«Электроника ва схемалар 1» фанидан оралик назорат саволлари


Misol. 4.2.2a - rasmda berilgan zanjirining kuchlanish bo‘yicha uzatish funksiyasi , AChX va FChX lari aniqlansin. Yechish


Download 1.75 Mb.
bet10/24
Sana15.03.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1272211
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
1 dan 24 gacha javoblar

Misol. 4.2.2a - rasmda berilgan zanjirining kuchlanish bo‘yicha uzatish funksiyasi , AChX va FChX lari aniqlansin.
Yechish. (4.2.5) formulaga asosan quyidagini yozamiz:

Zanjir chiqishidagi kompleks kuchlanish ni aniqlaylik:

ni uchun formulaga ko‘yib kopleks uzatish funktsiyasini aniqlaymiz:
.

4.2.2–rasm. a-zanjirning AChX (b) va FChX (d) lari.
Zanjirning AChX si quyidagiga teng bo‘ladi:
.
FChX si esa:

ko‘rishinga ega bo‘ladi.
Bu xarakteristikalarning grafiklari 4.2.2b va 4.2.2d - rasmdagi ko‘rinishda bo‘ladi. Amalda zanjirlarning AChX lari juda keng diapazonlarda o‘zgargani uchun uni logarifmik masshtablarda baholash qabul qilingan.
Ko‘pincha amalyotda logarifmik AChX (LAX) ishlatiladi:
(4.2.9).
Bunda K kattalik qiymati detsibel (dB) larda beriladi.
Passiv zanjirlar uchun kuchaytirish koeffitsiyenti o‘rniga zanjirning susaytirish kattaligi A ishlatilib, u ham ditsebellarda ifodalanadi:
(4.2.10)

  1. Elektr kattaliklar. Asosiy elektr kattaliklar (zaryad, tok, kuchlanish, energiya, quvvat) va ularning o’zaro munosabatlari.

O‘tkazgichda uzluksiz ravishda elektr toki mavjud bo‘lishi uchun maxsus qurilma bo‘lishi va uning ichida hamma vaqt turli nomli zaryadlar ajralib turishi, hamda musbat zaryadlar A uchiga, manfiy zaryadlar esa B uchiga ko‘chib turishi zarur. Bunday qurilmani tok manbai deyiladi. Tok manbaida zaryadlarni ajratuvchi kuchlar elektrostatik xarakteriga ega bo‘lmasligi kerak, chunki elektr kuchlar turli nomli zaryadlarni ajratmaydi, balki faqat birlashtirishi mumkin. Shuning uchun tok manbaida zaryadlarni ajratuvchi kuchlar begona, ya`ni tashqi kuchlar deb yuritiladi. Tok manbalarida zaryadlarni ajratish jarayonida mexanik, kimyoviy, ichki va boshqa turdagi energiyalar elektr energiyasiga aylanadi. Masalan, o‘zgarmas tok generatorida bu kuchlar magnit maydon energiyasi va yakorning aylanishidagi mexanik energiya, elektrofor mashinasida mexanik energiya, termoelementda ichki energiya, akkumulyator va galvanik elementda kimyoviy reaktsiyalar energiyasi, yarimo‘tkazgichli fotoelementda yorug‘lik energiyasi hisobiga hosil qilinadi. Shunday qilib, tok manbai o‘tkazgichning A va B uchlarini uzluksiz ravishda har xil nomli zaryadlar bilan ta`minlab turadi. Ammo tok manbai ichida zaryadlarning ajralishiga, birinchidan, musbat qutbdan manfiy qutbga yo‘nalgan ichki elektr maydoni va ikkinchidan tok manbai ichida ionlarni harakatiga elektrolitning (yopishqoqligi) qarshiligi to‘sqinlik qiladi. Shu tariqa tashqi elektr ajratuvchi kuchning bajargan ishi tok manbai ichidagi elektr maydoni kuchlariga qarshi bajariladi, u holda kattalik tok manbaining elektr yurituvchi kuchi deyiladi.


(2.1.5)
U quyidagicha tariflanadi: tok manbaining elektr yurituvchi kuchi (E.Yu.K.) tashqi kuchlar ta`sirida birlik musbat zaryadni manbani o‘z ichiga olgan berk zanjir bo‘ylab ko‘chirishda bajarilgan ish bilan xarakterlanadi.
Xalqaro birliklar sistemasida EYuK birligi qilib volt (V) qabul qilingan: 1V - shunday tok manbaining EYuK, u manbani o‘z ichiga olgan berk zanjir bo‘ylab 1C zaryadni ko‘chirishda 1J ish bajariladi. Ochiq zanjirdagi tok manbaining EYuK manbaning qutblaridagi potentsiallar farqiga teng:
(2.1.6)
Tashqi elektr zanjiri bilan tutashtirilgan tok manbai qutblaridagi potentsiallar ayirmasi tok manbaining kuchlanishi deyiladi.

  1. Sxemaning asosiy passiv elementlari (rezistorlar, induktivlik g’altaklar, kondensatorlar) ning belgilanishi va xususiyatlari. Om qonuni va quvvat.

Manbalarining kuchlanishlari va tok manbalarining toklari ta`sirlar yoki kirish signallari deb nomlanadi. Boshqa barcha toklar va kuchlanishlar ushbu ta`sirlarga javoblar yoki reaktsiyalar deb nomlanadi.


Ushbu zanjirlar nazariyasining to‘g‘ri va teskari masalasini yechishda bir qancha qonunlar va usullar ishlatiladi. Shu qonunlardan biri bu Om qonunidir.
Om qonuni juda ko‘p tajribalar natijasi asosida kashf etilgan qonundir. Uning to‘g‘riligi boshqa kishilar tomonidan o‘tkazilgan ko‘pgina tajribalarda ham isbotlangan. 1826 yili nemis fizigi Om quyidagi qonunni yaratdi: bir jinsli metall o‘tkazgichdan o‘tayotgan tok kuchi ushbu o‘tkazgichning uchlaridagi kuchlanishga to‘g‘ri proportsional:
(2.3.1)
bu yerda R - o‘tkazgichning elektr qarshiligidir. (2.3.1) tenglama zanjirning bir qismi uchun Om qonunini ifodalaydi. Qarshilik birligi Om deb qabul qilingan. O‘tkazgichning uchlaridagi kuchlanish 1V bo‘lganda 1A tok kuchi o‘tadigan o‘tkazgichning elektr qarshiligi 1 Om ga teng bo‘ladi. Elektr qarshilikka teskari bo‘lgan kattalik elektr o‘tkazuvchanlik deb ataladi va (2.3.1) tenglama bilan aniqlanadi. Elektr o‘tkazuvchanlikning o‘lchov birligi simens (S). 1 S - elektr qarshiligi 1 Om bo‘lgan o‘tkazgichning elektr o‘tkazuvchanligidir.


Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling