Электроника ва радиотехника кафедраси 8-ma’ruza Ikkilik diskret modulyasiya (manipulyasiya) turlari


Download 302.93 Kb.
bet2/8
Sana16.01.2023
Hajmi302.93 Kb.
#1094848
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ismatov SVTQI 1-Maruza

Impulsli modulyasiya turlari
Modulyatsiyalanadigan impulslar ketma-ketligi chastotasi V.A. Kotelnikovning uzluksiz signallarni diskretlash haiqdagi teoremasi asosida aniqlanadi, bunda impulslar takrorlanish chastotasi modulyatsiyalovchi analog signal maksimal chastotasi dan kamida ikki barobar katta bo‘lishi shart.

Turli parametrlari modulyatsiyalangan impulslar ketma-ketliklari vaqt diagrammalari 5-rasmda keltirilgan



  • Impuls amplitudasi modulyatsiyasi (IAM), bunda impulslar ketma-ketligi amplitudalari uzatilayotgan xabarga mos ravishda o‘zgaradi. Impulslar amplitudasi modulyatsiyalanganda impuls amplitudasi quyidagicha o‘zgaradi:

.


IAM signallar ikki xil bo‘lishi mumkin:
a) birinchi tur IAM-I, bunda impulslar oniy qiymatlari modulyatsiyalovchi xabarga mos ravishda o‘zgaradi;
b) ikkinchi tur IAM-II, bunda impulslar amplitudasi uning davomiyligi da o‘zgarmas bo‘lib, modulyatsiyalovchi signalning takt nuqtasidagi qiymatiga mos keladi (.5v-rasm).
5-rasm. Turli parametrlari modulyatsiyalangan impulslar ketma-ketliklari vaqt diagrammalari


  • Impuls davomiyligi modulyatsiyasi (IDM), bunda uzatilayotgan xabarga mos ravishda impulslar (kengligi) davomiyligi o‘zgaradi. Impulslar davomiyligi modulyatsiyalanganda impulslar kengligi quyidagicha o‘zgaradi:

,
bunda, – impulsning bir tomonga maksimal kengayishi.




  • Impulslar fazasi modulyatsiyasi (IFM), bunda uzatilayotgan xabarga mos ravishda impulslarning holati takt chizig‘iga nisbatan chapga yoki o‘ngga siljiydi (davomiyligi o‘zgarmas saqlanib qoladi, 8.5d-rasm). Impulslar fazasi modulyatsiyalanganda uning fazasi (boshlang‘ich holati) takt chizig‘iga nisbatan oldiga yoki orqaga siljiydi, ya’ni

.



  • Impulslar chastotasi modulyatsiyasi (IChM), bunda impulslar takrorlanish chastotasi modulyatsiyalovchi xabar amplitudasiga mos ravishda ga o‘zgaradi (8.5e-rasm). Impulslar chastotasi modulyatsiyalanganda ularning takrorlanish chastotasi xabarga mos ravishda kattalashadi va kichiklashadi.

IFM va IChM signallarni umumlashtirgan holda vaqt bo‘yicha modulyatsiyalangan impuls – impuls vaqt modulyatsiyasi (IVM) deb ataladi.


1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling