Elektronik sxemalar


  Avtomatlashtirish  vositalari  va  asboblar


Download 136 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana18.08.2017
Hajmi136 Kb.
#13735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

2.2.  Avtomatlashtirish  vositalari  va  asboblar
Asboblar  va  avtomatlashtirish  vositalariga  katta  guruhdagi 
qurilmalar kiradi.  Ular yordamida turli ishlab chiqarish, texnologik 
jarayonlarni  nazorat  qilish,  xabarlash,  rostlash  va  boshqarish 
amalga oshiriladi. Asboblar va avtomatlashtirish vositalari o‘lchovchi 
va  o‘zgartiruvchi  asboblarga,  rostlovchi  organ  va  ijro  etuvchi 
mexanizmlarga bo‘linadi.  Bu qurilmalarni va shartli belgilanishlarni 
o‘qishni bilish uchun ularning  ishlash prinsiplarini va vazifalarini 
bilish  kerak.  U m um iy  holda  o ‘lchash  qurilm asi  birlam chi 
o‘zgartirgich, oraliq va uzatuvchi o‘zgartirgichlardan tashkil topgan.
Birlamchi o ‘lchovchi o ‘zgartirgich
 (yoki birlamchi o‘zgartirgich) 
o ‘lchovchi  qurilm aning  elem enti  deb  ataladi,  o ‘lchanuvchi 
kattaliklar  ularning  kirishiga  beriladi.  Birlamchi  o ‘zgartirgich, 
birinchi navbatda, o‘lchovchi zanjirda tarmoqda (o‘lchash kanalida) 
ishlatiladi.  Birlamchi  o‘zgartiruvchi  o‘lchash  asboblari  vazifasini 
quyidagilar:  termoelektrik  o‘zgartirgichlar  (termojuft),  toraytirish 
qurilm asi,  sarfni  o ‘lchash  va  boshqalar  bajarishi  mumkin. 
Birlamchi  o‘zgartiruvchi  o‘lchash  asbobi  ba’zida  datchiklar  deb 
ham ataladi.
Oraliqdagi o ‘zgartiruvchi o ‘lchovchi asbob
 (yoki qisqacha oraliq 
o‘zgartirgich)  o‘lchash  qurilmasi  elementi  deyiladi  va  o‘lchash 
tarmog‘ida birlamchi  o‘zgartirgichdan  keyin joy  egallaydi.  Oraliq 
o‘zgartirgichning  asosiy  vazifasiga  o‘lchanadigan  m a’lumotlarni 
keyinchalik  masofadan  uzatish  uchun  qulay  bo‘lgan  ko‘rinishga 
o‘zgartirib  berish  kiradi.
Misol  uchun,  oraliq  o‘zgartiruvchi  ulovchi  asbob  misolida 
membranali  blok  difmanometr-rasxodomer  ishlatilishi  mumkin. 
O‘lchov  zanjirida  iste’molni  o ‘lchash  to ‘g‘ridan  to ‘g‘ri  toray- 
tiruvchi  qurilm adan  so‘ng joy  oladi  va  toraytiruvchi  qurilma- 
dagi  bosimning  o ‘zgarishini  unga  to ‘g‘ri  keladigan  m em brana 
blokidagi  o ‘zgargan  membranaga  moslab  o ‘zgartiradi  va  unga 
mexanik sistema orqali ulangan asbobning ko‘rsatishini o ‘zgar- 
tiradi.
U zatu vch i  o ‘lch ovch i  o ‘zgartirgich
  (qisqacha  uzatuvchi 
o‘zgartirgich).  Uzatuvchi  o‘lchovchi  o‘zgartirgich  deb  o‘lchash
84

signalini  masofadan  uzatish  uchun  qo‘llaniladigan  (qurilma) 
elementga aytiladi.  Uzatuvchi  o‘zgartirgichga har xil elektrik yoki 
pnevmatik  o‘zgartirgichlar  difmanometr-rasxodomerlarga  o‘rna- 
tilgan o‘zgartirgichlarni misol  qilish mumkin.  Misol uchun,  ular 
yordamida  difmanometrning  membranasiga ulangan  differensial 
transformatorning  o‘zagi  holatining  o ‘zgarishi  membrananing 
o‘zgarishini chiquvchi unifikatsiyalangan o‘zgarmas tokka 0—5 mA 
gacha  aylantirib  beradi.  Masalan,  elektrik  o‘zgartirgichlar  yoki 
masofadan  o‘lchovchi  m a’lumotni  uzatish  uchun  difmanometr 
garmonli  silfonini  chiquvchi  unifikatsiyalashgan  signalga  aylan- 
tirish  mumkin  (0,02—0,1  MP.gacha  —  pnevmatik  o‘tkazgich).
Asbobsozlik sanoatida o‘z ichiga birlamchi, oraliqli va uzatuvchi 
funksiyalarini  jamlagan  turli  o ‘zgartirgichlar  ishlab  chiqiladi. 
Shunday  qilib,  shkalasiz  m anom etrlar  va  difm anom etrlar 
o‘lchanayotgan  qiymatlarni  masofadan  uzatish  uchun  o‘zgar- 
tirgichlar bilan qurilmoqda.  U asboblar o‘zida oraliq va uzatuvchi 
o‘zgartirgichlar  funksiyalarini  bajaruvchi  elementlardan  tashkil 
topgan.  U ndan  tashqari,  bir  xil  elementlar  har  xil  o‘lchovli 
sxemalarda turli o‘zgartirgich funksiyasini bajarib kelishi mumkin. 
Agar  o‘lchovchi  zanjir  o‘zgartirgich-termoelektrik  element  aloqa 
chizig‘i  millivoltmetr  b o ‘lsa,  unda  termoelektrik  o ‘zgartirgich 
birlamchi oraliq-o‘zgartirgich va uzatuvchi funksiyalar vazifalarini 
bajaradi. Agar ikkilamchi asbob sifatida kirish signali 0,5 mA bo‘lgan 
unifikatsiyalangan  potensiometr  ishlatilsa,  u  holda  signal  termo- 
elekrik  o ‘zgartirgichdan  o‘lchanayotgan  qiymatni  millivoltdan 
o‘zgarmas tokni milliamperga o‘zgaruvchi o‘zgartirgichga beradi.
Ushbu  holda  termoelektrik  element  birlamchi  o‘zgartirgich 
vazifasini bajaradi. Birlamchi o‘zgartiruvchi qurilmalarga tanlovchi 
va  qabul  qiluvchi  qurilmalar  kiradi.  Tanlovchi  va  qabul  qiluvchi 
qurilm alarni  shunday  qurilm a  deb  tush u n ish   kerakki,  bu 
qurilmalar texnologik apparatlar va quvurli o‘tkazgichlarga nazorat 
qilinayotgan muhitini va uni o‘lchovchi parametrlarini o‘lchaydigan 
qurilmalar  o‘rnatiladi.  Misol uchun,  shunday  qurilmalarga  appa- 
ratdagi yoki turboo‘tkazgichdagi bosimni tanlaydigan qo‘shimcha 
yordamchi  qurilmalar  kiradi  (ulovchi  troyniklar,  cho‘ntaklar  va 
kengaytiruvchilar).
85

Bu  qurilm alar  sxemalarda  belgilanmaydi,  lekin  spetsifi- 
katsiyaga  qo‘shiladi va konstruktivlik  chizmada mos  holda ko‘r- 
satilgan bo‘ladi.
Ayrim  qabul  qiluvchi  qurilmalar  o‘zining  konstruksiyasi  va 
ishlash prinsiplari bo‘yicha to ‘g‘ridan to ‘g‘ri o‘lchash muhiti bilan 
kontaktda bo‘lishini  talab  qilmaydi.  Ularni  o‘lchash  sxemalarida 
obyektga yaqin joyda tasvirlanadi.
O ‘lchovchi  qurilmalar  deb,
  kuzatuvchi  tomonidan  to ‘g‘ridan 
to ‘g‘ri olib bevosita qulay ko‘rinishda ko‘rishi,  qabul qilishi uchun 
o‘lchanayotgan ma’lumotlarni,  signalni  qayta ishlab  qulay xizmat 
qiladigan  o‘lchov  vositalariga  aytiladi.  O‘lchov  asboblari  har  xil 
funksiyali  bo‘lishi  mumkin.  Ular  kuzatuvchi,  yozib  boruvchi, 
o‘zi yozuvchi, integrallovchi va boshqalar bo‘lishi mumkin.  Ularda 
sozlovchi,  o‘zgartiruvchi  va  signallashtiruvchi  qurilmalar  o‘rna- 
tilgan  bo‘lishi  mumkin.
Shu tufayli,  asboblarni va o‘zgartirgichli qurilmalarning shartli 
belgilanishlari,  uning  nazorat  qilinadigan  va  rostlanadigan 
kattaliklari yozilgan hamda funksional belgilari bo‘yicha asosiy asbob 
yoki  qurilmaning  shartli  belgilanishidan  tashkil  topgan bo‘ladi.
Sozlovchi  organlar.
  Sozlovchi  organlar konstruksiyasi bo‘yicha 
texnologik quvurli o‘tkazgichlarga bevosita o‘rnatilgan qurilmalardir: 
turli  klapanlar,  zaslonkalar,  shiberlar  va  h.k.
Sozlovchi  organlarni  boshqarish  privodlarning  vazifalarini 
bajaruvchi va ijro  etuvchi mexanizmlar orqali amalga oshiriladi.
Ijro  etuvchi  mexanizmlar.
  Ijro  etuvchi  mexanizmlar  sozlovchi 
(rostlovchi)  qurilmalardan  farqli  ko‘p  elementli  murakkab  quril- 
malardir.
Ular  bir-biridan  ishlash  prinsiplari,  texnik  va  ekspluatatsiya 
qilish  tavsifnomalari  hamda  konstruktiv  xususiyatlari  bilan  farq 
qiladi.  Foydalaniladigan  energiyani  qo‘llash bo‘yicha ijro  etuvchi 
mexanizmlar gidravlik,  pnevmatik,  elektrli va kombinatsiyalangan 
turlarga bo‘linadi.
Joyiga  o ‘rn atiladigan   ham m a  o ‘lchovchi  o ‘zg artirgich lar 
(datchiklar)  hamda  asboblar  uchun  (texnologik  quvurli  o‘tkaz- 
gichda,  apparatura  ichida,  kolonnada,  metallokonstruksiyada),
86

harfiy  yozuvning  hajmini  sig‘imiga  qarab,  dumaloq  yoki  oval 
ko‘rinishdagi yagona grafik belgilar  qo‘llash  qabul  qilingan.
Gorizontal chiziq bilan ikkiga bo‘lingan belgilar shchitda yoki 
pultda  o ‘rnatilgan  asbobga  mos  keladi.  Har  doim  tanlangan 
qurilmalar  uchun  alohida  belgilar  bo‘lmaganligi  tufayli  maxsus, 
doim ulanmaydigan  tanlangan  qurilmalarga  shartli  grafik belgilar 
nazarda  tutilgan.  U lar  asboblarni  sozlash  paytida  epizodik 
ulanishiga,  nazariy tavsifnoma  olishga va boshqa tekshiruv ishlari 
uchun  xizmat  qiladi.
Bunday  tanlangan  qurilmalar  yarim  aylana  shaklda  ularga 
keltirilgan aloqa chizig‘i bilan belgilanadi. Bu esa avtomatik vositalar 
va asboblarning shartli belgilangan asosiy tuzilmalarining prinsipini 
o‘zgartirmaydi,  sozlash  vaqtida  va  boshqa  nazorat  amallarida 
chizmadagi  kerakli  tanlanmalarni  tezlik  bilan  topish  sharoitini 
ta ’minlab  beradi.
Ijro  etuvchi  m exanizm larning  ham m a  asboblar  belgila- 
nishlaridan  farqi  —  kvadratli  yoki  yumaloq  qirqilgan  aloqa bilan 
tasvirlanadi.  Katta bo‘lmagan  o‘lchamli  harflar bilan yozish talab 
qilinmaganligi  tushuniladi.
Rostlovchi organga energiyani yoki boshqarish signalini berish 
to ‘xtatilganda ijro  etuvchi mexanizmga kiruvchi  aloqa signalining 
bir bo‘lagida,  strelka yoki  ko‘ndalang  chiziq  keltiriladi.
Ijro  etuvchi  mexanizmni  qo‘shimcha  dastlabki  kirituvchisi 
kvadratning yon tomonida 
T
 shakldagi belgida yoki  dumaloqning 
ichiga yozilgan 
N
 harfi bilan tasvirlanadi.
Shunga  o‘xshash  rostlovchi  organning  o‘zi  quvurli  o‘tkazgich 
apparaturasida tasvirlanadi. Asbobning to ‘liq belgisiga ega bo‘lishi 
uchun  yoki  avtomatlashtirish  vositasini  uning  doira  yoki  oval 
shaklda  ko‘rsatib,  shartli  grafik  belgilariga  harfli  shartli  belgilar 
yozadi, bu asbobning bajaradigan vazifalar funksiyasini va tavsifno- 
masini  aniqlaydi.
Hamma harfli belgilar lotin imlosidan tuzilgan.  Shartli belgilarni, 
uning  qiymatini,  harfi joylashgan  o‘rnini  aniqlash harfiy belgilar- 
ning  umumiy tuzilishi  asosida  turadi.  Shuning  uchun  asbob  yoki 
avtomatlashtirish vositalari to ‘g‘risidagi hamma m a’lumot  imlo va 
matematik belgilarning hajmiga joylashgan.
87

8-jadvalda  shartli  belgilarning  birinchi  harflarining  asosiy 
qiymatlari  keltirilgan.  Jadvaldan  ko‘rinib  turibdiki,  unda  A, 
B, 
С,  I,  N,  O,  Y,  Z
 harflari  yo‘q.
8-jadval
O‘lchanadigan kattaliklarning asosiy shartli harfli belgilari
Belgi­
lanishi
O‘lchanayotgan kattalikni 
belgilovchi birinchi 
harfning asosiy qiymati
Belgi-
lanishi
O ‘lchanayotgan kattalikni 
belgilovchi birinchi 
harfning asosiy qiymati
D
Zichlik
P
Vakuum,  bosim
E
Istalgan elektrikkattalik
Q
Tarkib,  konsentratsiya va 
sifat tavsifnomalarini 
bildiruvchi kattalik
F
Sarf
R
Radioaktivlik
G
O‘lcham,  holat,  siljish
S
Tezlik,  chastota
H
Qo‘l ta’siri
T
Harorat
K
Vaqtli dastur
P
Bir  necha turli xil 
o‘lchanadigan kattaliklar
L
Sath
V
Qovushqoqlik
M
Namlik
W
Massa
Bular  zaxira  harflar  bo‘lib,  kerakli  paytlarda  TOCTda  ko‘ril- 
magan  m a’lumotlarni  belgilash  uchun  kiritish  mumkin. 
X
 harfi 
qo‘llash uchun tavsiya  etilmaydi.  Standartda  1  ta va  shu  hujjatlar 
uchun  ishlatilishi  mumkin  emas.
Standart  bitta  zaxira  harfini,  bir  hujjatda  turli  kattaliklarni, 
tushunchalarni belgilashda ishlatishga ruxsat bermaydi.
Asboblar  bajaradigan  funksiyalarni  ifodalashga 
E ,G ,V
 zaxira 
harflarini  qo‘llash  mumkin.  Chiqish  signalini  tashkil  qilishni 
belgilash uchun  5  ta zaxira harflari  m o‘ljallangan: 
K ,O ,T,Y,Z .
9-jadvalda  asboblar  bajaradigan  vazifalarni  belgilash  uchun 
xizmat qiladigan 7 ta harf keltirilgan.
88

Asboblar bajaradigan funksiyalarning shartli 
harfli belgilari
9-jadval
Belgi­
lanishi
Ma’lumotni aks 
ettirish
Belgi-
lanishi
Chiqish
signalini
tashkillashtirish
Belgi-
lanishi
Qo‘shimcha
qiymat
A
Signalizatsiya
(xabarlash)
C
Sozlash
(rostlash),
boshqarish
H
O‘lchanadigan
kattalikning
yuqorigi
chegarasi
I
Ko‘rsatma
S
Yoqish, 
o‘chirish, 
qayta yoqish
L
O‘lchanadigan 
kattalikning 
pastki chegarasi
R
Yozish




Asboblar  va  avtomatlashtirish  vositalarining  funksional  alo- 
matlari to ‘rtta  asosiy harf bilan belgilanadi  (10-jadval).
10-jadval
Asboblarning funksional alomatlariga ko‘ra qo‘shimcha 
harfli belgilanishi
Belgilanishi
Funksional alomatlar
E
Sezgir  element
T
Masofadan uzatish
K
Boshqarish stansiyasi
Y
O‘zgartirish,  hisoblash
funksiyalari
E
  harfi  sezgir  elementlarni  belgilash  uchun,  ya’ni  dastlabki 
o‘zgartirishni  bajaruvchi  qurilmalar,  masalan,  sarf  o‘lchagich- 
larning  qabul  qiluvchi  (toraytiruvchi)  qurilmasi,  termoelektrik 
o ‘zgartirgichlar  (termojuft),  qarshilik  termo  o ‘zgartirgichlari 
(qarshilik  termometrlari),  sarf  o‘lchash  datchiklari,  sath  o‘lcha- 
gichlar va  hokazoni belgilash uchun  qo‘llaniladi.
89

T
  harfi  signalni  masofadan  uzatishda  oraliq  o ‘zgartirishni 
ifodalaydi.  U,  odatda,  k o ‘rsatkichlarni  m asofadan  uzatish 
asboblarini  belgilashda  qo‘llaniladi,  masalan,  shkalasiz  mano- 
m etrlarda,  difmanometrlarda,  m anom etrik term om etrlarda va 
h.k.
K
 harfi bilan  asboblar tarkibiga  kiruvchi boshqarish  stansiyasi 
belgilanadi.
Signallarni  o‘zgartiruvchi  va  hisoblovchi  qurilmalar 
Y
 harfi 
bilan belgilanadi.
O‘lchash  parametrini  aniqlashtirish  uchun  11-jadvalda  kel­
tirilgan  to ‘rtta  qo‘shimcha belgilardan  uchtasi 
D,  F,  Q
  ni  kichik 
harflar  d, f  
q
 bilan  yozishga  ruxsat  beriladi.
11-jadval
O‘lchash parametrini aniqlashtirish uchun qo‘shimcha 
harfiy belgilar
Belgilanishi
Funksional alomatlar
D(d)
Farq,  darajalar  farqi
F(f)
O‘zaro nisbat,  ulush,  kasr
I
Avtomatik  o‘zgartirish
Q(q)
Vaqt bo‘yicha integrallash,
summatorlash
12-jadvalda  asboblar  va  avtom atlashtirish  vositalarining 
tavsifnomasini  ifodalovchi  harfiy  belgilar  keltirilgan.  Bu  belgilar 
lotin  alifbosi  harflari va  matematik  ifodalardan  qurilgan.  Alohida 
harfli belgilarning  o‘ziga xos xususiyatini  e’tiborga  olish  zarur.
12-jadvalda  ko‘rsatilganidek,  signalizatsiya 
A
  harfi  bilan 
belgilanadi.  Bu  belgi  signal  chiqaruvchi  apparatura  qandaydir 
shchitda yoki asbobning o‘zida o‘rnatilishiga bog‘liq bo‘lmagan holda 
qo‘llaniladi.
O‘lchanadigan  kattalikning  chegaraviy belgisi 
H
 va 
L
  harflari 
bilan aniqlashtiriladi  (yuqorigi va pastki sathi).
90

12-jadval
Asboblar ishlash tavsifnomasi uchun qo‘shimcha 
harfiy belgilar
Belgilanishi
Tavsifnomasi
Signal energiyasi:
E
Elektrik
P
Pnevmatik
G
Gidravlik
Signalning turi:
A
Analogli
D
Diskretli
Hisoblash  qurilmasida bajariladigan operatsiya:
X
Jamg‘arish
K
Signalni doimiy koeffitsiyent K ga ko‘paytirish
X
Ikki yoki undan ortiq signallarni bir-biriga ko‘paytirish
Signallarni bir-biriga bo‘lish
fn
Signal kattaligini darajaga ko‘tarish
Signal kattaligidan n  darajali ildiz chiqarish
lg
Logarifmlash
dx/dt
Differensiallash
Integrallash:
X (-1)
Signal ishorasini o‘zgartirish
max
Signalning yuqorigi qiymati chegarasi
min
Signalning pastki qiymati chegarasi
2.3.  Elektronik  sxemalarni  chizishda 
ishlatiladigan  chiziqlar
K asb-hunar  kollejlarining  mos  mutaxassisligida  talabalar 
sxemalarni  o‘qish  va  bajarish  malakalarini  yetarlicha  chuqur 
o ‘rgangan  b o ‘lishlari  talab  qilinadi.  Umuman,  har  bir  o ‘quv- 
chi  sxemalarni to ‘g‘ri  o‘qish va undan turmushda foydalana olish 
malakalarini  egallaganligi muhim ahamiyatga ega.  Shuning uchun 
sxemalarni  o‘qish va bajarish bo‘yicha  asosiy m a’lumotlarni  kel- 
tirishni  lozim  topdik.
91

Ishlatilish  sohasi va mazmuniga ko‘ra,  sxemalar chizmachilik 
kursining  asosiy  materialini  tashkil  qiladigan  proyeksion  chiz- 
machilikda  ko‘p  jihatlari  bilan  farqlanadi.  Bu  farqlar  qisqacha 
quyidagilardan  iborat:
•  sxemalar  m a’lum  sohada  qo‘llaniladigan  tayyor  mahsu- 
lotlarning  konstruksiyalarini  ochib  ko‘rsatm asdan,  ularning 
tarkibiy  qismlarini  o ‘ta  soddalashtirilgan  shartli belgilar yorda­
mida  o‘zaro  bog‘lanishi va  harakatlarini tasvirlaydi;
• sxemalarning  vazifasi  biror  ko‘rinishdagi:  mexanik  (kine- 
m atik  sxemalar),  elektrik  (elektr  sxemalari),  siqilgan  havo 
yoki  gaz  (pnevm atik  sxemalar)  va  h.k.  energiyaning  harakati 
ham da  o ‘zgarishini  yaqqol  k o ‘rsatishdan  iborat.  Yaqqollikni 
ta ’m inlash  m aqsadida  sxemaning  ham m a  elem entlari  fazoda 
haqiqiy joylashgan  o ‘rniga  qaramasdan,  bitta  tekislikka  yoyib 
tasvirlanadi;
•  sxemalarning  vazifasi  qurilm a  tarkibiga  kiruvchi  ele- 
mentlarni  ko‘rsatib  berish  emas,  balki  ularning  o‘zaro  aloqalari 
xarakterini  ochishdan  iborat b o ‘lganligi  uchun  sxema  —  alo- 
qalar  xarakterining  o ‘zgarish  ehtim oli  bilan  bog‘liq  m a’lu ­
m otlarni  (mexanik  uzatm alarda  tezlikning  o ‘zgarishi,  radio- 
priyom nik  to ‘lqinlarini  turli  diapazonlarga  to ‘g‘rilash,  tele­
vizor  kanallarini  almashtirish  va  h.k.)  ham   o ‘z  ichiga  olishi 
kerak;
• ko‘p  hollarda  o ‘quvchining  texnik  bilimlarga  egaligi  talab 
qilinmaydigan murakkab bo‘lmagan proyeksion  chizmani  o‘qishga 
nisbatan  sxemalar  bilan  ishlash  (ularni  o ‘qish  va  bajarish), 
m a’lum  darajada  o ‘quvchilarning  shu  sohadagi  texnik  bilimlar 
saviyasiga bog‘liq bo‘ladi.
Elektr  sxemalari  elem entlarining  grafik  belgilanishlarini 
bog‘lanish  chiziqlari  bilan  bir  xil:  0,2  dan  1,0  mm  qalinlikda 
bajariladi  (tavsiya qilinadigan  qalinlik  —  0,3  dan  0,4  mm.gacha).
13-jadvalda  sxemalarda  chiziqlarning  qo‘llanilishi bilan bog‘liq 
m a’lum otlar  keltirilgan.
92

13-jadval
Chiziqning
nomi
Chizilishi
Yo‘g‘onligi
Vazifasi
1. Asosiy 
tutash  chiziq
0,2—10  mm, 
odatda, 
0,3—0,4 mm
Elektr  aloqa tarmoqlari. 
Rezistor,  kondensator, 
yarimo‘tkazgich va 
elektr  o‘lchov  asbob- 
larining shartli grafik 
belgilari.  Drosseldagi 
ferromagnit magnit 
o‘tkazgichi.  Mustaqil 
prinsipial sxemaga ega 
qurilma shakli konturini 
ko‘rsatuvchi chiziqlar.
2. Yo‘g‘on 
tutash chiziq
2S
Guruhlangan elektr 
tarmoq liniyalari.  Korpus 
bilan biriktirish  (mashi- 
na,  apparat,  asboblar). 
Drosseldagi ferromagnit 
o‘tkazgichi.  Indeksatsiya- 
ning elektroluminessent 
asboblari.
3. Yo‘g‘on 
shtrixchiziq
1...2
2...8
Elektr  asboblarining 
setkalari.  Induktivlik 
g‘altagidagi magnitodi- 
elektrik  magnit o‘tkaz- 
gich.  Elektr  mashinalari. 
Signal qurilmalarining 
himoya korpusi
4.  Ingichka 
shtrix  chiziq
S/2
,2...8
Elektr  sxemalaridagi 
mexanik  aloqa tarmoq­
lari.  Ekranlashtirish  tar­
moqlari.  Kabel o ‘tishi 
uchun loyihalanayotgan 
teshik  konturi.
5. Yo‘g‘on 
shtrix-punktir 
chiziq
Mustaqil prinsipial 
sxemaga ega bo‘lmagan 
qurilma shaklining 
konturlari.
93

3 - b o ‘lim.  M U TA X A SSISLIK K A   O ID  
C H IZM A L A R N I  B A JA R ISH
3.1.  Bosma  plata
B o sm a   p la t a la r n i  ta y y o r la s h   v a   q u r ilm a la r n i  y i g ‘ish 
chizmalari.
  Plata  —  bu  izolatsiyalangan  yupqa plastinka b o ‘lib, 
kichik  elektr toklarni  o‘tkazishga moslashtirilgan,  montaj  qilin­
gan  elementlar  —  rezistorlar,  kondensatorlar,  induktivlik  g‘al- 
taklari va boshqa  detallarni  o‘rnatish uchun  ishlab  chiqarilgan 
detaldir.  Platalarni  o ‘rganish jarayonida uchraydigan terminlarni 
qisqacha  quyidagicha  tushunish  mumkin:
1.  Bosma  o ‘tkazish  qismi  —  bu  izolatsiyalangan,  tok  o‘tka- 
zuvchi  va  montaj  simlari joylashgan  qism.
2. Bosma  montaj  —  sxema  elementlariga  asosan  elektrik 
simlarni  ulash.
3. Osma  elem entlar  —  hajm iga  qarab  elektroradio  ele- 
m entlarni  plataga  kavsharlash  yo‘li  bilan  o ‘rnatish  va  mah- 
kamlash.
4. Birlashtirish  maydoni  —  ulash  teshiklarining  metallash- 
tirilgan  qismi  b o ‘lib,  simlar  va  osma  elementlarni  ulash  joyi.
5. Ulash teshiklari  —  bu  teshiklar  osma  elementlar va  elektr 
simlarni  ulash  hamda  mahkamlashga  m o‘ljallangan joy.
6. Koordinatorlar  setkasi  —  bu plataga tasvirlar hosil  qilishni 
aniqlashga xizmat  qiladi.
7. K oordinatorlar  setka  qadami  —  bunda  koordinatorlar 
setkasi  va  boshqa  yaqin joylashgan  chiziqlar  orasidagi  masofa 
tushuniladi,  koordinatalar  setka  qadami  0,625  mm  (0,62;  1,25; 
1,875;  2,5  va  h.k.)  b o ‘ladi.
94

8. Koordinatalar  setka  uzeli  —  bu  koordinata  setkalarining 
kesishish  nuqtasi.  Bo‘sh  o‘rin  —  bosma  plata  maydoni  bilan 
simlar  yo‘g‘onligi,  simlar  orasidagi  b o ‘shliq.
9. Tor joy  —  bosma plata  maydoni,  simlar joylashgan  oraliq, 
simlar yo‘g‘onligi  ular  orasidagi  masofa va birlashtirish maydoni 
orasidagi  ruxsat  berilgan  eng  qisqa joy.
10.  Bosma blok  —  bu bosma plata bilan bosma  sxema,  osma 
elementlar va boshqa  detallar tayyorlanish bosqichlaridan  o‘tgan 
detallar joylashgan joy.  Bosma plataning  qalinligi  0,8;  1,0;  1,5; 
2;  2,5;  3,0  mm  b o ‘lishiga  ruxsat  etilgan.
Bosma  plataning  tomonlari  2,5  mm,  20  mm,  5  mm b o ‘lsa, 
uzunligi  350  mm,  100  mm  va  undan  yuqori,  eng  kattasi  410 
mm bo‘ladi.
Teshiklarning tasvirlanishi.
Bosma platalarda joylashgan teshiklar
Teshikning
diametri
0,6
0,8
1,0
1,3
1,5
1,8
2,0
5,0
Shartli belgisi

О
-Ф- -Ф-
-Ф-
95

Belgila-
nish
Diametr,
mm
Aloqa
maydonining
diametri
Soni
1,0+0’14
2,0  min
39
(
1,3+»’14
3,0  min
9
»
2 o+0’14
4,0  min
2

2,6+ом 
ф
 6,5+0-ш
ABDE.  XXXXXX.025
Plata
Lit
Og'irl. Massht.
O'lch. Varaq №   hut. Imzo Sana
2:1
Ishlandi
Проб.
T.nazorat
List
Listlar  1
Стеклотекстолит 
СФ-2-35-1,5 
ГОСТ  10316-78
№   nazorat.
Tasdia.

3.2.  Birikmalar  haqida  umumiy  ma’lumotlar
Ajraladigan  birikmalarni  ajratish  oson  b o ‘lgani  uchun  tex- 
nikada keng ko‘lamda ishlatiladi.  Ularga rezba yordamida binktirish 
(boltli,  shpilkali,  vintli,  trubali),  shtift,  shplint,  shponka  yor­
damida  biriktirish  detallari  kiradi.
Ajralmaydigan birikmalar  ajratish uchun  katta  kuch ta ’sirida 
sindirib  yoki  ularni  eritish  yo‘li bilan  ajratish  mumkin.  Bunday 
birikmalarga  parchin  mixli,  payvandlash,  kleylash,  shtamplash 
yo‘li  bilan  hosil  qilinadigan  birikmalar  kiradi.  Rezbali  birik- 
malarning  mahkamlash  detallari  va  rezbali  birikmalar  chizma- 
sini bajarishga  kirishishdan  avval  «Rezbalarni  tasvirlash»  ГОСТ 
2.311-68  ni  va  mahkamlovchi  buyumlar:  bolt,  gayka,  shpilka, 
vint  va  shaybalarning  standartlarini  o ‘rganish  kerak.
3.3.  Boltli  birikmani  chizish  tartibi
Boltlarning  kallaklari  olti  yoqli,  kvadrat va  yumaloq bo‘ladi. 
O ‘quv-yig‘ish  chizmalarida boltli birikmalarni  tasvirlash uchun 
vaqtni  tejash  maqsadida  bolt,  gayka  va  shaybalarni  TOCTdan 
olingan  o‘lchamlari bo‘yicha  emas,  balki bu  detallarning  shaklda 
keltirilgan  shartli  nisbatlari  b o ‘yicha  chizish  tavsiya  etiladi 
(57,  58-shakl).

58-shakl.
R=l,5  d;
rl
  —  yasashda  aniqlanadi; 
r2-d;
c =  a-0,15  d;
D r 2,2 d;
Ssh-0,15  d;
do-1,1  d;
d —  bolt  rezbasining  sirtqi  diametri; 
dj -  0,85  d;
lo  —  boltning  uzunligi;
lo-1,5  d;
H -  0,7  d;
H ~  0,6  d;
D =2
 d  —  bolt  va  gayka  uchun;

-
  1,7  d.
Buning  uchun  boltli  birikmaning  param etrlarini  aniqlash 
kerak:
1)  rezbaning  diametri  d1=0,85  d;
2)  bolt  kallagining  diametri  D=2  d;
3)  gayka  kallagining  balandligi  H=0,8  d;
4)  bolt  kallagining  balandligi  H=0,7  d;
5)  rezbaning  faskasi  S=0,1  d;
6)  gayka  va  bolt  kallagining  egrilik  radiusi  R=l,5  d;
7)  boltning  sterjen  qismi bilan  kallak  qismlarining birlashgan 
joyidagi  egrilik  radiusi  r  =  c  =  0,15  d;

8)  gayka  va  bolt  kallagi  yoqlarining  egrilik  radiusi  rx— 
yasashga  ko‘ra  aniqlanadi;
9)  gayka  va  bolt  kallagining  profil  proyeksiyasidagi  egrilik 
radiusi  r2=d;
10)  sterjen  bilan  qotiriluvchi  detallar  orasidagi  b o ‘shliq, 
zazor  A=l,l  d;
11)  boltning  gaykadan  chiqib  turadigan  uchining  uzunligi 
K=0,3  d;
12)  shaybaning  diametri  Dsh=2,2  d;
13)  shaybaning  qalinligi  S=0,15  d;
14)  bolt  rezbasining  uzunligi  L0=2d+6;
15)  bolt  uzunligi  L=m +n+S+H +K ,  bu  yerda  m  va  n  — 
biriktiriluvchi  detallar  qalinligi,  S—shayba  qalinligi,  H —gayka- 
ning  balandligi;  K—boltning  gaykadan  chiqib  turadigan  uchi­
ning  uzunligi.
14-jadval
Boltli birikmani  chizish  uchun variantlar
Variant
t/r
d
n
m
s
Variant
t/r
d
n
m
s
1
16
25
50
2
10
20
15
25
2,5
2
20
18
30
2,5
11
30
20
30
2,5
3
18
25
50
2
12
20
30
20
2,5
4
24
16
40
2,5
13
24
20
30
2,5
5
30
20
30
2,5
14
16
20
45
2
6
24
20
40
2,5
15
20
25
25
2,5
7
20
15
35
2,5
16
24
15
40
2,5
8
16
25
50
2
17
30
18
35
2,5
9
24
24
30
2,5
18
24
10
40
2,5
Boltli  birikmaga  doir  variantni  olishda  talabaning  guruh 
jurnalidagi  tartib  raqamiga  to ‘g‘ri  kelgan  variantni  bajaradi.
99

3.4.  Shpilkali  birikmani  chizish  tartibi
Shpilkali birikmadan  mashinasozlikda juda ham qalin bo‘lgan 
detallarni  mahkamlash uchun  foydalaniladi.  Shpilka  deb  ikkala 
uchiga rezba ochilgan sterjenlarga aytiladi.  Bolt yoki  shpilka burab 
kiritiladigan  rezbali  kovak  (chuqurlik) 
uya
  deyiladi.
Uya  parma bilan  teshiladi.  Keyin  metchik yordamida  rezba 
qirqiladi.  Uya tagidagi  konusning burchagi  shartli  ravishda  1200 
ga  teng  qilib  chiziladi,  uyaning  chuqurligi,  odatda,  1,5—2 
d
 ga 
teng  deb  qabul  qilinadi.
Shpilkali  birikm aning  param etrlari  boltli  birikm a  para- 
metrlari  bilan  bir  xil.
d]=0,85 d;
D=2 d;
H=0,8 d;
D,=2,2 d;
sh 

y
s=0,15 d;
A=  1,1 d;
l0=2d+2Pl;
R=  1,5 d;
Rj 
=d;
K=(3...4)P;
lj 
=d;
lj +2P;
L=1=0,5 d;
L=l+2P;
b=3 d.
59-shakl.
100

15-jadval
Shpilkali  birikmani  chizish  uchun  variantlar
Variant
t/r
d
n
m
s
Variant
t/r
d
n
m
s
1
16
45
55
2
16
30
35
20
2,5
2
20
28
50
2,5
17
24
24
55
2,5
3
30
30
70
2,5
18
20
20
40
2
4
20
20
56
2,5
19
20
25
45
2,5
5
24
24
70
2,5
20
30
26
50
2,5
6
30
35
80
2,5
21
24
22
50
2,5
7
20
25
50
2,5
22
16
22
40
2,5
8
16
22
48
2
23
20
24
40
2,5
9
20
38
50
2,5
24
30
30
50
2,5
10
20
25
50
2,5
25
20
25
45
2,5
11
30
25
70
2,5
26
24
22
50
2,5
12
24
28
75
2,5
27
30
26
60
2,5
13
24
25
45
2
28
16
20
40
2,5
14
20
26
50
2,5
29
20
20
40
2,5
15
30
30
70
2,5
30
30
25
60
2,5
3.5.  Vintlar  va  ularni  chizish  tartibi
Vintlar
  detallam i  biriktirish  uchun  qo‘llaniladi,  shuning­
dek,  stopor va  rostlaydigan  detallar  (o‘rnatish  vintlari)  sifatida 
foydalaniladi.
Vintlar,  aynan  shpilkalar  singari,  rezbali  teshikka  burab 
kirgiziladi,  lekin  bu  birikmada  gayka  b o ‘lmaydi.  Vintlar  kalit 
(klyuch)ga m o‘ljallangan  olti yoqli va kvadrat kallakli  otvyortkaga 
m o‘ljallangan,  kallagida  o ‘yig‘i  (shlitsasi)  b o ‘lgan  silindrik, 
yarim  yumaloq,  yashirin  kallakli  qilib  ishlanadi  (60-shakl).
101

Yumshoq  plastmassa  yoki  yog‘ochdan  ishlangan  detallarni 
mahkamlash uchun  yirik  qadamli  rezbali vintlar,  ya’ni  shurup- 
lar  ishlatiladi.
16-jadval
Yashirin kallakli vintlar uchun
Variant
t/r
d
D
H
r
B
h
s
L
Lo
1
6
12
3
-
1,6
1,5
0,1
30
22
2
8
16
4
1,1
2
2
0,1
35
22
3
10
20
5

2,5
2,5
1,6
40
26
4
12
22
5,5
1,6
3
2,5
1,6
45
30
5
16
28
7

4
3,5
2
50
50
6
20
36
9
2,2
4
4
2,5
55
38
60-shakl.
102

17-jadval
Silindrik kallakli  vintlar  uchun
Variant
t/r
d
D
H
B
h
r1
C
L
Lo
1
8
12,5
5
2
2,5
1,1
1,6
30
22
2
10
15
6
2,5
3,0
1,1
1,6
35
26
3
12
18
7
3
3,5
1,6
2,0
40
30
4
16
24
9
4
4
1,6
2,0
45
38
5
20
30
11
4
4,5
2,2
2,5
50
46
61-shakl.
18-jadval
Sferik kallakli vintlar uchun
Variant
t/r
d
D
H
B
h
r
r1
C
L
Lo
1
8
12,5
5,0
2
2,5
11,5
1,1
1,6
30
22
2
10
15
6,0
2,5
3,0
14
1,1
1,6
35
26
3
12
18
7,0
3
3,5
19
1,6
2,0
40
30
4
16
24
9,0
4,0
4,0
26
1,6
2,0
45
38
5
20
30
11,0
4,0
4,5
28
2,2
2,5
55
46
103

3.6.  Ajralmaydigan  birikmalar
Texnikada ishlatiladigan  ajralmaydigan birikmalarga payvand, 
parchin  mixli  birikma,  kavsharlash,  presslash  va  kleylash  yo‘li 
bilan  hosil  qilingan  birikmalar  kiradi.  Ushbu  birikm alardan 
payvand  va  parchin  mixli  birikmalar  ko‘p  ishlatiladi.
P a yvan d  birikmalar.
  Detallarni  erish  haroratigacha  eritib 
hosil  qilingan  birikmalar 
payvandlash
  deb  ataladi.
Detallarning  birikish joyida  elektr  yoyi  yoki  gaz  alangasida 
suyuqlanib  qotgan metall payvand  chok hosil  qiladi.  Detallarning 
payvand birikmalari  quyidagi  ikki  usulda  suyuqlantirib  payvand- 
lashga bo‘linadi:  elektr yoyi  (elektr  shlak),  gaz  yordamida  (gazli 
elektrik  elektronlar  nuri va termit  usulida).  Bulardan elektr yoyi 
bilan  payvandlash  usuli  eng  ko‘p  qo‘llaniladi  (62-shakl).
Payvandlanuvchi  detallarning  o ‘zaro  vaziyatiga  qarab, 
payvand  birikmalar  to ‘rt  xil  bo‘ladi  (63-shakl):
1.  U chm a-uch  (63-shakl,  d);
2.  Burchaklik  (63-shakl,  b);
3.  Tavrsimon  (63-shakl,  a);
4.  Ustma-ust  (63-shakl,  e).
62-shakl.
104

Bunday  birikmalar  turli  choklar  bilan  bajarilishi  mumkin. 
Bu  choklarning  harfiy  son belgilari bo‘ladi.  Bu belgilar  quyidagi 
jadvalda keltirilgan:
Payvand birikma turi
Belgilanishi
Uchma-uch  (стыковое  —  С)
С1,  CZ,  С9,  С10
Burchaklik (угловое  — У)
У1,  У2,  y Z ,  У6,  У8,  У10
Tavrisimon (тавровое  —  T)
T1,  T2,  T6,  T7,  T9,  T10
Ustma-ust (внаxлесткy —  H)
H1,  H2,  HZ
Payvand  choklar  uzunligiga  qarab  uzluksiz,  uzlukli  va 
nuqtaviy,  tashqi  shakliga  qarab  esa qavariq,  tekis va botiq bo‘ladi. 
Payvand  choklar  bir  yoqlama  va  ikki  yoqlama  qilib  bajariladi. 
Payvandlashga  tayyorlangan  detallarning  birikish  joylari  «V» 
(63-shakl, 
d)
  shaklida yoki  «X»  (63-shakl,  e)  shaklida  kertilgan 
yoxud  mutlaqo  kertilmagan  b o ‘lishi  mumkin  (64-shakl).
105

64-shakl.
3.7.  Yig‘ish  chizmalari
Mashina,  asbob,  stanok  va  boshqa  buyumlarni  ishlab  chi­
qarish  u ch u n   k o n struktorlik  hujjatlari  tuziladi,  bu  hujjat 
buyum  va  uni  tashkil  qiluvchi  qismlarini  tayyorlash,  qabul 
qilish,  ishga  tushirish va  ta ’mirlash  hamda  uning  tarkibiy  qismi 
uchun  zarur b o ‘ladigan barcha  m a’lumotlarni  o ‘z  ichiga  olgan 
b o ‘lishi  lozim.
Konstruktorlik  hujjati  loyiha  va  ish  hujjatlariga  b o ‘linadi. 
Loyiha  hujjatlariga  texnikaviy  loyihalar  kiradi,  bu  hujjatlar 
konstruktorlik  hujjati  ishlab  chiqarish  boshlang‘ich  bosqichi- 
ning  natijasidir.
Loyiha  hujjati  tarkibiga  buyumning  konstruktiv  tuzilishini, 
uning  tarkibiy  qismlarining  o ‘zaro  ta ’siri  va buyumning  ishlash 
p rin sip in i  tu sh u n tiru v ch i  (izohlovchi)  um um iy  k o ‘rinish 
chizmalari,  loyihaning  tushuntirish  yozuvi  va  boshqa  hujjatlari 
kiradi.
106

Yig‘ish  chizmalari  quyidagilardan  iborat:
1)  yig‘uv  birligining  tasviri  —  bu  tasvir  ushbu  chizm a 
b o ‘yicha  biriktiriladigan  tashkiliy  qismlarning  joylashishi  va 
o ‘zaro  bog‘lanishi  to ‘g‘risida  m a’lumot  beradi;
2)  yig‘uv  birligini  yig‘ish  va  nazorat  qilish  imkoniyatlarini 
ta ’minlovchi  ko‘rsatmalar;
3)  o ‘lcham lar,  chekli  chetga  chiqishlar  va  shu  yig‘ish 
chizmasi bo‘yicha bajarilishi yoki  nazorat  qilinishi  kerak bo‘lgan 
boshqa  parametrlar va  talablar;
4)  detallarni  biriktirish  xarakteri  va  usuli  to ‘g‘risidagi  ko‘r- 
satmalar;
5)  buyum  tarkibiga  kiruvchi  tashkiliy  qismlarning  pozitsiya 
raqamlari;
6)  buyumning  asosiy  xarakteristikalari;
7)  gabarit,  o ‘rnatish,  ulanish,  shuningdek,  kerakli  spravka 
o ‘lchamlar.
Buyumlarning  yig‘ish  chizmalarida,  shuningdek,  quyidagilar 
beriladi:  muhim   birikm alarda  o ‘tkazishning  shartli  belgilari; 
vallarning  aylanma  harakati  yo‘nalishini  ko‘rsatuvchi  strelkalar; 
modul  m;  tishlar  soni  Z;  g‘ildirak  tishlar  yo‘nalishi;  chegara- 
dosh  buyum larning  («обстан овка»)  o ‘zaro  jo y lash ish in i 
aniqlovchi  asosiy  o‘lchamlari bilan berilgan tasviri va boshqalar.
Shunday  qilib,  ushbu  holda  yig‘ish  chizmasi  buyumning 
yetarlicha  to ‘la  tasviridir,  chunki  yig‘ish  chizmasi  b o ‘yicha 
buyumni  yig‘ibgina  qolmay,  balki  detallarning  ish  chizmalarini 
ham  bajaradilar.
Yig‘ish  chizmasi  (umumiy  ko‘rinish  chizmasi)  b o ‘yicha  3— 
4  detalning  ish  chizmasi  tuzilsin  va  ulardan  birining  aksono- 
metriyasi  yasalsin.  Topshiriqning  yig‘ish  chizmasi  ko‘chirib 
chiziladi.  Detallarning  chizmasini bajarishga  kirishishdan  avval 
yig‘ish  birligi  chizmasini  diqqat  bilan  o‘rganish  lozim.
107

Yig‘ish  chizmasini  o ‘qish  —  yig‘ish  birligining  tuzilishi, 
uning  detallarning  qaysi  materiallardan  tayyorlanganligini  bilib 
olish  va  ularning  shakllari  ham da  o ‘lchamlarini  aniqlashdan 
iborat.
Yig‘ish  chizmasida  yig‘ishda  nazorat  qilinadigan  barcha 
o ‘lchamlari  chetga  chiqishi bilan beriladi,  shuningdek,  detallar 
to ‘g‘risida  qisqacha  m a’lumot b o ‘ladi  (nomi,  soni,  materiali va 
h.k.).
Spetsifikatsiyada barcha  detallarning  nomlari texnikada  qabul 
qilingan  terminologiyaga  mos  keladi.  Uzeldagi  yonm a-yon 
detallarning  qirqim va  kesimlari  turli  yo‘nalishda  shtrixlangan. 
Agar  yonma-yon  detallarning  soni  ikkitadan  ortiq  b o ‘lsa,  zich 
yoki  siyrak qilib  shtrixlashdan foydalaniladi.  Bitta detalning  o‘zini 
turli  qirqimlarda  shtrix  chiziqlari  orasini va yo‘nalishini bir xilda 
qilib  shtrixlanadi.
Asosiy  ko‘rinishlarda  k o ‘rsatish  iloji  b o ‘lgan  birikm alar 
qo‘shimcha ko‘rinishlar va  qirqimlar vositasida ko‘rsatiladi.  Ba’zi 
bir  birikm alarda  birikm aning  ichki  tuzilishini  yoki  ayrim 
detallarning  shaklini  aniqlash  uchun  ajratib  ko‘rsatiladi.
Yig‘ish birligining  barcha takrorlanmaydigan  detallari  chiz­
mada pozitsiyalarning  tartib  raqamlari bilan  ko‘rsatiladi.  Detal- 
ning  raqami bir uchi  nuqta bilan tugaydigan va ikkinchi uchida 
nuqtasi b o ‘lgan  chiqarish  chizig‘iga  qo‘yiladi.
Pozitsiya  raqam lari  chizmaning  asosiy  yozuviga  parallel 
joylashtiriladi  va  bir  qator  yoki  ustun  qilib,  chizm aning  b ar­
cha  m aydonida  u  b o ‘yicha  yoki  soat  mili  qarshi  qilib  guruh- 
lanadi.
O ‘quv  chizmalari  uchun  spetsifikatsiyani  chizmaning  asosiy 
yozuvi  ustiga  joylashtirishga  ruxsat  etiladi.  U nda  detallarning 
raqamlari  (yuqoridan pastga),  ularning  nomi va  soni,  shuning- 
dek,  qanday  materialdan  tayyorlanganligi  ko‘rsatiladi.
Yig‘ish  birligining  harakatlanuvchi  qism lari  ikki  chetki 
vaziyatida tasvirlanadi va birinchi vaziyatda  asosiy tutash  chiziq
108

bilan,  ikkinchi  vaziyatda  ingichka  shtrix-punktir  chiziq  bilan 
ustidan  yurgizib  chiqiladi.
B unda  h arak atlan u v ch i  qism ning  yurish  yoki  chiqish 
o ‘lcham lari  qo‘yiladi.  M axoviklar,  dastalar  va  boshqa  olina- 
digan  detallar,  odatda,  faqat  bosh  k o ‘rinishda  tasvirlanadi, 
ularning  ikkinchi  proyeksiyalari  chizm aning  ochiq  m aydo- 
niga  chiziladi.
Yig‘ish  chizmalarida  boltlar,  shpilkalar  va  gaykalar  sodda- 
lashtirib  tasvirlanadi  (O ‘zDSt  2.315-98).  Mahkamlash  detal- 
larining  soni  ko‘p  b o ‘lganda,  odatda,  bu  detallarning  bitta 
komplekti tasvirlanadi,  qolganlarini  shartli  ravishda  olib  tashlan- 
gan  deb  hisoblanadi.
Detallarning  ish  chizmalari  22  formatdagi  listda  1:1,  1:2 
yoki  2:1  masshtabda  bajariladi.  H ar  qaysi  detal  mashinasozlik 
ish chizmalarida chizmaning  alohida formatchasiga joylashtiriladi 
va  asosiy  yozuv  bilan  taxt  qilinadi.
Detallarning  nomi,  soni va material  spetsifikatsiyadan  aniq- 
lanadi.  Detalning  tasviri yig‘ish birligining  ko‘rinishiga  qo‘yilgan 
raqamlari bilan topiladi va proyeksion bog‘lanish hamda  shtrix- 
lash yo‘nalishidan foydalanib,  detalning boshqa ko‘rinishlaridagi 
tasviri  qidiriladi.  Keyin  detalning  vazifasi  va  uning  boshqa 
detallar  bilan  biriktirilish  usuli  aniqlanadi.
Chizmani  bajarishda,  yig‘ish  chizmasidagi  detal  ko‘rinish- 
larining  joylashishi  xuddi  shu  detalning  ish  chizm asidagi 
ko‘rinishlariga  hamma vaqt  ham  mos  kelmasligini  hisobga  olish 
kerak.  M asalan,  barcha  tokarlik  buyum lari  (o ‘qlar,  vallar, 
shtoklar va boshq.)  yig‘ish birligida tik vaziyatda joylashgan bo‘li- 
shi  mumkin,  vaholanki,  ular  ish  chizmalarida,  odatda,  gori­
zontal joylashtiriladi  (bu  hol  ishlash jarayonida ularning  stanok- 
dagi vaziyatiga mos keladi).  Yig‘ish chizmasini  detallarga ajratishni 
yig‘ish  birligining  eng  ko‘p  detal  bilan  tutashadigan  detaldan 
boshlash  kerak.  K o‘pincha podshipnik,  ventil va boshqalarning 
korpusi  shunday  detal  hisoblanadi.
109

Detallarning  chizish  uchun  zarur  b o ‘ladigan  o ‘lchamlari 
yig‘ish  chizm asining  m asshtabini  hisobga  olish  yo‘li  bilan 
olinadi.
D etallarning  ish  chizm asida  o ‘lcham lari  kasrsiz  m illi- 
m etrda  q o ‘yiladi.  O ‘lcham lar  o ‘lchash  bazalariga  nisbatan 
m o‘ljallanishi  lozim.  Bu  ishlab  chiqarish  talablari  bilan bog‘- 
liq,  o ‘lcham  bazasi  sifatida  ishlangan  tayanch  yoki  ko‘ndalang 
sirtlar  detal  bosh  elem entlarining  simmetriya  o ‘qlari  va  shu 
kabilar  qabul  qilinadi.
Yig‘ish  chizmasini  o‘qish  va  detallarga  ajratish  ventil  miso- 
lida  shaklda  k o ‘rsatilgan  detallarning  1,  4  va  8  detallari  be- 
rilgan.
Ventilning  frontal  qirqilishi  detallarning  biriktirilishi  usullari 
haqida to ‘la tasavvur beradi.
Yuqoridan  ko‘rinishi  ventil  korpusining  shaklini  va  boltlar 
uchun  teshiklarning  joylashuvini  aniqlash  uchun  zarur.
Chap  ko‘rinish  qirqim bilan birgalikda  detallarning  ichki va 
tashqi  shakllari  haqida  tasavvurni  boyitadi.
A
  ko‘rinishini  ko‘rib  chiqish  natijasida  maxovikning  shakli 
haqida  tasavvur  hosil  b o ‘ladi.
Detallarning  ish  chizmalari bajarishda  ko‘rinishlari yoki  qir- 
qim lar  soni  ular  shakllarining  murakkabligiga  qarab  qabul 
qilinadi.  Masalan,  korpusning  shakli  uchta  tasvir  bilan  aniq­
lanadi.  Bu  holda u yetarli  darajada to ‘la harakatlanadi.
4-detalning  shaklini  aniqlash  uchun  2  ta  tasvir bilan  chek- 
lanish  mumkin.  8-detalning  shakli  1  ta proyeksiya  chetga  chi- 
qarib  chizilgan  kesim  va  diam etrlarining  o ‘lcham lari  bilan 
aniqlanadi.
Yig‘ish  chizm asini  bajarish  nam unasi  65-66-shakllarda 
ko‘rsatilgan.
Bu  yerda  yig‘ish  chizmasini  detallarga  ajratish  ishchi  chiz­
malari tasvirlangan.  67-shaklda klapan pistoletni  detallarga ajratib 
ularning  yaqqol tasvirlari  ko‘rsatilgan.
110

Yig‘ish  chizmasini  bajarish  namunasi
65-shakl.
1 i £
Belgisi
Nomi
I
Eslat-
m a
Delailur
7
Korpus SCH15-32
 
~* 
Klapcin ugasi
T
?
4
Klupan Hr. OSS 3-12-5 
'
II
__
“'5
( Ш т Ж Щ П ^ г 
1 Idea St . 3
T
7
yiulkaSl
. 2

Ushlalma fiavka St..  3

0
Shpindel St. 2
f

Download 136 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling