Akustoelektronika asboblari. - Akustoelektron asboblarning ishlashi elektr signalni ultratovush to’lqinlarga, uni tovush o’tkazuvchi orqali tarqalishiga va keyinchalik chiqish elektr signalga o’zgartirilishiga asoslanadi.
- Shunday qilib, bunday asboblarda kirish bilan chiqish orasida axborot tashuvchi bo’lib ultratovush (akustik) signal deb ataluvchi dinamik bir jinslimaslik xizmat qiladi. U 1013 Gts chastotali tebranishlardan iborat bo’lib, qattiq jismda 1,5 ÷ 5,5 km/s tovush tezligida tarqaladi. Akustik to’lqin tezligi elektromagnit tebranishlar tarqalish tezligiga nisbatan 5 tartibga kichikligi ko’rinib turibdi. Shuning uchun ushbu xususiyatdan birinchi navbatda kichik o’lchamli kechiktirish liniyalarini ishlab chiqishda foydalanildi. Akustoelektron asboblar mikroelektronikada qo’llaniladigan usullar bilan hosil qilinishi va IMSlarga o’xshashligi bilan e’tiborga loyiq.
Magnitoelektronika asboblari. - Magnitoelektron asboblarda ferromagnit materiallar ishlatiladi. Ular domen tuzilishga ega, ya’ni butun hajmi ko’p sonli lokal sohalar – domenlardan tashkil topadi. Domenlar to’yinguncha spontan magnitlangan. Ular polosali, labirintsimon va tsilindrik shaklga ega bo’lishi mumkin. Domenning chiziqli o’lchamlari millimetrning minglarcha ulushidan o’nlarcha ulushiga teng. Domenlar o’zaro chegaradosh devorlar (Blox devorlari) bilan ajralib turadi. Bu devorlarda bitta domen magnitlanganlik vektoriga nisbatan asta o’zgarishlari sodir bo’ladi.
- Magnitoelektronika asboblarida axborot signalini tashuvchi sifatida quyidagi dinamik birjinslimasliklarning biridan foydalaniladi:
- 1) tsilindrik shakldagi domenlar;
- 2) chiziqli domenlarda vertikal Blox chiziqlar (VBCh). Qo’shni VBChlar orasidagi masofa etarli kichik, o’lchami 0,5 mkm bo’lgan chiziqli domen devorida 100 bitgacha axborot saqlash mumkin;
- 3) ferromagnit materialni chastotasi kvant o’tishlar chastotasiga teng yorug’lik bilan yoritilganda hosil bo’luvchi rezonanslar va to’lqinlar;
- 4) spin to’lqinlari va boshqalarning kvant tebranishlarini aks ettiruvchi kvazizarrachalar – magnonlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |