Электроника ва автоматика факультетининг «Радиотехника ва касб таълими» кафедрасида 5522000 – Радиотехника ва 5140900 – Касб таълими ихтисосида таълим олувчи талабалар учун «аналог электрон šурилмалар схемотехникаси»
Komparator yordamida solishtirish usuli
Download 12.61 Kb.
|
Электроника ва автоматика факультетининг «Радиотехника ва касб т
Komparator yordamida solishtirish usuliBu usul tekshirilayotgan o‘lchash asbobining chiqish kattaligini yoki tekshirilayotgan o‘lchov yordamida qayta tiklangan kattalikni, solishtirish qurilmasi yordamida namunaviy o‘lchov yordamida qayta tiklangan kattalik bilan solishtirishdan iborat. Komparator yordamida solishtirish usuli nihoyatda yuqori anikdikdagi o‘lchash asboblarini, o‘lchovlarni, o‘lchash o‘zgartkichlarini darajalashda, kalibrlashda, qiyoslashda ishlatiladi. Birlik o‘lchamlarini uzatishda hosil bo‘lgan muntazam xatoliklarni bartaraf qilish uchun 2.6.3-bo‘limda ko‘rilgan usullar keng qo‘llaniladi, xususan, o‘rindoshlik (o‘rin almashish), qarama-qarshi qo‘yish, xatolikni kompensatsiyalash usullari. Bunda har xil - nol (nolga keltirish), differensial, termoelektrik, interferension va qator boshqa solishtirish qurilmalari ishlatilishi mumkin-ki, bu esa usulni texnik va metodik jixatdan murakkablashtiradi va operatordan yuqori metrologik malakasini talab etadi. Bevosita o‘lchash usuli o‘z navbatida quyidagi ikki usulga bo‘linadi: namunaviy o‘lchash vositasi (namunaviy o‘lchov) yordamida olingan kattalikni tekshirilayotgan o‘lchash asbobida bevosita o‘lchash; tekshirilayotgan o‘lchov bilan qayta tiklangan kattalikni namunaviy o‘lchash vositasi (namunaviy asbob bilan) da bevosita o‘lchash. Mazkur usul texnik jihatdan oson avtomatlashggiriladi va o‘lchovlar va o‘lchash asboblari uchun birlik o‘lchamlarini uzatishda eng samarali usul hisoblanadi. Keyingi paytda bozorda har xil kattaliklarning etarli aniqliqdagi ko‘p qiymatli namunaviy o‘lchovlar (kalibratorlar) ning paydo bo‘lishi tufayli bu usul keng qo‘llanilmoqda. Boshqarishda sodda ko‘chma kalibratorlarning mavjudligi texnik o‘lchash vositalariga birlik o‘lchamlarini bevosita ularni o‘rnatilgan joyida uzatishga imkon beradi. Namunaviy o‘lchash vositalarini ishlatmasdan o‘tkaziladigan bogliq bo‘lmagan kalibrlash (qiyoslash) ni ham bevosita o‘lchash usuliga kiritish mumkin. Mazkur usul eng aniq o‘lchash vositalarini ishlab chiqishda va ularning xatoliklarini boshqa usullar bilan aniqlash mumkin bo‘lmagan taqdirda ishlatiladi. Lekin bu usul faqat ish prinqipi o‘lchash zanjirining bir nomli parametrlari nisbatiga asoslangan o‘lchash vositalarida qo‘llaniladi (kuchlanish bo‘lgichlari, o‘zgarmas tok potenqiometrlari). Masalan, kuchlanish bo‘lgichlari uchun asosiy parametr-bo‘lish koeffitsienti bo‘lib, u elka elektr qarshiligining qiymatiga emas, balki bu qiymatlarning nisbatiga bog‘liq. SHuning uchun bo‘lish koeffitsienti xatoligini aniqlashda elka qarshiliklarini nisbatini aniqlash etarli qarshilik birligi o‘lchamini bo‘lgichga uzatishga zarurat iuq. Download 12.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling