Elektronik sxemalar


Download 136 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana18.08.2017
Hajmi136 Kb.
#13735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
FlM
  — 
F2M
 = 
A
1
A
2
  =  2a.
Giperbolaning  ikkita  asimptotasi  b o ‘lib,  ular  markazdan 
uzoqlashgan  sari  giperbola  egri  chizig‘iga  yaqinlashib  boradi. 
Konus  uning  ikkita  yasovchisiga  parallel  b o ‘lgan  tekislik  bilan 
kesilsa,  kesimda giperbola  egri  chizig‘i  hosil b o ‘ladi.  Giperbola 
konus  egri 
chiziqlaridan  bittasi  b o ‘lib,  uning  tenglam asi 
quyidagicha yoziladi:
Gipotsikloida
  (yunoncha 
hupo
  —  tagida  va 
kykloeides
  — 
aylanasim on)  — 
r
  radiusli  aylanadagi  b iro r  nuqtaning 
R 
radiusli  kattaroq  aylanada  sirpanmasdan yumalab  harakat  qilishi 
natijasida hosil bo‘ladigan tekis  egri  chiziq.  Bitta sikl gipotsikloida 
yasashda hosil  qiluvchi  aylananing  yo‘naltiruvchi  aylana bo‘ylab 
bir marta to ‘liq  aylanib  chiqishiga mos  kelgan markaziy burchak 
formula bilan topiladi.  Gipotsikloida egri chizig‘i  silindrik,  konusli 
va  vintsimon  tishli  g‘ildiraklarning  tish  profilini  hosil  qilishda 
qo‘llaniladi.
Gorizont
 —  (yunoncha 
horizon
  —  ajratuvchi,  chegaralovchi).
1.  O chiq  joyda  osm on  gumbazi  bilan  yer  sirti  izga  go‘yo 
tutashgandek bo‘lib  ko‘rinadigan  chiziq.  2.  Kuzatuvchining  ko‘zi 
orqali  o‘tgan  va  shovunga  perpendikular  b o ‘lgan  tekislik.
Gorizontal  proyeksiyalar
  —  buyumning  gorizontal  proyek- 
siyalar tekisligiga tushirilgan proyeksiyalari.  Gorizontal  proyek- 
siya  yuqoridan  va  ostdan  qarab  tushirilishi  mumkin.
Gorizontal  tekislik
  —  gorizont  tekisligiga  parallel  b o ‘lgan 
tekislik.
Gorizontal  chiziq
  —  gorizontga parellel bo‘lgan to ‘g‘ri  chiziq. 
Gorizontal  chiziqdagi  kesmaning  gorizontal proyeksiyasi  uning
153

haqiqiy  uzunligiga  teng,  frontal  proyeksiyasi  esa 
O X
  o ‘qiga 
parallel b o ‘ladi.
Gorizont  ch izig‘i
  —  1.  Osm on  gum bazi  bilan  yer  sirti 
kesishganga  o‘xshab  ko‘ringan  chiziq.
2. 
Kuzatish  nuqtasidan  o ‘tgan gorizontal tekislikning  kartina 
tekisligi bilan  kesishgan joyidagi  chiziq.
Gotovalnya
 
—  maxsus  qutichaga  joylashgan  chizmachilik 
asboblari  to ‘plami.  Vazifasi  va  ichidagi  asboblar  soniga  qarab 
gotovalnyalarning  quyidagi  turlari  bor:  U9,  U10,  U14,  U15, 
U23,  U30.  Bular universal gotovalnyalardir.  Bulardan  tashqari, 
maxsus  konstruktorlik  gotovalnyalari  ham   mavjud,  ular  KB  va 
KM  harflari  bilan  markalangan.
Gradus
  (lotincha 
gradus
  —  daraja,  pog‘ona,  o ‘lchov)  —
1.  Burchak  yoki  yoy  kattaligining  o ‘lchov  birligi,  daraja.  Bir 
daraja  aylananing  360  dan bir  qismini  qamrab  olgan  ikki  radius 
o ‘rtasidagi  markaziy burchakka teng.  2.  Harorat  o ‘lchov birligi: 
selsiy b o ‘yicha bir gradus  suvning  qaynash  darajasining  yuzdan 
bir b o ‘lagiga  teng.
G ra ft
  (grekcha 
grapho
  —  yozaman)  —  sof  uglerodning 
kristall  holidagi bir turi,  to ‘q kulrang  mineral.  Grafit texnikada 
tigel  pechlar  qurishda,  surkov  materiali  sifatida,  shuningdek, 
qalam yasashda ishlatiladi.
Izometriya
  —  aksonometriya turlaridan bin.  Izometriya to ‘g‘ri 
burchakli  va  qiyshiq  burchakli  turlarga  b o ‘linadi.  T o ‘g ‘ri 
burchakli  izometriyada  aksonometrik  (X, 
Y
 va 
Z)
  o‘qlarning 
u c h a la si  b o ‘y ich a  h am   o ‘zg arish   k o e ffitsiy e n ti  b ir  xil: 
k=m =n=0,82  b o ‘lib,  aksonometrik  o ‘qlar  orasidagi  burchak 
120°  ga teng bo‘ladi.  Lekin  amalda  o‘zgarish koeffitsiyentlaridan 
foydalanish  noqulay  b o ‘lganligi  uchun,  rO C T   2.317-69  bilan 
belgilangan  standart izometrik proyeksiyadan foydalaniladi.  Unda 
aksonom etrik  o ‘qlar  b o ‘yicha  buyum ning  o ‘lcham lari  o ‘z 
kattaligida  olinadi.  Buyumning  bu  usul  bilan  hosil  qilingan 
izometrik tasviri uning  asliga  nisbatan  1,22  marta katta b o ‘ladi.
Ikki  yoqli  burchak
  —  ikki  tekislikning  o‘zaro  kesishuvidan 
hosil  b o ‘lgan  fazoviy  burchak.
I n je n e r lik   g r a fik a s i
  (y u n o n ch a 
g ra p h ik e
  —  rassom lik 
san ’ati)  —  muhandislik  praktikasida  grafik  ishlarni  bajarish
154

uchun  zarur  fanlar  (chizma  geometriya,  perspektiva  nazariyasi, 
texnikaviy  chizmachilik,  arxitektura,  rassomlik  va  sh.k.)  maj- 
muyi.
Ish  chizmasi
  —  detalning  chizmachilik  asboblari yordamida, 
berilgan masshtabda,  ortogonal proyeksiyalarda  chizilgan tasviri.
Jadval
  —  ustunlar,  qatorlar,  grafalar  b o ‘yicha  m a ’lum 
tartibda joylashtirilgan raqamlar,  yozuvlar,  belgilar va  sh.k.  maj- 
muyi.  Masalan,  ko‘paytirish jadvali,  logarifmlar jadvali  va  h.k.
Joy  k o ‘rinishi
  —  buyumning  bir  qismini  proyeksion  bog‘la- 
nishdan  tashqari,  alohida  chiqarib  ko‘rsatilgan  tasviri.  Bunday 
tasvirda buyum qismining  shakli  asl ko‘rinishda aks  etadigan  qilib 
m a’lum  yo‘nalishda  boshqa  bir  tekislikka  proyeksiyalanadi. 
Buning  uchun  buyum  qismi  unga  perpendikular  yo‘nalishdagi 
tekislikka proyeksiyalanadi.  Joy ko‘rinishi  chizmada strelka va «A» 
ko‘rinish,  «B»  ko‘rinish  kabi  yozuv  bilan  ko‘rsatiladi.  Bunday 
yozuv  «A»  harfi  bilan  belgilangan  yo‘nalish  b o ‘yicha  qara- 
gandagi  ko‘rinish  demakdir.
Joy  qirqimi
  —  buyum  qismining  alohida  chizib  ko‘rsatilgan 
qirqimi.  Bunday  qirqim  chizmada  detalning  rO C T   2.305-68 
tavsiya  etgan  qirqim larini  asosiy  ko‘rinishlarda  ko‘rsatishga 
zaruriyat yoki  imkoniyat bo‘lmagan  hollarda bajariladi.  Buning 
uchun kesuvchi tekislik  detalning  simmetriya yoki  markaziy  o‘qi 
orqali  o‘tkaziladi va  qirqimda  ko‘rsatilishi  kerak bo‘lgan joydan 
ikki  yoki  bir  tom onga  ozgina  o ‘tkaziladi.  Bunday  qirqimda 
detalning  old  qismi  olib  tashlangan  deb  faraz  qilinadi.  Olib 
tashlangan  qism  chegarasi  egri  tutash  chiziq  bilan  ko‘rsatiladi.
Zadvijka
  —  truboprovodlardan  o‘tayotgan  suyuqlik,  gaz yoki 
bug‘  m iqdorini  o ‘zgartirib  turish  yoki  butunlay  to ‘xtatish 
uchun xizmat  qiladigan  qurilmalarning bir turi.  Unda  suyuqlik, 
bug‘,  gaz  o‘tadigan teshik pona shaklidagi moslama bilan ochilib- 
yopilib  turiladi.
Zanjir
  —  mashina  va  agregatlar  uzatuvchi  mexanizmining 
ish  organlaridan  biri.  Zanjirlar  tuzilishi  jihatidan  xilma-xil 
b o ‘ladi.  Halqalar va  sharnirlar tizmasidan tuzilgan  zanjirlar  eng 
ko‘p  ishlatiladi.
Z a zor
  —  bir-biriga  o ‘rnatilgan  yoki  yondosh  ikki  detal 
orasida  qoldiriladigan  oraliq.  Zazor bir  detalning  ikkinchi  detal
155

teshigiga bemalol  kirishi va boshqa  shunga  o ‘xshash  maqsadlar 
uchun  qoldiriladi.  Masalan,  bolt bilan biriktiriluvchi  detallardagi 
teshik  diametri bolt  diametridan biroz  katta b o ‘ladi.
Zubilo
  —  chilangarlik  ishida  metall  qirqish uchun  ishlatila­
digan,  bir  uchi  tig‘li,  ikkinchi  uchi  muhrali  asbob.
K alka
  (fransuzcha 
calque)
  —  chizmalardan  nusxa  ko‘chi- 
rishda  ishlatiladigan  shaffof qog‘oz  yoki  mato.
K arner
  (nemischa 
korber)
  —  uchi  konussimon  qilib  o ‘tkir- 
langan  sterjen  shaklidagi  chilangarlik  asbobi.
K a tet
  (yunoncha 
kathetos
  —  shovun)  —  to ‘g‘ri  burchakli 
uchburchaklikning  to ‘g‘ri burchagi uchidan  o‘tuvchi tomonlari.
Kesim
  —  detalning  tekislik bilan  kesilishidan  hosil b o ‘lgan 
tekis  shakl.
Kesim  chizig‘i
  —  chizmalarda kesim yoki  qirqimni  hosil  qilish 
uchun  foydalanilgan  kesuvchi  tekislik  vaziyatini  ko‘rsatuvchi 
chiziq.
Kesish  ch izig ‘i
  —  bir  necha  o ‘qdosh  aylanish  sirtlarining 
o ‘zaro  kesishuvidan  hosil  b o ‘lgan  chiziqlar.
Keskich
  —  metall  kesish  o‘rnatmalari  (tokarlik va  randalash 
stanoklari)da  detallarni  kesib  ishlov  beradigan  asbob.
K esm a
  —  ikki tomondan  chegaralangan to ‘g‘ri  chiziq bo‘lagi.
Kesuvchi  tekislik
  —  chizmalarda  qirqimlar  yoki  kesimlar 
hosil  qilish  uchun  foydalanilgan  yordamchi  tekislik.
Klapan
  (nem ischa 
klappe)
  —  havo,  gaz,  suyuqlik  yo‘lini 
ochib-yopib  turuvchi  qurilmalarning  detallaridan  biri.
Kom lpeks  chizma
  —  buyum  yoki  detalning  bir  tekislikka 
joylashtirilgan,  o‘zaro  ko‘p proyeksion bog‘lanishda bo‘lgan ikkita, 
uchta  yoki  undan  ko‘p  ortogonal  proyeksiyalari.
K onstruktor
  —  m ashina,  mexanizm,  binolar,  inshootlar 
loyihasini  tuzuvchi  muhandis.
K on stru k siya
  (lo tin ch a 
constructio
  —  tuzilish)  —  plan 
qismlarining  o‘zaro  joylashishi,  inshoot,  mashina  va  sh.k.ning 
tuzilishi.
Kontur
  (fransuzcha 
contour
  —  narsaning  qiyofasi)  —  nar- 
salarning  tashqi  qiyofasini  aks  ettiruvchi  chiziqlar  yordamida 
tasvirlangan  ko‘rinishi.
156

Konus
  (lotincha 
conus,
  yunoncha 
konos)
  —  konusaviy  sirt 
va  uni  yopiq  egri  chiziq  b o ‘yicha  kesib  o‘tgan  tekislik  bilan 
chegaralangan geometrik jism.
Konusaviy  sirt
  —  bir  uchi  doimiy  qo‘zg‘almas  nuqta  orqali 
o‘tgan to ‘g‘ri  chiziqning  qo‘zg‘almas  egri  chiziqqa tegib  harakat 
qilishi  natijasida  hosil b o ‘ladigan  sirt.
Konus  kesimi
  —  to ‘g‘ri  doiraviy  konus  sirtini  tekislik  bilan 
kesish  natijasida  hosil  b o ‘lgan  chiziq.
Konuslik
  —  konus  diametrining  konus  balandligiga  nisbati.
Konsentrik  aylanalar
 —  bitta  markazdan turli  radiuslar bilan 
chizilgan  aylanalar.
Koordinata
  (lotincha 
col
 (n)  —  birga va 
ordinatus
  —  tartibga 
solingan)  —  nuqta  vaziyatini  qandaydir  sistemada  aniqlovchi 
sonlar.
K o o rd in a ta   o ‘q la ri
  —  nuqtaning  tekislikdagi  vaziyatini 
aniqlash  uchun  tekislikdagi  ikkita  kesishuvchi  o‘qlardan,  fazo- 
dagi  vaziyatni  aniqlash  uchun  esa  uchta  kesishuvchi  o‘qlardan 
foydalaniladi.
K oordin atalar  boshi
  —  koordinata  o ‘qlarining  kesishgan 
nuqtasi.
Kran
  (nemischa 
kran)
  —  yuk  ko‘tarish-tashish  mashinasi.
K roki
  (fransuzcha 
croquis
  —  xomaki  ishlangan  rasm)  — 
chizmachilik  asboblaridan  foydalanmasdan  qo‘lda  chamalab 
chizilgan  chizma  —  eskiz.
Kronsirkul
  —  ikkita  egilgan  oyoqchalari  bir-biriga  sharnir 
yordamida  birlashtirilgan  o ‘lchagich  asbob.
Kronshteyn
  —  vertikal  devorga yoki  ustunga  o ‘rnatiladigan 
konsol  shaklidagi  tayanch  detal.
Kub
  (yunoncha 
kybos)
  —  oltita  o‘zaro  teng  kvadrat  bilan 
chegaralangan  muntazam  olti  yoqli  geometrik jism.
Kvadrant
 (lotincha 
quadrans
  —  to ‘rtdan bir  qism)  —  doirada 
90°  li  markaziy burchak  bilan  chegaralangan  sektor  (doiraning 
to ‘rtdan  bir  qismi)  yoki  o ‘zaro  perpendikular  tekisliklarning 
o ‘zaro  kesishuvidan  hosil  b o ‘lgan  fazo  b o ‘laklari.
K va d ra t
  (lotincha 
quadrates
  —  to ‘rtburchaklik)  —  to ‘rt 
tom oni  o‘zaro  teng,  qarama-qarshi  tomonlari  parallel  b o ‘lgan 
to ‘g‘ri  burchakli  to ‘rtburchaklik.
157

K o ‘pburchaklik
  —  yopiq  siniq  chiziq  bilan  chegaralangan 
shakl.
K o ‘pyoqlik
  —  hamma tom onidan tekis  ko‘pburchaklik bilan 
chegaralangan  geometrik jism.
Ko ‘rinishlar
  —  buyum  sirtining  kuzatuvchiga  ko‘rinib  tur- 
gan  qismi  tasviri.
Ko ‘rinishlik  sharti
  —  chizma  geometriya  va  chizmachilikda 
tasvirlanayotgan  jism  sirtlari  shaffof  emas  deb  hisoblanadi.
Lekalo
  —  sirkul  bilan  chizib  b o ‘lmaydigan  egri  chiziqlarni 
chizish  uchun  ishlatiladigan  maxsus  chizg‘ich.
Lekaloli  egri  chiziqlar
  —  hamma  nuqtalarini  sirkul  yorda­
mida  birlashtirib  b o ‘lmaydigan,  lekalo  yordamida  chiziladigan 
egri  chiziqlar.
M aket
  (fransuzcha 
maquette)
  —  buyum,  mashina,  mexa- 
nizm,  bino,  inshoot va  sh.k.  obyektlarning  kichraytirib  yasalgan 
nusxasi.
M arkaz
 —  turli  shakllarning boshqa nuqtalariga nisbatan  o‘rta 
o ‘rinda joylashgan  nuqtasi.
M a rk a ziy  proyek siya la sh
  —  proyeksiyalash  markazi  deb 
ataluvchi  bitta  nuqtadan  tekislikka  proyeksiyalash.
M arkaz  chiziqlari
  —  aylana  yoki  boshqa  yopiq  egri  chiziq.
M asofa  nuqtalari
  —  chiziqli  perspektivada  qarash  nuqta­
sidan kartina tekisligiga tomon 45° burchak ostida yo‘nalgan  (ikki 
tomonga)  to ‘g‘ri  chiziqlarning  kartina tekisligi  bilan uchrashish 
nuqtalari.
M asshtab
  (nemischa 
mas
  —  o‘lcham, 
stab
  —  planka)  — 
chizmadagi,  plandagi,  kartadagi,  globusdagi  chiziqlar  uzunli- 
gining  asl  uzunligiga  nisbati.
Masshtab  lineyka
  —  chetida  har  xil  uzunlik  o‘lchov  birlik- 
larining  b o ‘linmalari.
M axovik
  —  aylanma  harakat  qiluvchi  salmoqli  g‘ildirak.
Maxsus  q o ‘yilgan  to ‘g ‘ri  chiziqlar
  —  proyeksiyalar  tekislik- 
laridan  biriga  perpendikular  yoki  parallel  b o ‘lgan  to ‘g‘ri  chi- 
ziqlar.
Mashina
  (fransuzcha 
machine,
  lotincha 
machine)
  —  energiya 
ishlab  chiqaradigan  yoki  energiyani  foydali  ishga  aylantirib 
beradigan  qurilma.
158

Mashinasozlik chizmachiligi
 —  chizmachilik kursining mashina- 
sozlik  sanoatiga  oid  ishlab  chiqarish  chizmalarini  chizish va taxt 
qilish  qoidalari  va  shunday  chizm alarni  bajarish  usullarini 
o ‘rgatadigan  b o ‘limi.
M ediana
  (lotincha 
m ediana
  —  o ‘rtasi)  —  uchburchaklik 
uchini uning  qarshisidagi tomoni  o‘rtasidagi  nuqta bilan birlash- 
tiruvchi  to ‘g‘ri  chiziq  kesmasi.
Meridian
  (lotincha 
meridianus
)  —  aylanish  sirtining  ayla- 
nish  o‘qi  orqali  o ‘tgan  tekislik bilan  kesishish  chizig‘i  shu  sirt- 
ning  meridiani  deyiladi.
M etod
  (yunoncha 
methodos
  —  tadqiqot  yo‘llari,  usuli)  — 
tor m a’noda biror masalani  hal  qilish,  biror ishni bajarish  usuli.
M etodika
  (yunoncha 
methodike)
  —  pedagogika  fanining  bir 
sohasi  b o ‘lgan  didaktikaning  bir  qismi  —  o‘quv  predmetlarini 
o‘qitish  qoida va  metodlarini  o‘rgatadi.
M etodist
  —  m a’lum  bir  o ‘quv  fanini  o ‘qitish  metodikasi 
b o ‘yicha  mutaxassis.
M etr
  (fransuzcha 
metre,
  yunoncha 
metron
  —  uzunlik  o ‘l- 
chovi)  —  dastlab  metr  uchun  ekvatordan  shimoliy  qutbgacha 
b o ‘lgan  masofaning  o ‘n  m illiondan  bir  qismi  (10-7)  qabul 
qilingan.  Hozir esa kripton  —  86  atomining  2 p10 va  5d5  energetik 
sathiga mos  o‘tishda vakuumda nurlanish to ‘lqin uzunliklarining 
16507673  tasi  1  m  deb  qabul  qilingan.
M etrik  aniq  tasvir
 —  buyum  o‘lchamlarining  haqiqiy katta- 
ligini  aniqlash  uchun  imkon  beradigan  tasvir.
M etrik  masala
  —  chizmadan  foydalanib  unda  tasvirlangan 
kattaliklarni,  masalan,  kesma uzunligini,  masofani,  shakl yuza- 
sini  va  h.k.larni  aniqlashga,  shuningdek,  berilgan  o ‘lcham- 
lardagi  shakllarni  chizishga  oid  masala.
Metchik
 —  detallardagi kichik teshiklarda standart rezba kesish 
uchun  ishlatiladigan  kesuvchi  asbob.
Mexanizm
  (yunoncha 
mechane
  —  qurol,  inshoot)  —  m a’lum 
bir  ish  bajaruvchi  mashina,  apparat  va  ularning  ichki  tuzilishi, 
bir-biri  bilan  o‘zaro  bog‘langan  sistemasi.
M ikrometr
  (yunoncha 
mikron
  —  kichik, 
metreo
  —  o ‘lchay- 
man)  —  uncha katta bo‘lmagan  chiziqli  o‘lchamlarni  o‘lchashda 
ishlatiladigan  asbob.
159

M ikron
  (yunoncha 
mikron
  —  kichik)  —  m illim etrning 
mingdan  bir  b o ‘lagi.
Millimetr  (lotincha 
mille
  —  ming)  —  metrning  mingdan bir 
bo‘lagi.
M o d el
  (fransuzcha 
modele,
  italyancha 
modello
  —  namu- 
na)  —  biror buyumning  kattalashtirilgan yoki  kichiklashtirilgan 
nam unasi,  nusxasi.
M odul
  (lotincha 
modulus
  —  o‘lchov,  mezon)  —  aniq  fan- 
larda  eng  muhim  koeffitsiyent  yoki  miqdorlarning  nomi.
M onj  m etodi
  —  geometrik  obrazlarni  tekislikda  tasvirlash 
metodlaridan  biri.
Mufta
  (nemischa 
muffe)
  —  bir to ‘g‘ri  chiziqda yotgan ikkita 
valni  bir-biriga  ulaydigan  va  bir  valdan  ikkinchi  valga  aylana 
harakat  uzatadigan  konstruksiya.
N a k a tk a
  —  detallarning  b a ’zi  sirtlarida,  m asalan,  turli 
asboblarning  dastalarida bosim yo‘li bilan hosil  qilinadigan turli 
shakllardagi  relyefli  sirt.
Nakatkalash
  —  detal  sirtida  nakatka  hosil  qilish.
N arsalar  tekisligi
  —  chiziqli  perspektivada  proyeksiyalash 
apparati  elementlaridan  biri  —  gorizontal  vaziyatda  va  kartina 
tekisligiga  perpendikular  b o ‘lgan  tekislik.
Nonius
  (yoki  verner) 
—  shtangensirkul  va  boshqa  aniq 
o ‘lchov  asboblarining  asosiy  b o ‘limlari  ulushlarini  o ‘lchash 
uchun  imkon  beradigan  moslamasi.
N ol
  (lotincha 
nullus
  —  hech  narsa)  —  o‘nli  sistema  raqam- 
laridan  birining  matematik  ishorasi.
Nu
  —  bir  nuqtadan  chiqqan  to ‘g‘ri  chiziq.
N utrom er
  —  detallarning  ichki  o ‘lcham larini  o ‘lchashda 
ishlatiladigan  asbob.
N uqta
  —  o ‘lchamga  ega  b o ‘lmagan  eng  kichik  geometrik 
obraz.
N uqtalarning  geom etrik  o ‘rni
 —  biror  um um iy  geom etrik 
xususiyatga  ega b o ‘lgan  chiziq:  tekislik,  sirt  yoki  fazo  b o ‘lagiga 
tegishli  cheksiz  ko‘p  nuqtalar  to ‘plami.
Oval
  (fransuzcha 
ovale,
  lotincha 
ovum
  —  tuxum)  —  bir 
necha  aylana  yoylarning  tutashtirilishidan  hosil  b o ‘ladigan 
tuxumsimon  qavariq  tekis  yopiq  egri  chiziq.
160

Oktaedr
  (yunoncha 
okto
  —  sakkiz, 
hedra
  —  yoq)  —  sakkiz 
tom ondan  teng  tomonli  uchburchakliklar bilan  o ‘ralgan  sakkiz 
yoqli  geometrik  shakl.
O rdin ata
  (lo tin ch a 
ordin atu s)
  —  D ekart  sistem asidagi 
koordinata  o‘qlaridan biri  — 
Y
 b o ‘yicha  qo‘yiladigan  uzunlik.
Ornament
  (lotincha 
ornamentum
  —  bezak)  —  bino,  inshoot 
yoki  narsa yuzalariga  ishlangan  naqsh.
O rtogonal  p r o y e k s iy a
  (yunoncha 
orthogonios
  —  t o ‘g ‘ri 
burchak)  —  to ‘g‘ri  burchakli  proyeksiya.
Ortotsentr
  (yunoncha 
orthos
  —  to ‘g‘ri  markaz)  —  uchbur- 
chaklik balandliklarining  kesishgan  nuqtasi.
P az
  —  mashina  detallaridagi  ensiz  uzun  ariqcha.
Payvandlash
  —  metall  detallarni  bir-biriga  ulash  usuli  va 
jarayoni.
Payvand  chok
  —  detallarni  bir-biriga  payvandlab  biriktirish 
natijasida  hosil bo‘lgan  chok.
Parabola
  (yunoncha 
parabole
  —  yaqinlashish)  —  tekislikda 
fokus  deb  ataluvchi 
F
  nuqtadan  va  direktrisa  deb  ataluvchi 
to ‘g‘ri  chiziqdan  barobar  uzoqlikda  yotgan  nuqtalar  to ‘plami, 
ikkinchi  tartibli  tekis  egri  chiziq.
Parallel
  —  bir  tekislikda  yotuvchi  bir-biriga  yondosh  b o ‘l- 
gan,  ikki  tomonga  davom  ettirilgan uchrashmaydigan  chiziqlar.
P a ra llel
  (yunoncha 
p a ra llelo s
  —  yonida  boruvchi,  yon­
dosh)  —  aylanish  sirtining  uning  o ‘qiga  perpendikular  b o ‘l- 
gan  tekislik  bilan  kesishuvidan  hosil  b o ‘lgan  chiziqlar.
Parallelepiped
  (yunoncha 
parallelos
  —  yondosh, 
epipedon
  — 
yassilik)  —  hamma  yoqlari  parallelogramm  yoki  to ‘g‘ri  to ‘rt- 
burchaklik  b o ‘lgan  olti  yoqli jism.
Parallelogramm
  (yunoncha 
parallelos
  —  yondosh, 
gramme
  — 
chiziq)  —  to ‘rtburchaklik  qarama-qarshi  tomonlari  ham  teng, 
ham   o ‘zaro  parallel  b o ‘lgan  tekis  to ‘rtburchaklik.
Parallel  proyeksiyalash
  —  parallel proyeksiyalovchi  chiziq- 
lar  vositasida  buyumning  parallel  proyeksiyasini  hosil  qilish.
Parallel  tekisliklar
 —  umumiy to ‘g‘ri  chiziqqa  ega bo‘lmagan 
tekisliklar.
Parallel  t o ‘g ‘ri  chiziqlar
  —  bir tekislikda yotgan va umumiy 
nuqtaga  ega b o ‘lmagan to ‘g‘ri  chiziqlar.
161

Parm a
  —  metall,  yog‘och  va  boshqa  materiallarda  teshik 
parmalash  uchun  ishlatiladigan  kesuvchi  asbob.
Parchin  mix
  —  bir  uchida  kallagi  b o ‘lgan  metall  silindrik 
sterjendan  iborat  biriktiruvchi  detal.
Parchin  mixli  chok
  —  metall  konstruksiyalarning  bir-biriga 
parchin  mixlar  bilan  biriktirib  hosil  qilingan  choki.
Perim etr
  (yunoncha 
perim etros)
  —  tekis  yopiq  shaklning 
tashqi  konturi  uzunligi.
Perpendikular
  (lotincha 
perpendikulyar
  —  shovun)  —  biror 
to ‘g‘ri  chiziq  yoki  tekislik  bilan  to ‘g‘ri  burchak  hosil  qiluvchi 
to ‘g‘ri  chiziq.
P ira m id a
  (yunoncha 
p y ra m is)
  —  asosi  k o ‘pburchaklik 
b o ‘lgan,  yon  yoqlari  esa  umumiy  uchga  ega  b o ‘lgan  uchbur- 
chakliklardan  iborat  ko‘p  yoqli  geometrik  jism.
P lakat
 (lotincha 
placatum )
  —  katta  masshtabdagi  rasm yoki 
chizma.
Plan
  (lotincha 
planus
  —  tekis)  —  uncha  katta bo‘lmagan yer 
sirti  uchastkasining  tekislikdagi  kichraytirilgan  tasviri.
Planimetriya
  —  elementar geometriyaning  tekislikdagi  shakl- 
larni  o‘rgatadigan  b o ‘limi.
Plashka
  —  sirtqi  rezba  qirquvchi  keskin  asbob.
Podshipnik
  —  aylanma  harakat  qiladigan  detallar,  vallarda 
o ‘rnatiladigan  tayanch  detali.
Pozitsion  m asala
  —  yasashlar  yo‘li  bilan  o ‘zaro  m a’lum 
vaziyat  olgan  geometrik  obrazlarga  tegishli  umumiy  nuqta  va 
chiziqlarni  topishga  oid geometrik  masala.
Pona
  —  bir  tom oni  to ‘rtburchaklik,  ikkinchi  (uch)  tomoni 
unga  parallel  to ‘g‘ri  chiziq  va  yon  tom onlari  uchburchaklik 
shaklida bo‘lgan prizmatik  detal.
Porshen
  —  ichki  yonuv  dvigateli,  bug‘  mashinalari,  nasos 
va sh.k.ning  silindri ichida harakat qiluvchi  stakan shaklidagi detal.
Porshen  y o ‘li
  —  porshenning  eng  yuqorigi  va  eng  pastki 
vaziyati  orasidagi  masofa.
Prizm a
  (yunoncha 
prism a
  —  arralangan)  —  yon  yoqlari 
o ‘zaro  parallel  b o ‘lgan  ko‘p  yoqli  geometrik jism.
Proyekt
  (loyiha)  (lotincha 
projectus
  —  oldinga  tashlash)  — 
mashina,  bino,  zavod  va  sh.k.  obyektlarni  yasash  yoki  qurish
162

uchun  oldindan ishlab  chiqilgan  chizmalar va boshqa texnikaviy 
m a’lum otlar  majmuyi.
Proyeksiya
  (lotincha 
projectus
  —  oldinga tashlash)  —  buyum- 
ning  tekislikdagi  yoki  biror  sirtdagi  tasviri.
Proyeksion  chizma
  —  buyum larning  proyeksiyalash  yo‘li 
bilan  tekislikda  hosil  qilingan  tasviri.
P rofil  p r o y e k s iy a la r
  —  proyeksiyalanuvchi  buyum   yoki 
mashinaning  profil  proyeksiyalar  tekisligiga  tushirilgan  tasviri.
Prujina
  —  tashqi  kuchlarning  ta ’sirida  deformatsiyalanib, 
mexanikaviy  energiyani  to ‘plovchi  va  tashqi  kuch  yo‘qolishi 
bilan  to ‘plangan  energiyani  qaytaruvchi  detal.
Punktir  chiziq
  (nemischa 
punktieren
  —  nuqta  qo‘yish)  — 
faqat  nuqtalardan  yoki  qisqa  chiziqlardan  tuzilgan  chiziq.
Qiyshiq  burchakli  proyeksiyalash
  —  proyeksiyalovchi  nur- 
larning  yo‘nalishi  tekislikka  90°  b o ‘lmagan  parallel  proyek- 
siyalash.
Qiyalik
  —  to ‘g‘ri  burchakli  uchburchakning  gipotenuzasi 
bilan  kateti  orasida  hosil  bo‘lgan  burchak.
Qiya  qirqim
  —  kesuvchi  tekislik  gorizontal  proyeksiyalar 
tekisligi bilan  (to‘g‘ri burchakdan  farq  qiluvchi)  burchak tashkil 
qilgan  holdagi  qirqim.
Q o ‘z g ‘almas  birikma
  —  detallari  bir-biriga  nisbatan  harakat 
qilmaydigan  birikma.
Q o ‘z g ‘aluvchi  birikm a
  —  detallari bir-biriga nisbatan hara- 
kat  qiladigan  birikma.
Radius
  (lo tin ch a 
ra d iu s
  —  kegay)  —  aylana  yoki  shar 
markazini  aylana  yoki  sharning  istalgan  nuqtasi  bilan  birlash- 
tiruvchi  kesma.
Radius  o ‘lchagich
  —  detallardagi  silindrik,  shar  yoki  halqa 
shaklidagi  qavariq yoki botiq sirtlarning  egrilik radiusini bevosita 
detalning  o ‘zidan  o‘lchashda  ishlatiladigan  asbob.
R a zm etk a
  (rejalash)  —  berilgan  chizm a  shaklini  biro r 
materialga  maxsus  asboblar  yordamida  tushirish.
Ram ka
  —  chizmalarda  qog‘oz  chetiga  chizib  qo‘yiladigan 
hoshiya.
Reduktor
 (lotincha 
reductor
 —  orqaga  aylantirish,  qaytarish, 
o ‘zgartirish)  —  aylanish  tezligini  kamaytirish  yoki  ko‘paytirish
163

va  aylanma  harakat  yo‘nalishini  o‘zgartirish uchun xizmat  qila- 
digan  mexanizm.
Rezinka
  —  o‘chirg‘ich.  Chizmachilikda  chizmadagi  ortiqcha 
chiziqlarni  o ‘chirish  uchun  foydalaniladi.
Rezba
  —  bolt,  vint,  shpilka  va  shunga  o‘xshash  detallar 
zagotovkalarining  sirtida,  gayka  va  shunga  o ‘xshash  detallar 
zagotovkalaridagi  teshiklarning  sirtida  vintaviy  chiziq  b o ‘ylab 
qirqilgan  ariqcha.
Rezbaning  ichki  diam etri
  —  silindrik  sirtqi  rezbalarda  rezba 
profilining  tubidan  o ‘tgan  faraziy  silindr  diametri.
Rezba  y o ‘li
  —  bir  o ‘ramning  o ‘zidagi  ikki  nuqta  orasida 
yasovchi  b o ‘ylab  olingan  masofa.
Rezbaning nominal  diametri
  —  rezbaning  o ‘lchamlarini  ko‘r- 
satish  uchun  shartli  ravishda  qabul  qilingan  diametr.
Rezbaning profili
 —  rezba  o‘ramining  rezba  o‘qi  orqali  o‘tgan 
tekislik  bilan  kesilishidan  hosil  b o ‘lgan  kesim  shakli.
Rezbaning  sirtqi  diametri
  —  silindrik  sirtqi  rezbalarda  rezba 
profili  cho‘qqisidan  o‘tgan faraziy silindr diametri,  silindrik ichki 
rezbalarda  —  rezba profili tubidan  o‘tgan faraziy silindr diametri.
Rezba  uzunligi
  —  rezbali  sterjen yoki teshikning  to ‘liq profilli 
rezba  qirqilgan  qismining  uzunligi.
Rezba  o ‘lchagich
  —  rezbaning  standart  o ‘lchamini  aniqlash 
uchun  asosan  uning  ikki  o ‘lchami  —  sirtqi  diametri va  qadami 
o ‘lchanadi.
Rezba  o ‘rami
  —  rezbaning  shu  rezba  qirqilgan  detal  sirtini 
bir  m arta  aylanib  chiqishiga  to ‘g‘ri  keladigan  uzunligi.
Rezba
  (yoki vint) 
qadami
  —  qo‘shni  o‘ramlar  orasida yasov­
chi  b o ‘ylab  o ‘lchangan  masofa.
Reyka
  —  bir  tom onga  tishlar  qirqilgan  prizm atik  yoki 
silindrik  sterjen.
Reysfeder
  (nemischa 
reissfeder
  —  chizmachilik  perosi)  — 
tush bilan  chiziq  chizadigan yoki  qalam grafitini  tiqib  ishlatila- 
digan  asbob.
Reysm us
  (nem ischa 
reissm ass)
  —  buyum   sirtiga  o ‘zaro 
parallel  chiziqlar chizishda ishlatiladigan rejalash asbobi,  xatkash.
Reysshina
  (nemischa 
reisschiene)
  —  bir  uchiga  ko‘ndalang 
taxtacha  o ‘rnatilgan  uzun  chizg‘ich.
164

Rels
  —  ko‘ndalang  qirqimi  maxsus  shaklga  ega  b o ‘lgan, 
prokatlangan  p o ‘lat.
Rom b
  (yunoncha 
rhombos
  —  parallelogramm)  —  hamma 
tom onlari  o ‘zaro  parallel  va  teng,  lekin  burchaklari  to ‘g‘ri 
burchak  bo‘lmagan  tekis  yopiq  to ‘rtburchaklik.
Salnik
  —  vallarn in g   korpusga  o ‘rn a tila d ig a n   joyidagi 
tirqishlarni  zichlovchi  detal.
Santimetr
  (fransuzcha 
centimetre,
  lotincha 
centum
  —  yuz)  — 
metrning  yuzdan  biriga  teng  o ‘lchov  birligi.
Sapfa
  (nemischa 
zapfen)
  —  val  yoki  o‘qning  podshipnikka 
o ‘rnatiladigan  qismi,  b o ‘yni.
Segment
  (lotincha 
segmentum
  —  kesma)  —  aylananing  yoy 
va  vatar  bilan  chegaralangan  qismi.
S ektor
  (lotincha 
sector
 —  kesuvchi,  b o ‘luvchi)  —  tekislikda 
bitta  nuqtadan  chiqqan  ikki  to ‘g‘ri  chiziq  va  egri  chiziq  bilan 
chegaralangan  tekislik.
S I
  —  xalqaro  o ‘lchov  sistemasi.
Sikloida
  (yunoncha 
kykloeides
  —  doirasimon)  —  aylananing 
yo‘naltiruvchi  to ‘g‘ri  chiziq  b o ‘ylab  sirg‘almasdan  bir  m arta 
to ‘liq yumalab  chiqishida aylanadagi biror nuqta hosil  qilgan egri 
chiziq.
Siniq  chiziq
  —  bir to ‘g‘ri  chiziqda yotmagan bir necha to ‘g‘ri 
chiziq  kesmasidan  iborat  chiziq.
Sinusoida
  (lotincha 
sinus
  —  egilish,  egrilik)  —  sinusning  o‘z 
argumentiga  (burchagiga)  qarab  o ‘zgarishini  tasvirlovchi  davriy 
tekis  egri  chiziq.
Spetsifikatsiya
  (fransuzcha 
specification)
  —  yig‘ish  chizm a­
larid a  tasv irlan g an   m ash in a,  m exanizm ,  ap p arat  va  shu 
kabilarning  detallari  yoki  alohida  qismlarining  nomlari,  ular­
ning  miqdori,  qanday materialdan yasalishi,  og‘irligi va  shunga 
o ‘xshash  m a ’lum otlar  yozib  k o ‘rsatilgan  texnikaviy  hujjat 
jadval.
Spiral
  (lotincha 
spiralis
  —  buralish)  —  o ‘zining  aylanma 
harakati  davomida,  markaz  deb  ataluvchi  nuqtadan bir m e’yor- 
da  uzoqlashuvchi  tekis  egri  chiziq.
Standart
 (inglizcha 
standart
 —  norma,  qoida,  namuna,  sifat, 
o‘lchov)  —  sanoat va  qishloq xo‘jaligi  mahsuloti va boshqalarga
165

qo‘yiladigan  normativ  talablarni  o ‘z  ichiga  olgan  texnikaviy 
hujjat.
Stereografik  proyeksiya
  —  stereografiya usuliga  asosan hosil 
qilingan  tasvir.
Stereografiya
  (yunoncha 
stereos
  —  fazoviy, 
grapho
  —  yoza- 
man)  —  shar  va  boshqa  geom etrik  jism larning  tekislikdagi 
perspektiv  tasvirini  yasash  usuli  va  shunday  tasvirning  o ‘zi.
Stereom etriya
 
(yunoncha 
stereos
  —  fazoviy, 
metreo
  — 
o ‘lchayman)  —  geometriyaning  fazoviy  jism   xususiyatlarini 
o ‘rganadigan  ham da  nuqta,  to ‘g‘ri  chiziq  va  tekisliklarning 
o ‘zaro  vaziyatini  aniqlaydigan  b o ‘limi.
Sterjen
  —  ko‘ndalang  qirqimi  doira,  to ‘rtburchaklik va shun­
ga  o ‘xshash  shaklda  b o ‘lgan  uzun  metall  b o ‘lagi  va  shunday 
shakldagi  detal.
Strelka
  —  o ‘lcham   chiziqlarining  uchlariga,  kesim  yoki 
qirqim yo‘nalishini  ko‘rsatuvchi  chiziq uchiga  qo‘yiladigan teng 
yonli  uchburchaklik  shaklidagi  uchlik.
Sfera
  (yunoncha 
sphaira
  —  shar)  —  sharsimon  sirt.
Sxema
  (yunoncha 
schema
  —  obraz,  ko‘rinish)  —  sodda- 
lashtirilgan  grafik  tasvir.
Tal
 (gollandcha 
so ‘z)
  —  o‘n  metr  chegarasidagi balandlikka 
o ‘n tonnagacha yuk ko‘tara  oladigan  mexanizm.
Tasvir
  —  biror  buyumning  ko‘zgudagi  aksi  yoki  tekislik­
dagi  chizmasi.
Tetraedr
  (yunoncha 
tetra
  —  to ‘rt, 
hedra
  —  asos,  sirt,  to ­
mon)  —  hamma  tomonlari  uchburchaklik  bo‘lgan  to ‘rtyoqlik.
Texnikaviy  rasm
  —  aksonometrik  proyeksiyalar  metodidan 
foydalanib  o‘lchamlarga va masshtabga rioya qilmasdan  chamalab 
chizilgan  yaqqol  tasvir.
Tish
  —  arra,  tishli  g‘ildirak,  reyka  va  sh.k.ning  ish  qismi.
Topograf
 —  topografiya b o ‘yicha  mutaxassis.
Topografik  chizm achilik
 —  yer  uchastkasining  sirti  va  un- 
dagi  yo‘llar,  suv  havzalari,  daryolar,  o ‘rmonlar va  shunga  o ‘x- 
shash  obyektlarni tasvirlovchi  plan va  kartalar  chizish  qoidalari 
va  usullarini  o‘rgatuvchi  amaliy  fan.
T opografiya
  (y u n o n ch a 
topos
  —  joy,  p ast,  b alan d lik , 
grapho
  —  yozaman)  —  planda  joylarning  tasvirini  tushirish 
metodlari  bilan  shug‘ullanuvchi  fan.
166

Transportir
  (lotincha 
transportare
  —  ko‘chirib  qo‘ymoq)  — 
chizmadagi  burchaklarni  aniqlash  yoki  chizma  chizishda  bur- 
chaklarni  o‘lchab  qo‘yishda ishlatiladigan yarim  doira  shaklidagi 
o ‘lchash  asbobi.
Trapetsiya
  (yunoncha 
trapezion
  —  stolcha)  —  ikki  tomoni 
o‘zaro  parallel va  qolgan  ikki  tomoni  o ‘zaro  parallel bo‘lmagan 
tekis  to ‘rtburchaklik.
T rigon om etriya
  (y u n o n ch a 
trigonon
  —  u ch b u rch ak lik , 
metreo
  —  o‘lchayman)  —  matematikaning  trigonometrik  funk- 
siyalarni  va  ularning  amaliy  tatbiqini  o ‘rganadigan  b o ‘limi.
Trimetriya
 
(yunoncha 
trim etro s
  —  u ch   o ‘lcham li)  — 
aksonometriyaning  o ‘qlar  b o ‘yicha  o ‘zgarish  koeffitsiyentlari 
har  xil,  ya’ni  uchala  o‘q  b o ‘yicha  uch  xil  qilib  olinadigan  bir 
turi: 
k^m^n.
Trubaviy  birikm alar
  —  ko‘rish  (qarash)  nuqtasining  gori- 
zontal  proyeksiyasi  yoki  narsalar  tekisligidagi  proyeksiyasi.
Tutashtirish
  —  ikki  chiziqni uchinchi  chiziq yordamida bir- 
biriga  sindirmasdan,  bukmasdan  silliq  ulash.
T o ‘g ‘in
  —  maxovik,  shkiv,  g‘ildirak va  sh.k.  detallarning  gir 
atrofini  o‘rab  olgan  tashqi  silindrik  yoki  chambarak  qismi.
Uzatma
  —  bir  valdan  ikkinchi  valga  harakat  uzatish,  bir 
valdagi harakat tezligini boshqa valga kamaytirib yoki  ko‘paytirib 
uzatish  uchun  xizmat  qiladigan  mexanizm.
Uzatish  soni
  —  bir  valdan  ikkinchi  valga  uzatilgan  ayla- 
nish  tezligining  qancha  oshganligi  yoki  kamayganligini  ko‘rsa- 
tuvchi  koeffitsiyent.
Uzel
  —  apparat,  m ashina  va  sh.k.ning  m a’lum  vazifani 
bajaruvchi  mustaqil  mexanizmi  yoki  murakkab  qismi.
Uzilish
  —  ko‘ndalang  qirqimli  shakli  va  o‘lchamlari  bir  xil 
b o ‘lgan  uzun  detallarning  chizmadagi  tasvirda  shartli  ravishda 
uzib  olib  tashlangan  o ‘rta  qismi.
Uzunlik
  —  kesmaning  chetki  nuqtalari  orasidagi  masofa.
Umumiy  k o ‘rinish
  —  detalning  yoki  uning  ayrim  qismining 
asosiy konstruktiv  xususiyatlarini  aks  ettiruvchi va  detal to ‘g‘ri- 
sida  yaqqol  tasavvur  beradigan  tasviri.
Val
  —  mashina  va  mexanizmlarda  aylanma  harakat  qilib, 
tishli  g‘ildirak  yoki  shkiv  orqali  burovchi  m om ent  uzatuvchi 
yoki  qabul  qilib  oluvchi  silindr  shaklidagi  detal.
167

Vatar
  —  qandaydir  yoyning,  masalan,  aylana  yoyining  ikki 
nuqtasini  birlashtiruvchi  to ‘g‘ri  chiziq.  Aylana  m arkazidan 
o ‘tuvchi  vatar  diametr  deyiladi.
Ventil
  —  truboprovod  orqali  o ‘tuvchi  suyuqlik,  bug‘  yoki 
gaz  yo‘lini  ochib-yopib  turuvchi  moslama.
V ertikal  te k islik
  —  gorizontal  tekislikka  perpendikular 
vaziyatda joylashgan  tekislik.
Vint
 —  bir uchiga  rezba  qirqilgan,  ikkinchi uchida  otvyortka 
kiradigan  ariqchasi  b o ‘lgan  kallakli  metall  sterjen  shaklidagi 
biriktirish  detali.
Vintaviy  sirt
  —  yasovchi  chiziqning  vint  shaklidagi  yo‘nal- 
tiruvchi  chiziq  b o ‘ylab  harakatidan  hosil  b o ‘lgan  sirt.  Vintaviy 
sirt  silindr  yoki  konus  sirtida  to ‘g‘ri  to ‘rtburchakli,  uchbur- 
chakli,  m untazam   trapetsiya  va  shunga  o ‘xshash  shakldagi 
keskichlar  bilan  kesib  ishlash  orqali  yasaladi.  Vintaviy  sirtlar 
prujina,  rezbalar,  vintsimon  zinalar  ko‘rinishida  uchraydi.
Vintaviy  chiziq
  —  ikki xil  egrilikka  ega bo‘lgan fazoviy chiziq. 
Vintaviy  chiziq biror  aylanish  sirtida yotgan  nuqtaning  shu  sirt 
yasovchisi bo‘ylab  ilgarilama va sirt  o‘qi  atrofida  aylanma harakat 
qilishida  hosil  b o ‘ladi.  Vintaviy  chiziqlar  aylanish  sirtining 
xarakteriga  qarab,  silindrik,  konusli  va  boshqa  ko‘rinishlarda 
bo‘lishi  mumkin.
Vtulka
  —  ichi  teshik  silindr  shaklidagi  detal.
Xrapovik
  —  xrapovikli  mexanizmlarda valni  teskari tomonga 
aylanib  ketishdan  saqlaydigan  detal.
Xrapovikli  mexanizm
  —  bir  tomonga  yo‘nalgan  uzoq-uzoq 
aylanma  harakat  hosil  qiluvchi  tishli  g‘ildirakli  mexanizm.
Xromlash
  —  metall  detallar  sirtini  xrom  bilan  qoplash.
Yassi  shakl
 —  hamma nuqtalari  tekislik bilan  mos  keladigan 
shakl.
Yoy
  —  tekis  yoki  fazoviy  egri  chiziqning  bir  qismi.  Odatda, 
yoy chizmada yoki yozuvlarda ikki  chetki  nuqtasiga  qo‘yiladigan 
harflar va  yoy belgisi  bilan  ko‘rsatiladi.
Yoyilma
  —  jism   sirtlarining  bir  tekislikda  joylashtirilgan 
tasviri.  Masalan,  piramidaning  yoyilmasi  uning  bir  tekislikka 
joylashgan yon yoqlari  (uchburchakliklar)dan va  asosidan iborat. 
T axtalangan  m ateria llard an ,  m asalan,  tu n u k a d a n   buyum
168

yasashda  avval  uning  chizmasi  b o ‘yicha  yoyilmasi  yasaladi, 
so‘ngra undan  andoza  sifatida foydalanib,  taxtalangan  material- 
dan  bichiq  qirib  olinadi.
Yig‘ish  chizmasi
 
—  m ashina,  m exanizm   yoki  ularning 
alohida uzellarining  yig‘ilgan  holda tasvirlangan  chizmasi.
Y o‘nalish
  —  geometrik  obrazlar  yo‘nalgan  tomon.
Y o‘naltiruvchi
  —  biror  chiziq  yoki  sirtning  harakat  yo‘na- 
lishini  ko‘rsatuvchi  qo‘zg‘almas  egri  yoki  siniq  chiziq.
Silindr
  (y u n o n c h a  
k y lin d r o s
  —  g ‘ild ira ta m a n ,  aylan- 
tiraman)  —  yopiq  silindrik  sirt va  ikkita  tekislik bilan  chegara- 
lanadigan geometrik jism.
Shayba
  —  gaykaning  buralib  ketmasligi  uchun uning  ostiga 
qo‘yiladigan  silindr  yoki  kvadrat  shaklidagi  halqa.
S h ar
 
—  yarim   aylananing  o ‘z  o ‘qi  atrofida  aylanishi 
natijasida  hosil b o ‘lgan  fazoviy jism.
Shpilka
  —  ikkita uchi  rezbaga  ega bo‘lgan  silindrik  sterjen.
Shponka
  —  harakat uzatuvchi val va g‘ildirakni biriktiruvchi 
prizmasimon  detal  —  tiqin.
Shrift
  —  chizmalarni  taxt  qilishda  qo‘llaniladigan  standart 
harflar  va  raqamlarning  to ‘liq  komplekti.
Shtift
 —  ikkita tutashuvchi  detalni biriktirishda ishlatiladigan 
silindr  yoki  konussimon  detal.
Shtrixovka
  —  m a’lum  oraliqlarga  ega  b o ‘lgan  parallel  chi- 
ziqlar.
Shtrix-punktir chiziq
 —  narsa chizmasiga  o‘tkazilgan simmetrik 
o ‘qlar.
O ‘lcham
  —  to ‘g‘ri  chiziq  yoki  burchakning  miqdorini  tav- 
siflovchi  son.
O ‘lcham  chizig‘i
  —  chizmada  detalning  chiziqli yoki burchak 
o ‘lchamlarining  ko‘rsatkichi.
O ‘ng  rezba
  —  yassi  konturning  soat  strelkasi  b o ‘ylab  hara- 
katida  hosil b o ‘lgan  fazoviy  egrilik.
Chap  rezba
  —  yassi konturning  soat strelkasi  (mili)ga nisbatan 
teskari  harakatida  hosil  b o ‘lgan  tasvir.
Chervyakli  uzatma
  —  o‘zaro  to ‘g‘ri burchak  ostida ayqashgan 
ikki  valning  biridan  ikkinchisiga  harakat  uzatuvchi  mexanizm, 
tishli  uzatmalarning  bir  turi.
169

Chiziq
  —  harakat  qilayotgan  nuqtaning  izi.
Chizma
  —  ESKD  qoidalariga  amal  qilgan  holda  shartlilik va 
soddalashtirishlardan  foydalanib  yasalgan  tasvir.
C h izm an i  o ‘qish
  —  buyum lar  chizm asiga  k o ‘ra,  uning 
fazoviy  tasvirini  hamda  uni  tayyorlash  va  nazorat  qilish  uchun 
zarur  b o ‘lgan  texnik  m a’lumotlarni  aniqlashdan  iborat  b o ‘lgan 
jarayon.
Chizmachilik
 —  chizma va boshqa konstruktorlik hujjatlarini 
tayyorlash  qoidalarini  o‘rgatuvchi  amaliy  texnik  fan.
Chizma  hoshiyasi
 —  standart  o‘lchamlarga ega bo‘lgan  chizma 
ramkasining  hoshiyasi.
Chiqarilgan  kesim
  —  narsa  kesimini  chetga  olib  chiqarilgan 
tasviri.
Chetga  olib  chiqilgan  element
  —  detal  chizmasidagi  biror 
konstruktiv  elementning  kattalashtirib  chetga  olib  chiqilgan 
tasviri.
Chiqarish  ch izig‘i
  —  narsa  chizmasiga  o‘lchamlar  qo‘yish 
maqsadida uning  konturidan  chiqarilgan  m a’lum uzunliklardagi 
ingichka  tutash  chiziq.
170

Download 136 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling