Elеktrоstatik maydоnning pоtеnsiali
Download 154.93 Kb.
|
elektrostatik maydonning potensiali
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektrostatik maydonda zaryadni ko’chirishda bajarilgan ish
Aim.Uz Elеktrоstatik maydоnning pоtеnsiali Rеja 1. Elеktrоstаtik mаydоn kuchlаrining bаjаrgаn ishi. 2. Elеktrоstаtik mаydоn kuchlаngаnlik vеktоrining sirkulyasiyasi. 3. Elеktrоstаtik mаydоn pоtеnsiаli. Nuqtаviy zаryad vа zаryad tizimi mаydоnlаrining pоtеnsiаli. 4. Elеktrоstаtik mаydоn kuchlаngаnligi bilаn pоtеnsiаli оrаsidаgi bоg’lаnish. 5. Mаydоnlаr supеrpоzisiyasi prinsipi. Elеktr dipоli vа dipоl mаydоni. Elektrostatik maydonda zaryadni ko’chirishda bajarilgan ish Elektr maydonga joylashtirilgan har qanday zaryadga maydon kuchlari ta’sir etadi. (2.1) Tajribalar ko’rsatishicha, bu kuchlar markaziy kuchlar bo’lib, ularning maydoni potensial xarakterga ega, ya’ni markaziy kuchlar maydonida bajarilgan ish zaryadning qanday traektoriya bo’ylab, qanday tezlik va qanday yo’nalishga ko’chirilishiga bog’liq bo’lmay, balki faqat zaryadning maydondagi boshlang’ich va oxirgi holat parametrlariga bog’liqdir. Qo’zg’almas q-musbat zaryad maydonidagi q0-sinov zaryadini ko’chirishda bajarilgan ishni hisoblaymiz (2.1-rasm). Zaryadni elementar dl masofaga ko’chirishda bajarilgan ish ta’rifga ko’ra, (2.2) N 2.1-rasm uqtaviy zaryad maydonning kuchlanganligi ifodasidan foydalanib: (2.3) rasmdan, (2.4) (2.2), (2.3) va (2.4) ga asosan (2.5) yozamiz. (2.5) ni integrallab, zaryadni maydonning bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga ko’chirishda bajarilgan ish uchun quyidagini hosil qilamiz: (2.6) (2.6) dan, elektrostatik maydonda zaryadni ko’chirishda bajarilgan ish, zaryadning maydondagi boshlang’ich va oxirgi holat parametrlariga bog’liq degan xulosa kelib chiqadi. Bu xulosani zaryadlarning istalgan sistemasi uchun umumlashtirish mumkin. q1, q2, q3 …. Qn zaryadlar sistemasi maydonida turgan q0-sinov zaryadiga har bir zaryad mustaqil ravishda - kuch bilan ta’sir etadi. Sinov zaryadini ko’chirishda bu kuchlarning bajargan ishi (2.2) va (2.4) ga asoslanib. dA1 = F1dr dA2 = F2dr; dAn = Fn·dr yoki dA1 = qoE1dr, dA2 = qoE2dr; dAn = qoEndr tarzida yoziladi. Zaryad bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko’chirishda to’la bajarilgan ish esa: (2.7) Agar qo-zaryad berk kontur bo’yicha ko’chirilsa, elektr maydonida zaryadni ko’chirishda bajarilgan ish nolga teng bo’ladi. yoki (2.8) (2.8) ifodadagi yoki dan iborat kattalik maydon kuchlanganligi vektorining serkulyatsiyasi deb yuritiladi. (2.8) ga muvofiq q0 0, e 0, demak, elektr maydon kuchlanganligi vektorining berk kontur bo’yicha serkulyatsiyasi nolga teng degan xulosa kelib chiqadi. (2.9) (2.9) maydon potensial maydon ekanligining yetarli va zaruriy sharti ifodasidir. Shunday qilib, elektr maydoni kuchlanganlik chiziqlari musbat zaryaddan boshlangan radial chiziqlardan iborat bo’lgan potensial maydondir degan xulosaga kelamiz. Download 154.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling