Elektrotexnika fanining predmeti va uning bugungi kunda jamiyat hayotidagi o’rni Reja


Bugungi kunda mamlakatimizdagi elektr energiyasiga bo’lgan talab va asosiy muammolar, ularnign yechimi


Download 102.28 Kb.
bet3/4
Sana07.03.2023
Hajmi102.28 Kb.
#1247906
1   2   3   4
Bog'liq
ELEKTROTEXNIKA VA ELEKTRONIKA FANIGA 22

Bugungi kunda mamlakatimizdagi elektr energiyasiga bo’lgan talab va asosiy muammolar, ularnign yechimi

40 - yillar oxiri va 50 - yillarda ilmiy tadqiqot ishlari elektr stansiyalari, elektr tizimi va jihozlari ishini yaxshilash, puxtaligini oshirish, samaradorligini ko`tarishga qaratildi (N. N. Shchedrin, H. F. Fozilov), elektr tizimlarini hisoblashning ixcham nazariyasi va usullari yaratildi (H. F. Fozilov, K. R. Allayev, T, X. Nosirov va boshqalar). Elektr tizimlari rejimini ifodalaydigan katta o`lchamli chiziqlimas tenglamalarni yechish (S. S. Solihov), yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalaridan kichik quvvatlarni olish sxemalarini yaratish, hisoblash nazariyasi va usullarini ishlab chiqish (N. R.G`anixo`jayev) masalalari tadqiq qilindi.


O`zbekiston energetikasi rivoji uchun tabiiy iqlim sharoitlaridan oqilona foydalanish maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, xususan, quyosh energiyasi, shamol kuchi, yer osti suvlari harorati va kichik gidro elektr stansiyalardan foydalanish masalalari borasida keng tadqiqot ishlari olib borildi (G. A. Grinevich, R. A. Zohidov). Energetika jarayonlarini avtomatlashtirish va telemexanizatsiyalash hamda energetika tizimlarida o`lchash texnikasi, o`lchash aniqligi, puxtaligi va samaradorligini oshirish kabi ilmiy natijalarga erishishda muhim tadqiqotlar amalga oshirildi (akademik J. Abdullayev). Issiqlik energetikasi va issiklik texnikasi sohasida yoqilg`idan foydalanishning yangi texnologiyasi va issiqlik energiyasidan samarali foydalanish kabi muhim tadqiqot ishlariga ahamiyat kuchaytirildi (R. A. Zohidov, S. Q. Ismatxo`jayev). Sanoatning bir qancha sohalarida energotejamkorlik, energiyadan oqilona foydalanish, GES lar jihozlarini diagnostika qilish, mashina yordamida sug`oriladigan nasos stansiyalari uchun yangi elektr yuritmalar yaratish (T. S. Kamolov), O`zbekiston elektr korxonalarining normal ishlashini EHM yordamida hisoblash (energetika Payziyev), elektrofizikaning fizik-texnik muammolari bo`yicha bir qancha ilmiy natijalarga erishildi. O`zbek olimlari tomonidan avtomatlashtirilgan elektr yuritmalarining yangi avlodi yaratildi. Yarim o`tkazgichli elementlar asosida invertorlarning bir qancha sxemalari taklif etilib, ularni chastotasiga ko`ra boshqariluvchi asinxron, bir fazali kondensatorli asinxron va sinxron motorli aylanish tezligini o`zgartirishga qo`llashlik muammolari ishlab chiqildi (M. 3. Homidxonov, S. 3. Usmonov, N. M. Usmonxo`jayev, A. A. Xoshimov, K. Mo`minov).
Bu yo`nalishda olib borilgan ishlarning biri - bu yangi prinsipda ishlaydigan maxsus elektr mashinalari - ko`p rotorli asinxron motorlarining yaratilishi bo`ldi (A. Dadajonov, 3. Sh. Isamuhamedov). Elektromagnitli val prinsipi taklif etildi va ishlab chiqildi. Bu bir-biriga mexanik ravishda bog`lanmagan bir necha mexanizmlarning aylanish tezliklarini o`zaro muvofiqlashtirishni ta`minlovchi elektromagnitli qurilmadir (N. M. Usmonxo`jayev). Sanoat va qurilishda keng qo`llaniladigan titrama g`alvirlar uchun elektr yuritmalarining yangi turlari yaratilib, ishlab chiqarishga joriy etildi (N. X. Bozorov). Ikki motorli elektr yuritmalar, shuningdek, qutblari keng o`zgarishga ega bo`lgan asinxron motorlari nazariyalari yaratildi (X. G. Karimov). Elektr zanjirlari va tizimlarining chiziqli bo`lmagan nazariyasi va hisobiy usullariga doir hamda avtomatika va hisoblash texnikasi elementlarini ishlab chiqish bo`yicha maktab yaratildi (G`. R. Rahimov).
Parametrik zanjirlar va tizim (3. I. Ismoilov), boshqarish elementlari va texnika vositalari (P. F. Hasanov), avtoparametrik tebranishlar zavjirlarida o`zgaruvchan tok fazalar soni va chastotasini o`zgartirish (A. S. Karimov) nazariyalari yaratildi. Energetika tizimlarining samaradorligini oshirish, quvvatni tejash va ekologik sof energetikaning dolzarb muammolari bo`yicha fundamental tadqiqotlar olib boriladi. Yangi energiya manbalarini topish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari samaradorligini oshirish hamda ularni energiya tizimida qo`llanish ko`lamini kengaytirish istiqbolli masalalardir. O`zbekiston Respublikasida energetika masalalari bilan, asosan, O`zbekiston fanlar akademiyasi Energetika va avtomatika instituti, O`zbekiston milliy unversitetida, Toshkent texnika unversitetida, soha bo`yicha ilmiy tadqiqot institutlarida shug`ullaniladi. Respublikada energetika fani taraqqiyoti G`. Rahimov, H. Fozilov, M. Homidxonov va boshqalar olimlar nomi bilan bog`liq.
“O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati O’zbekiston Respublikasidagi elektr energiyasini asosiy ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilardan biri hisoblanadi hamda respublika iqtisodiyoti va aholisini elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq qondiradi.
Bugungi rivojlanish bosqichida elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, mavjud elektr stansiyalar va tarmoqlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, yuqori samarali energiya ishlab chiqarish texnologiyalari asosida yangi ishlab chiqarish ob’ektlarini qurish, elektr energiyasini hisobga olish tizimini takomillashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish hisobiga yonilg‘i-energetika resurslarini diversifikatsiyalash elektr energetika sohasining asosiy maqsadi hisoblanadi. 2021 yilgacha energetikani rivojlantirishning barcha sohalariga tegishli 52 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Respublika elektr energetikasi xaqli ravishda O’zbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari tarkibiga kiradi. U yirik ishlab chiqarish va ilmiy-texnik imkoniyati bilan iqtisodiyotning rivojlanishi va xalq farovonligiga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda.
“O’zbekenergo” AJ elektr energetika sohasidagi maxsus vakolatli organ bo‘lib, respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholisini markazlashtirilgan holda elektr energiyasi bilan ta’minlaydi, shuningdek respublikaning bir qator shaharlaridagi sanoat va kommunal-maishiy iste’molchilariga issiqlik energiyasini yetkazib beradi.
Ishlab chiqarish texnologik jarayonining, elektr energiyasini taqsimlash va iste’mol qilishning o‘ziga xosligi jamiyat tarkibiga kiruvchi elektr stansiyalar, magistral va taqsimlovchi elektr tarmoqlarini markazlashtirilgan holda boshqarishni saqlash zarurligini taqozo etadi.
2017 yilda elektr stansiyalarning o‘rnatilgan quvvati jami 14,1 mln.kVt dan ortiq bo‘lib, “O’zbekenergo” AJ tomonidan 13,6 mln.kVt elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
2017 yilda respublika bo‘yicha 58,9 mlrd.kVt∙s elektr energiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lib, bundan 52,14 mlrd.kVt∙s issiqlik elektr stansiyasi (IES) hissasiga to‘g‘ri keladi, shuningdek 7,3 mln.Gkal issiqlik energiyasi yetkazib berilgan.
Elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalardan umumiy uzunligi 8,8 mingdan ortiq bo‘lgan 220-500 kV quvvatli magistral elektr tarmoqlari orqali hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr energiyasini yetkazib berish ishlari “O’zelektrtarmoq” unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.
Elektr energiyasini respublika iste’molchilariga sotish har bir hududiy tuzilmada aksionerlik jamiyati sifatida faoliyat ko‘rsatuvchi 14 ta hududiy taqsimlash-sotish korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
Korxonalar balansida umumiy uzunligi 226,2 ming kilometrdan ortiq elektr uzatish liniyalari va kuchlanishi 110 kV gacha bo‘lgan kichik stansiyalar mavjud.
Umumiy uzunligi 196 ming kilometrdan ortiq 0,4-6-10 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari eng keng tarqalgan bo‘lib, ular orqali elektr energiyasining ko‘p qismi respublika iste’molchilariga yetkazib beriladi.
“O’zbekenergo” AJ loyihalash, qurilish-montaj va sozlash ishlarini amalga oshiruvchi hamda elektr stansiyalari va tarmoqlarining asosiy va yordamchi uskunalarini ta’mirlash va ulardan foydalanish bilan shug‘ullanuvchi yagona ishlab chiqarish majmuasi hisoblanadi.
“O’zbekenergo” AJ da rivojlangan ishlab chiqarish bazasi va yuqori malakali xodimlarning mavjudligi, energetika sohasidagi qurilish ishlarini yuqori darajada olib borish imkonini beradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekenergo” AJ da 2018 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan davrda tarkibiy o‘zgarishlar, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilish” bo‘yicha farmoniga muvofiq umumiy qiymati 11 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lgan 52 ta, shu jumladan issiqlik energetikasida 25 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
Issiqlik energiyasi sohasidagi tadbirlarni amalga oshirish bilan, energobloklarning foydali ish koeffitsiyenti 60 foizgacha yetadigan yuqori samarali bug‘-gaz va gaz-turbina qurilmalari asosida zamonaviy energiya ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish imkonini beradi.
Shuningdek, “O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatida, elektr energiyasini yetkazib berishni nazorat qilish va hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bilan respublikaning barcha hududida loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirishni nazarda tutadigan elektr energiyasini hisoblash tizimini modernizatsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Noan’anaviy qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish sohasida, Samarqand, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida quvvati 100 MVt dan bo‘lgan quyosh elektr stansiyalarini hamda Navoiy viloyatida quvvati 102 MVt ga teng shamol elektr stansiyasini qurish rejalashtirilgan.
Zamonaviy texnologiyalar va energiya tejovchi uskunalarni joriy etish bilan belgilangan dasturni amalga oshirish, elektr energiyasini yetkazib berish uchun maxsus yonilg‘ining solishtirma sarfini 10 foizgacha qisqartirish bilan elektr energiyasini ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, yoqilg‘i energetika balansining diversifikatsiyasini qattiq yoqilg‘ining ulushini 2016 yildagi 5,2 foizdan 2021 yilda 7,1 foizgacha ko‘tarish bilan amalga oshirish va iste’molchilarning ortib borayotgan elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkonini bemaydon ta`siridan tashqariga chiqarish uchun maydondagi kuchlar ish bajarishi lozim, ana shu ishni ifodalovchi kattalik shu nuqtaning potentsiali deyiladi.



Download 102.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling