Elektrotexnika sanoati korxonalarini innovatsion rivojlantirishda mis klasterining o’rni
-rasm. Elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi ko’rsatkichlari4
Download 1.21 Mb.
|
Elektrotexnika sanoatini innovatison rivojlantirishda mis sanoatining o
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. Yalpi qo’shilgan qiymatda soha ulushi ko’rsatkichlari 5
- 2-rasm. Elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi ko’rsatkichlari 6
1-rasm.
Elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi ko’rsatkichlari4 Bundan tashqari, 2022 yilning 6 oylik yakunlariga asosan, ishlov beruvchi sanoat yalpi qo‘shilgan qiymatida (YaQQ) elektrotexnika mahsulotlarining (IFUT 26-27 bo‘yicha) ulushi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan “Komputer, elektr va optik mahsulotlar ishlab chiqarish” faoliyat turi bo‘yicha 2,2 foizdan 1,5 foizga kamaygan, “elektr uskunalari ishlab chiqarish” faoliyat turi bo‘yicha esa o‘zgarmagan va 1,6 foizni tashkil etgan. 2-rasm. Yalpi qo’shilgan qiymatda soha ulushi ko’rsatkichlari5 Joriy yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, ishlab chiqarish hajmi tarkibida eng katta ulushni kabel-sim mahsulotlari – 36,5%, maishiy texnika – 33,2%, quvvat uskunalari va boshqa mahsulotlar – 30,3% egalladi. 2-rasm. Elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi ko’rsatkichlari6 “2022 yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, elektrotexnika mahsulotlari eksportining umumiy hajmi 52,8 foizga, jumladan, maishiy texnika 59,3 foizga o‘sdi”. 2022 yilning birinchi yarim yilligida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan eng yuqori o‘sish sur'atlari maishiy texnika (23,7 foizga, ya'ni 2,21 trln so‘mdan 2,73 trln so‘mga), kabel-sim mahsulotlari (19,8 foizga, ya'ni 2,5 trln so‘mdan 3,0 trln so‘mga) ishlab chiqarish sohasida kuzatilgan bo‘lib, quvvat uskunalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmadi va 2,5 trln so‘mni tashkil qildi. Masalan, joriy yilning birinchi yarmida 302,6 ming dona sovutkich va muzlatkichlar ishlab chiqarildi, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,4 foizga (2021 yilda – 281,8 mingta, 2020 yilda – 185,3 mingta) ko‘p. Ta’kidlash joizki global yashil iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, qayta tiklanadigan energiya manbalari va elektromobillar ishlab chiqarish hajmining ortishi tufayli 2030-yilga kelib, jahonda misga bo‘lgan talab 40 foizga o‘sishi kutilmoqda. Bu esa o‘z navbatida OKMK xomashyosini yanada qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarishga o‘tishni ta’minlash zaruratini uyg‘otadi. O‘zbekistonning mis sanoatidan oladigan daromadi ayni paytda 2,5 milliard dollarni tashkil etadi. 2029-yilga kelib, mis ishlab chiqarishni 400 ming tonnagacha oshirish bilan bu ko‘rsatgich turdosh tarmoqlarni hisobga olgan holda, yuqori qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish hisobiga 7-8 milliard AQSh dollariga yetishi mumkin. Shu maqsadda 24-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning mis sanoati klasterini tashkil etish bo‘yicha PQ 5159-sonli “Tog‘-kon metallurgiya sanoati va unga turdosh tarmoqlarni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mis sanoati klasteri doirasida misni chuqur qayta ishlash 2029-yilga kelib320 ming tonnani tashkil etadi. Respublikada mis va mis asosida qotishmalardan yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan takliflar, ya’ni 40 ta istiqbolli loyihalar ishlab chiqildi. “Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish texnologik markazini rivojlantirish konsepsiyasi, shuningdek, “Olmaliq KMK” AJ huzuridagi Noyob metallar va qotishmalar ilmiy-texnologik markazining konsepsiyasi ishlab chiqildi hamda mutasaddi vazirlik va idoralarga kiritildi. Ushbu sohada 75,2 million dollarlik 19 ta va misni qayta ishlashni ko‘paytirish bo‘yicha 8 ta istiqbolli loyihalarni amalga oshirish belgilab olindi. Mis sanoati klasteri doirasida loyiha va injiniring xizmatlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining o‘zaro bog‘liq tizimini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni transfer qilish, innovatsiyalarni va raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda mavjudlarini takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalar asosida fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Fan va ishlab chiqarishni o‘zaro hamkorligini yangi tizimni yo‘lga qo‘yish orqali bugungi kunda palladiyni ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashtirildi va natijada mehnat sermashaqqatligi 54 jarayondan 14 ga kamaytirilgan bo‘lib, metallning tozaligi 70 foizdan 99 foizgacha yetkazildi. Mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish, yangi mahsulot turlarini ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi negizida mis va nodir metallar asosida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish zanjirini kengaytirish bo‘yicha 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqildi. Mazkur loyihalarning umumiy qiymati 65 million dollarni tashkil etadi hamda ishga tushirilgandan so‘ng qo‘shimcha tarzda 460 ish o‘rinlari yaratiladi. Jumladan, dasturda additiv texnologiyalar (3D bosma) uchun kukun, dvigatellar uchun murakkab shaklli qismlarni (shesteryonka, shatun va boshqalar), mis kukuni, misdan yupqa listlarni va polosalar, elektrdvigatellarni, servodvigatellar, grafitli elektrcho‘tkalar ishlab chiqarish kabi istiqbolli loyihalar o‘rin olgan. Bundan tashqari, Angren quvur zavodida ham bir necha turdagi yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish belgilab olindi. Bular — mis nakonechniklari, kapillyar quvurlar, mis fitinglari, polosa qoplamasiga mis halqalari. Shuningdek, ushbu zavodning misni qayta ishlash quvvatlarini bosqichma-bosqich oshirib borish rejalashtirilmoqda. Ayni paytda zavod yiliga 8 ming tonna misni qayta ishlasa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 20 ming tonnaga yetkazilishi kutilmoqda. Hozirda ushbu loyihaning zarur hujjatlari ishlab chiqilmoqda. Mamlakatimiz rahbarining topshirig‘iga ko‘ra, 2026-yilga borib, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan misning 80 foizi qayta ishlanadi. Bu esa yuqori qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, yangi ish o‘rinlarini ham yaratadi. XULOSA Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, innovatsiya doimiy ravishda harakatda bo‘luvchi, yangi tur mahsulot ishlab chiqaruvchi va yangilanib turuvchi iqtisodiy holatdir. Innovatsion salohiyat iqtisodiy rivojlanishni ilmiy- texnikaviy yoki ishlab chiqarish jarayonini amaliy jihatdan tubdan yangilash va takomillashtirishning asosiy omili ekanligidan kelib chiqqan holda, fundamental ilmiy tadqiqotlar asosan iqtisodiyot tarmoqlarini samarali rivojlantirish bo‘yicha tegishli iqtisodiy siyosatga asoslangan holda olib borishi lozim. Shuningdek, innovatsion salohiyat yangi ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, mavjudlarini rag‘batlantirish hisobiga yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish va xizmatlarni ko‘rsatishni tashkil etishda o‘z ifodasini topadi. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan korxonalarning innovatsion salohiyatini rivojlantirish, kelgusida ushbu sohadagi boshqaruv tizimini mustahkamlash, yangi tur mahsulot ishlab chiqarish va yangi texnologiyalarni yaratuvchi xodimlarni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga bog‘liq bo‘ladi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling