  Ish jarayonida  standartlarning talabiga qat’iy rioya 
qilish  talab  etiladi.
Sxemaning  shifri  standartga  muvofiq  uning  turini  ko‘rsa- 
tuvchi harf va turini belgilovchi raqamdan tashkil topadi.  Masalan, 
pnevm atik  strukturali  sxema  — 
P1,
  kinem atik  funksional 
sxema  — 
K 2
 va h.k.
Sxemalarda  tasvirlanayotgan  buyum  elementlari  ustma-ust 
tushmasligi  va  o ‘qish  oson  b o ‘lishi  uchun  mazkur  elementlar 
qulay vaziyatda joylashtiriladi.  Bundan tashqari,  grafik belgilarni 
bog‘lovchi  chiziqlar  imkoni  boricha  kam  sinadigan  va  kesi- 
shadigan  bo‘lishi  hamda  parallel  bog‘lovchi  chiziqlar  orasidagi 
masofa  3  mm.dan  kam b o ‘lmasligi  lozim.
Elektr  sxemalarda  qo‘llaniladigan  shartli  grafik belgilarning 
o ‘lchamlari  standartda berilgani  holda boshqa turdagi  sxemalar 
elementlarining  o‘lchamlari nisbati ularning haqiqiy o‘lchamlari 
nisbatiga  taxminan  mos  kelishi  lozim.
Sxemalarda  buyumning  tarkibiy  elementlari  raqamlar  bilan 
belgilanadi,  ya’ni ularning vaziyat raqam belgilari  qo‘yiladi.  Har 
bir  elementning  tartib  raqami  harakat  boshlanadigan  joydan
72

boshlab  chiqarish  chizig‘i  tokchasiga  qo‘yiladi.  Tokcha  ostiga, 
kerak  b o ‘lganda,  element  to ‘g‘risida  tushuntirish  yoziladi.
Sxemalar  harakatga  keltiriladigan  joydan  boshlab  o ‘qiladi. 
0 ‘qish paytida har bir  elementning  shartli tasvirlanishini  o ‘qish 
qiyinlik qilsa,  ularni  shartli belgilar bilan taqqoslab  o‘qish tavsiya 
etiladi.
Sxema elementlarining  shartli grafik belgilari bog‘lanish chi­
ziqlarining yo‘g‘onligida chiziladi.  Bog‘lanish chizig‘i yo‘g‘onligi
0,2—1,0  mm atrofida olinadi.  Bitta sxemada barcha chiziqlar bir 
xil tanlangan yo‘g‘onlikda chizilishi shart.  Sxemada barcha shartli 
grafik  belgilar  standart  tom onidan  qabul  qilingan  vaziyatda 
chizilishi lozim.  Lekin b a’zi  maqsadlarni ko‘zlab,  ularni  90°  ga 
burib  yoki  180°  ga  ag‘darib  tasvirlash  mumkin.  Raqamli  yoki 
harfli-raqam li  belgilari  bor  sxema  elementining  shartli  grafik 
belgisini  90°  yoki  45°  ga  burib  tasvirlashga  yo‘l  qo‘yiladi.
Sanoat  va  qurilishning  barcha  tarm oqlaridagi  buyum lar 
uchun  q o ‘lda  yoki  avtom atlashtirilgan  usulda  bajariladigan 
sxemalarning shartli grafik belgilari standart tomonidan umumiy 
tatbiq qilinishga m o‘ljallangan.
Prinsipial  elektr  sxemalarida  elementlar  shartli  grafikaviy 
belgilar  ko‘rinishida  chiziladi.  ESKDda  elektr  sxemalarning 
shartli  grafikaviy  belgilanishiga  bir  necha  standartlar  bag‘ish- 
langan,  shuning  uchun  belgilar  bilan  «Elektrotexnika»  kursini 
o ‘zlashtirgandan  keyingina  to ‘la  tanishib  chiqish  mumkin.
Buyum lar  u ch u n   elektr  sxem alar  elektr  tarm oqlaridan 
uzilgan  holatda  chiziladi.  Elektr  bog‘lanish  chiziqlari  sxema 
formatiga  qarab  0,2  mm.  dan  0,6  mm.  gacha yo‘g‘onlikda  chi­
ziladi.
Sxemada  tasvirlangan  har  bir  elementning  h a rf va  raqamli 
pozitsion  nomeri  b o ‘lishi  kerak,  bu  raqam  harfli  belgidan  va 
elementning  tartib  raqamidan  tuzilgandir,  masalan,  konden- 
satorlar 
C1,  C2,  C3,
  rezistorlar 
R1,  R2,  R 3
  va  h.k.
Elementning  harfiy belgisi  elementning  qisqartirilgan nomi- 
dan  iborat bo‘lishi  kerak,  masalan,  transformatorning belgisi  —
73

7R,
  akkum ulator  batareyasiniki  —  B,  generatorniki  —  G, 
ampermetrniki  —  A,  rezistorniki  —  R,  kondensatorniki  —  C 
va h.k.
Sxemalarni  elementlarning  raqamli  pozitsion  belgilari  bilan 
bajarish  ham   mumkin.
Pozitsion belgisi aylanacha ichiga yozilishi va shartli grafikaviy 
belgisi  yoniga  yozib  qo‘yilishi  kerak  (55-shakl).
Elementlar  birinchi  listdagi  asosiy  yozuv  ustidagi  ro‘yxatga 
yozib  qo‘yiladi.  Detalga  elektr  uchqunli  stanokda  ishlov  berish 
jarayonini  avtomatik  rostlashning  elektr  prinsipial  sxemasini 
ko‘rib  chiqamiz  (55-shakl).
Elektr  uchqunli  stanokda  detalga  ishlov  berishda  metalldan 
yasaladigan detal va asbob  orasida elektr zaryadlari paydo bo‘ladi, 
natijada  detaldan  metall  qatlami  sidirib  tashlanadi.  Detal  bilan 
asbob  elektrodlar hisoblanadi.  Detal  «A»  tok manbayining  «+» 
klemmasiga  ulanadi.  Elektr  zaryadlari  detaldan  materialning 
mayda  zarralarini  sidirib  tashlaydi,  bu  zarralar  ichida  suyuqligi
74

b o ‘lgan  vanna  V ning  tagiga  c h o ‘kadi,  b u n d a  elektrodlar 
o ‘rtasidagi  oraliq  kattalashib  elektr  zaryadi  hosil  b o ‘lishi  to ‘x- 
taydi.
Detal bilan  asbob  o‘rtasidagi  oraliq bir xil bo‘lishi uchun  as- 
bobni  uning  o‘qi  b o ‘ylab  harakatlantirish  kerak.  Bunday  hara- 
katlantirish 
surish  (podacha)
  deyiladi.
Elektrod-asbob  V gayka-polzun  G ga  mahkamlanadi,  gayka 
polzun  D  vintdan  harakat  olib  suriladi.
Vint  D ni  elektr dvigatel  (1)  aylantiradi.  Elektr dvigatel vali- 
ning  aylanma  harakat  tezligini  kamaytirish  uchun  chervyakli 
reduktor  E  qo‘llanilgan.  Elektr  dvigatelining  vali  chervyak vali 
bilan elastik mufta orqali,  chervyakli g‘ildirak vali esa vint D bilan 
biriktirilgan.  Sxemada chervyakli uzatma ko‘rsatilmagan.
Elektrod-asbob  surilishining yo‘nalishini  o‘zgartirishga elektr 
dvigatelni reversiyalash  (harakat yo‘nalishini  o ‘zgartirish),  ya’ni 
uning  valini  orqaga  aylantirish  yo‘li  bilan  erishiladi.
Elektr  dvigatelining  yuqori  regulirovka  qilinmaydigan  akku- 
mulator  batareyasi  (3)  bilan  ketma-ket  ulangan  rezistor  (qar- 
shilik)  (2)  ga ulanadi.  Bunday ulashda batareya qo‘shimcha tok 
manbayi bo‘ladi.  Elektr dvigateli yuqoridagi kuchlanish batareya 
(3)  kuchlanishi  bilan  rezistor  (2)  dagi  kuchlanish  orasidagi 
ayirmasiga  (farqqa)  teng  bo‘ladi.
Asboblar va  ishlov  beriladigan  buyum  o‘rtasida  katta  oraliq 
b o ‘lganda  rezisto r  (2)  da  k uchlanish  pasaym aydi,  elektr 
dvigatel  vali  aylana  boshlaydi,  bu  elektrodlar  orasida  elektr 
zarrachalari  razryadlari  hosil  b o ‘lmaguncha  elektrodlar  bir- 
birlariga  yaqinlashaveradi.  Shu  paytda  rezistor  (2)  da va  elektr 
dvigatel  yakorida  k u ch lan ish   pasayadi  (kam ayadi).  Agar 
elektrodlarda  qisqa  tutashuv  b o ‘lib  qolsa,  rezistor  (2)  dagi 
kuchlanishning  pasayishi  batareya  (3)  dagi  kuchlanishning 
pasayishiga  qaraganda  katta  b o ‘ladi.  Bu  holda  yuqoridagi 
kuchlanish  qutblari  o ‘zgaradi  («+»  qutb  «—»  qutb  b o ‘ladi)  va 
elektr  dvigatel  yuqori  orqaga  (teskari)  aylana  boshlaydi, 
elektrodlar  esa  bir-biridan  uzoqlashadi.
75

7-jadval
Prinsipial elektr sxemalaridagi shartli grafikaviy belgilar
(rOCT2.  722-68; 2.  723-68; 2.  725-68; 2.  727-68; 2.  728-68; 2.  729-68; 2. 
732-68; 2.  730-68 lar bo'yicha)
Nomi
Yaqqol
tasviri
Sxemadagi
belgisi
Vazifasi
1.  Ulaydigan 
sim
Elektr  energiyasini 
uzatish
2.  Simlarni 
tarqatish
Shning o‘zi
3.  Eriydigan 
saqlagich
Qisqa tutash  hosil  bo‘- 
ladigan tokdan saqlash. 
Eruvchan saqlagichdan 
o‘tuvchi tokning kuchi 
ko‘payib ketganda 
eruvchan saqlagich 
erib  ketadi va elektr 
zanjirini uzadi
4.  Rostlan- 
maydigan 
rezistor 
(qarshilik)
Elektr  zanjirida tok 
kuchini chegaralash
5.  Rostla- 
nadigan 
rezistor 
(reostat)
Elektr  zanjiridagi 
qarshilikni  ravon 
o‘zgartirish
6.Rostlan-
maydigan
konden-
sator
Plastinalarda elektr 
zaryadlarini to‘plash va 
saqlab qolish,  bu bilan 
elektr  zanjirining ish 
rejimi stabillashtiriladi
76

7.  Galvanik 
yoki akku- 
mulator 
elementlari- 
dan tuzilgan 
batareya
* M b
Elektr  energiya 
ishlab  chiqarish 
yoki  to‘plash
8.  O‘chirgich
Elektr  zanjirini 
uzish va ulash
9.Uch  qutbli 
yuqori 
kuchlanishli 
o‘chirgich
r t r i r i
m
1
Elektr  mashinalari 
va boshqa mexa- 
nizmlarni uch  fazali 
toktarmog‘iga ulash 
va uzish
10.  Uch  fazali 
transformator
M a’lum bir  kuch- 
lanishdagi o‘zga- 
ruvchan tokni 
ikkinchibir  kuch- 
lanishdagi  o ‘zga- 
ruvchan tokka 
aylantirish
ll.M ustaqil 
qo‘zg‘ati- 
lishli doimiy 
tokmashinasi 
yoki  dvigateli
Mexanikaviy ener- 
giyani o‘zgarmas tok 
elektr  energiyasiga 
yoki,  aksincha, 
o‘zgarmas tok elektr 
energiyasini mexa­
nikaviy energiyaga 
aylantirish
12.  Chulg‘amli 
yulduz sxe­
masida ulan- 
gan asinxron, 
uch  fazali 
tok dvigateli
O‘zgaruvchan tok 
elektr  energiyasini 
mexanikaviy ener­
giyaga aylantirish
77

13.  Cho‘g‘lanib 
yonadigan 
yoritish 
lampasi
f
Xona va asbob- 
uskunalarni yoritish
14. Ampermetr
©
4A>
Elektr  toki kuchini 
o‘lchash
15.Voltmetr
Ф
4v>
Elektr  zanjiridagi 
kuchlanishni 
o‘lchash
16. Vattmetr
ф
Elektr  toki 
quvvatini o‘lchash
Sxemani  o‘qish  doimiy  tok  elektr  dvigatelidan  boshlanadi. 
Sxemadagi  elektr  dvigatelning  tasviri  7- jadvaldagi  shartli belgiga 
o‘xshash.  Ulash simi elektr dvigatelning «+» klemmasidan sxemada 
to ‘rtburchak  ko‘rinishida  tasvirlangan  regulirovka  qilinmaydigan 
rezistorga  (qarshilikka)  ulangan.  Akkumulator batareyasi  rezistor 
bilan  ketma-ket  ulangan.
Elektr  zanjirini  ulash  va  ajratish  uchun  vikluchatel  xizmat 
qiladi.  Tok  kuchi  miqdorini  ampermetr  ko‘rsatadi,  voltmetr  esa 
elektr  zanjiridagi  kuchlanishni  ko‘rsatadi.  Elektr  sxema  element­
larining  nomlari  asosiy  yozuv  ustida  joylashgan  ro‘yxatga  yozib 
qo‘yilgan.
Sxemalardagi  elementlarning  shartli  grafik  va  harfli-raqamli 
belgilanishlari.
  Shartli  grafik  belgilarning  tuzilish  prinsiplarining 
xususiyatlari  56-shaklda  keltirilgan  bir  nechta  misollar  bilan 
ifodalanadi:
78

1. Yagona bir belgi (56-shakl) shartli belgilanishda joylashishiga 
ko‘ra  bir  nechta  ifodalarni  tasvirlashi  mumkin.  Masalan,  nuqta 
belgisini  ko‘ramiz.
Bu  belgi  yordamida  o‘tkazgichlarning  tutashgan  joyini  (1), 
impulsli  quvurlarning  tarmoqlanish  joyini  (2),  kontaktlarning 
harakatlanuvchi  qismini  (3),  ionli  qurilmalarning  gaz  to ‘ldirish 
nuqtasini  (4),  ko‘p  fazali  chulg‘amlarning  neytral  nuqtasini  (5), 
chulg‘amning  boshlanish  nuqtasini  (6),  ko‘p  karrali  kontakt­
larning  yopiq  holatdagi  nuqtasini  (7)  va  boshqalarni  ifodalash 
mumkin.
2.  Turli tipdagi sxemalarda ayni bir belgi berilishiga ko‘ra,  turli 
belgilarni  ifodalashi  mumkin.  Masalan,  to ‘g‘ri  to ‘rtburchak prin­
sipial sxemalarda qo‘llanganda, rele chulg‘ami magnitli ajratkichni 
va  kontaktorni  ifodalaydi;  strukturali  va  funksional  sxemalarda 
ishlatilganda qurilmalarning funksional qismlarini,  o‘tkazgichlarni 
loyihalashda ishlatilganda shchit,  pult,  shtativ va boshqalarni ifo­
dalaydi.
3.  Ishlab chiqarish belgilarini tuzishda, u yoki bu aniq hollarda, 
umumiy  belgilar  yetishmay  qolgan  b o ‘lsa,  asosiy  olinadigan 
umumiy belgilari  standard bo‘yicha o‘rnatiladi.
4.  Shartli-grafik belgilarning ayrim qismlari va elementlari bitta 
tipdagi sxemalar uchun bir emas,  bir nechta belgilarga ega bo‘lib, 
ularning  har  birini  muayyan  holatlarda  qo‘llash  kerak.
56-shaklda transformator chulg‘amining  3  ta standart ko‘rsat- 
kichlari  berilgan.  16-ko‘rsatkich  yorug‘lik  ta’minlash  va  quvvat- 
lantirish sxemalarida qo‘llaniladi.  Uning yordamida transformator 
tasvirlangan  (19-ko‘rsatkich).
Chulg‘amlarning  birikmasini  aniq  ko‘rsatish  uchun  17-ko‘r- 
satkich  qo‘laniladi.
18-ko‘rsatkich ulanishning  turini belgilash  uchun  ishlatiladi. 
K o‘rib chiqilayotgan misoldagi 2-chulg‘amli transformator chul- 
g‘amlari  (19)  va 
(20):
  birlamchisi  yulduz  ko‘rinishida,  ikki- 
lamchisi neytral nuqta bilan chiqarilgan yulduz ko‘rinishida ulan- 
gan.
79

о
16
17
18
X
i—i 2
3
4
—  Y
---  Y2
—  Y3
u
21
220V
f
4V
+

26
27
20
3  
24
~  
_ L
28 
29
c d "
^
 
r ^ ‘ 
i - t Z
E
e
y / r 1
s   25
30
31
56-shakl.
 Sxema elementlarining shartli grafik belgilarini tuzishga
misollar.
80

5. 
Ayrim  elementlar va ularning  qismlari  sxemalarning  turiga 
qarab  ozmi-ko‘pmi  aniqlikda ko‘rsatiladi.  Agar kabelni yo‘llovchi 
o‘chirgichga borishi rejada ko‘rsatilishi kerak bo‘lsa, buni eng sodda 
usulda ko‘rsatiladi (56-shakl, 
e
 yuqorida). Agarda kontaktlar qaysi 
zanjirga kiritilganligini (chiqarilganligini) ko‘rsatish kerak bo‘lsa, 
unda o‘sha putevoy o‘chirgichni aniqlashtirib ko‘rsatadi.  56-shakl, 
e
  markazda;  56-shakl, 
a
  pastda  kontaktsiz  putevoy  o ‘chirgich 
ko‘rsatilgan,  u kontrollashtiruvchi obyekt bilan (aloqa,  masalan 
induktivli)  mexanik bog‘lanishga  ega  emas  (ichki  kontaktga).
Bundan tashqari,  uning sxemasi kontaktsiz elementdan tashkil 
topgan  bo‘lib,  ular  drossellar,  kondensatorlar,  triodlar  va  bosh- 
qalardan  tashkil  topgan.  Kontaktsiz  putevoy  o‘chirgich  planda 
yuqorida ko‘rsatilgan tarzda ko‘rsatiladi (56-shakl, 
e
 ustidan), lekin 
sxemada to ‘g‘ri to ‘rtburchak ko‘rinishda ifodalab qo‘yiladi va unga 
manba o‘tkazgichlari ulanadi (1 va 
2)
 hamda sxemaga ulash uchun 
undan  chiquvchi  o‘tkazgichlari  (3,  4,  5)  chiqarib  qo‘yiladi.
Bu yerda putevoy o‘chirgich o‘zining xususiy maxsus prinsipial 
sxemasiga egaligini unutmaslik kerak.
Murakkab  prinsipli  sxemalariga  ega bo‘lgan boshqa uskunalar 
va murakkab  elementlarning faqat kirish va chiqish qismlari ko‘r- 
satiladi.  Standart bo‘yicha bunday uskunalar sxemaning elementlari 
kabi ko‘rib chiqiladi.  56-shakl, 
f
 da misol tariqasida kechiktirilgan 
ijro raqamli element ko‘rsatilishi tariqasida x — kirish va 
y 1y 2
 va 
y 3 
chiqish nuqtalar belgilangan qo‘shimcha maydonda kechikish vaqti 
ko‘rsatkichlari,  har  bir  chiqish  bo‘yicha  kechikish  vaqti  ko‘rsat- 
kichi  ko‘rsatilgan.  (—)  belgisi  «kechikkan»  (logik  operatsiya)ni 
anglatadi.
Stabilizatorlar, kuchaytirgichlar,  chastota generatorlari,  quvvat 
manbalari va boshqalar soddalashtirilgan usulda detallashtirilmasdan 
ko‘rsatiladi. 56-shakl, 
g
 da misol tariqasida kuchlanishi 220 V bo‘lgan 
o ‘zgaruvchan  tokning  kuchlanishi  4  V  ga  teng  doimiy  tokka 
o‘zgartirib  beruvchi  quvvat  manbasi  ko‘rsatilgan.
Agar  standart  bo‘yicha  kerak  bo‘lgan  ko‘rsatgich  bo‘lmasa, 
unda uning ishlash prinsipiga qarab tuzib chiqariladi yoki bo‘lmasa, 
analogli  ishlovchi  apparatlar  tuzilishiga  ega  b o ‘lgan  uskuna
81

(m ashinalar)da  standart  b o ‘yicha  ko‘rsatilgan  ko‘rsatkichlar 
qo‘llaniladi.  Masalan,  bir  chiziqli  ko‘rsatkichlar,  ko‘p  chiziqli 
ko‘rsatkichlar asosida tuziladi va h.k.
Misol tariqasida bir holatni ko‘rib  chiqamiz.  Bunga bog‘lamli, 
ferromagnit  o‘zakli,  5  qismli  boshqarish  qismiga,  qo‘shimcha 
yordamchi o‘zgaruvchan tokli dvigatelga ega bo‘lgan hamda parallel 
bo‘lgan  chulg‘amlar  ( II  va 
III)
  va  o‘lchovchi  yo‘lda  birlamchi 
transformator  kerak  bo‘ladi.
I V
 va 
V
 chulg‘amlar  ekranlashtirilishi,  ekran  esa  korpusga 
biriktirilishi kerak bo‘ladi. Birlamchi chulg‘am 
(I)
 chiquvchi qismga 
ega bo‘ladi.  Bunday transformator 56-shakl, 
i
 da keltirilgan.  Uning 
ko‘rinishi  standart  ko‘rsatkichlar  yordamida  tuzilgan,  ya’ni: 
chulg‘amlar  (21)  chulg‘amlarning  boshlang‘ich  qismi 
(22),
  ekran 
(23),  difmanometr  yurakcha 
(24),
  qismli  (pog‘onali)  boshqaruv 
belgisi  (27),  o‘zgaruvchan  tok belgisi 
(28),
  korpus belgisi 
(29)
  va 
elektrik  ulanishlar  (30).
Ko‘rib  chiqilgan  misolda kerakli  ko‘rsatkichlar standartlardan 
olingan  bo‘lib,  qo‘shimcha  tushuntirish  kerak  bo‘lmaydi.  Lekin 
ayrim  hollarda  qo‘shimcha  belgilar  kiritishga  to ‘g‘ri  keladi.  Shu 
yuzadan shchit bo‘yicha o‘lchov tarmog‘ini o‘tkazish kerak bo‘lsin, 
bu  esa  boshqa  zanjirlardan  ajratilgan  holda  joylashtirishni  talab 
qiladi.  Bu  yerda  bir  xil  sxemadagi  oqim  uzluksiz  chiziqlar  bilan 
chiziladi (bu standartga xos), boshqa oqimlarni esa uzuq (punktir) 
chiziqlar  bilan  chiziladi  (56-shakl, h),  bularga  esa  tushuntirish 
xati  keltiriladi.  Elektrik  va  quvurli  o ‘tkazgichlarni  kombina- 
tsiyalangan sxemalar orqali tasvirlanganda shunga o‘xshash savollar 
uchraydi.
Elektrik  va  quvurli  aloqalar  grafik  tasvirlash  KXYT  standarti 
b o ‘yicha  reglamentlashtirilgan.  Rostlovchi,  o‘zgartiruvchi,  ijro 
etuvchi,  o‘lchovchi  asbob  va  qurilmalarni  belgilash,  ya’ni  tizim 
standarti  b o ‘yicha  amalga  oshiriladi  (SPDS).  Bu  tizimlarning 
standartlari ishchi hujjatlarni ishlab  chiqarish,  loyihalash jihatlari, 
qurilish,  yangidan  qurilayotgan  obyektlarning  rekonstruksiyasi 
va  uni  yangidan  qurish,  ularni  yig‘ish  va  ishlatish  talablarini  o‘z 
ichiga oladi.
Ular  konstruktorlik  hujjatlarini  bajarish  talablari  bilan  farq 
qiladi. Hozirgi kunda boshqarish va texnologik nazorat sxemalarida
82

har  xil  normativ  hujjatlar  b o ‘yicha  ijro  etuvchi  mexanizmlar, 
qurilmalar  va  rostlovchi  qismlarning  shartli  belgilarini  uchratish 
mumkin.  Bu  sanab  o‘tilgan  elementlar  ГОСТ  36.27-85  bo‘yicha 
elementlarning shartli belgilari o‘xshash ГОСТ 21.404-85 mavjud. 
K o‘rsatilgan  standartlar  СЭВ  488-771  asboblar  va  avtomat- 
lashtirish vositalari standartini hisobga olgan holda bajarilgan.
Texnologik avtomatlashtirish jarayonlari shartli belgilari xalqaro 
loyihalash  standarti  elektrik  sxemalar  qatoriga  ГОСТ  27.55-87 
bo‘yicha bajarilgan shartli belgilar,  ГОСТ 27.725-6,  ГОСТ 2.755­
74  bo‘yicha  ishlatiladigan  sxemalar  belgilarini  ham  uchratish 
mumkin.  Ya’ni  hozirgi  vaqtda  ishchi  hujjatlarni  yig‘ish va  ishla- 
tishni,  standart bo‘yicha shartli belgilarni o‘z ichiga oluvchi belgi- 
larni  uchratish  mumkin.
Avtomatik boshqarish va texnologik nazorat qilishni birinchi 
o ‘rinda,  funksional  va  montaj  sxemalarini  o ‘qib,  ularning  u 
yoki  bu  quvurli  o ‘tkazgichlarda  yoki  asboblarda  bosimining 
ko‘rinishini  baholash  va  qayd  qilishga  to ‘g‘ri  keladi.  Shuning 
uchun  ularning  har  birining  tavsifnomasini  juda  yaxshi  bilish 
va  tushunish  lozim.
ГОСТ  356-80  (CT  СЭП  253-83)  ushbularni  aniqlaydi:
a) 
shartli bosim Pu bilan  belgilanadi.
  U o‘zi bilan, hatto ortiqcha 
bosim ni  k o ‘rsatadi,  20°C  li  haroratda,  m uhitning  berilgan 
o‘lchovlarida  armaturalar va  quvurli  o‘tkazgich  detallarning  uzoq 
vaqt ishlashiga ruxsat beriladi.  ГОСТ 26349-84 da shartli bosimni 
nominal bosim deyiladi va shunga asosan 
RN
  deb belgilanadi;
b) 
probali  bosimning  belgilanishi  Rpr
,  u  o‘zida  qoldiq bosimni 
ko‘rsatadi,  ya’ni  u  armatura  va  quvurli  o‘tkazgich  detallarining
gidravlik sinovlarida tajriba o‘tkazishda mustahkamlik va zichlikni 
tekshirishda, agarda normativ va texnik hujjatlarda suv haroratining 
aniq  qiymati  ko‘rsatilmagan bo‘lsa,  uning  harorati  5°C  dan  70°C 
gacha deb olinadi.  M e’yoriy cheklanish ± 5  %  namunali bosimdan 
oshmasligi  kerak;
d) 
ishchi  bosim  Pr  bilan  belgilanadi,
  u  katta bo‘lmagan  qoldiq 
bosimdan  iborat  bo‘ladi,  armaturalar  ekspluatatsiyasi  va  trubo- 
o‘tkazgich detallari teskari  rejimda ta ’minlanadi.
83

Download 136 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling