Электроника ва радиотехника кафедраси 8-ma’ruza Ikkilik diskret modulyasiya (manipulyasiya) turlari
Download 302.93 Kb.
|
Ismatov SVTQI 1-Maruza
Impuls kod modulyatsiyasi (IKM), bunda birlamchi analog xabar (signal) diskretlash va kvantlash natijasida raqamli kodlangan diskret xabarga aylantiriladi va har bir takt chizig‘i vaqt oralig‘ida ushbu kodlar kombinatsiyasiga mos keluvchi “1” va “0” elementar signallar ketma-ketligi shakllantiriladi. Ushbu kodlar ketma-ketligi impulslari yuqori chastotali garmonik tebranish signalining asosiy parametrlaridan birini modulyatsiyalashi natijasida: IKM-AM, IKM-ChM, IKM-NFM signalalr shakllantiriladi.
IAM signal spektri oddiy modulyatsiyalanmagan impulslar spektridan quyidagilar bilan farqlanadi: - modulyatsiyalovchi signal chastotasi ga teng tashkil etuvchisi borligi bilan; - modulyatsiyalanmagan impulslar ketma-ketligi spektrining har bir tashkil etuvchisi yonida chastotali yon tashkil etuvchilari borligi bilan Boshqa tur impuls modulyatsiyasi signallarining spektrlari ham IAM signal spektri kabi aniqlanadi. Bunda modulyatsiyalanmagan impuls spektri ifodasidagi tegishli o‘zgaruvchini modulyatsiyalanadigan parametrni modulyatsiyalovchi ga mos ravishda o‘zgartirish va uni tashkil etuvchilarga yoyish kerak bo‘ladi Modulyasiya (lotincha: modulatio — bir tekislilik) — 1) fizika va radiotexnikada — biror oʻzgarmas fizik jarayonni ifodalovchi kattalikning muayyan qonun boʻyicha oʻzgarishi. M. tashqi taʼsir yordamida amalga oshiriladi. Elektronikada koʻpgina elektron asboblarning ishi elektron oqimlarini M.lashga asoslangan. Mas, kines-koplarda ekranga uzatiluvchi televizion shakllarni hosil qiluvchi elektron nuri intensivligi M.lanadi. Kli-stronlarda elektron oqimining tezligi boʻyicha M.lash oqimda elektronlarni guruxlashga olib keladi. Bu esa, oʻz navbatida, guruxlashgan elektronlar kinetik energiyasini oʻta yuqori chastotali tebranishlar energiyasiga aylantirilishiga olib keladi. Radio- va optik diapazonlarda elektromagnit tebranishlarning hamda akustik toʻlqinlarning M.lari katta amaliy ahamiyatga ega. Maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish, turli tizim va qurilmalarda chastota taqsimotini taʼminlash, signallarning vaqtga bogʻliq parametrlarini oʻlchash uchun texnik qurilma va tizimlarda tebranishlar M.si zarur hisoblanadi. M.jarayonida tebranishning oʻzgaradigan parametrlari (chastotasi, amplitudasi, fazasi)ga qarab uning nomlanishi belgilanadi (chastotali, amplitudali, fazali M.). Koʻpincha, M.langan signal impuls tarzida, natijasi esa yuqori chastotali impulyelar toʻplami yoki radioimpuls koʻrinishda boʻladi. Hozirgi paytda toʻrt turdagi impulyeli M mavjud: amplituda-impulyeli, chastota-impulyeli, fazaviy-impulyeli va kenglik-impulyeli M. Impulyeli M. uzluksiz garmonik tebranishli M.ga karaganda shovqinga nisbatan kuchaytirilgan tayanchga egaligi bilan ajraladi; 2) yorugʻlik texnikasida — yorugʻlik nuri yorqinligini yoki yorugʻ dogʻ oʻlchamini kelayotgan signallarga muvofiq ravishda oʻzgartirish; ovozni optik usulda yozib olish, fototelegraf va boshqa sohalarda qoʻllanadi. Download 302.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling