Elementar zarralar. Zarralar va


Modda va mavdonning bir-biriga aylanishi


Download 46.5 Kb.
bet3/5
Sana16.04.2023
Hajmi46.5 Kb.
#1360450
1   2   3   4   5
Bog'liq
Elementar zarralar

Modda va mavdonning bir-biriga aylanishi.

Elektronning o'z antizarrasi — pozitron bilan uchrashuvi ularning elektromagnit nurlanish kvantiga aylanishiga va energiya ajralishiga olib keladi. Bu hodisa annigilyatsiya deyiladi:


Nafaqat elektron va pozitron, balki barcha zarralar ham o'z antizarralari bilan uchrashganda annigilyatsiyaga kirishadi. Bosh-qacha aytganda, ular elektromagnit maydon kvantlariga (foton-larga) aylanadi.
Ushbu holda annigilyatsiya so'zi uncha qulay tanlanmagan. Chunki u lotincha «yo'qolish» degan ma'noni anglatadi.
Aslida esa zarra va antizarra uchrashganda hech qanday yo'qolish ro'y bcrmaydi.
Barcha saqlanish qonunlari to'la bajariladt. Materiya modda ko'rinishidan elektromagnit maydon kvantlari ko'rinishiga o'tadi, xolos. Agar moddaning elektromagnit maydon kvantlariga aylanish jarayoni ro'y bersa, unda teskarisi, maydon kvantlarining moddaga aylanish jarayoni ham ro'y bermaydimi, degan savol tug'iladi.
AJbatta, ro'y beradi. Umuman olganda, biz bu jarayon bilan tanish-miz . Energiyasi elektron va pozitronning tinchlik-dagi energiyafari yigindisidan katta boigan y- kvant yadroning yonidan o'tganida elektron-pozitron juftli-giga aylanishi mumkin:
Elektron-pozitron juftligining paydo bo'lishi va ularning annigilyatsiyasi materiyaning ikki shakli (modda va maydon) o'zaro bir-biriga aylanishlarini ko'rsatadi.


Antimodda.

Agar barcha zarralarning antizarralari mavjud boisa, unda antiyadro, aniqrog'i antizarralardan tashkil topgan antimodda yo'qmikan? Antiyadrolarning mavjudligi qayd qilingan. Birinchi antiyadro - antideytron (p va n larning bog'langan holati) 1965- yilda amerikalik fiziklar tomonidan topilgan. Keyin-chalik esa Serpuxovadagi tezlatgichda antigeliy (1970) va antitritiy (1973) yadrolari hosil qilindi.


Zarralar bilan to'qnashganda annigilyatsiyaga uchrashi antizar-ralarning uzoq vaqt zarralar orasida boiishiga imkon bermaydi. Shimi alohida ta'kidlash kerakki, annigilyatsiya jarayonida juda katta miqdorda energiya ajralib chiqadi. Solishtirish uchun aytish mumkinki, ajralib chiqadigan energiya yadro reaksiyalarida ajrala-digan energiyadan millionlab marta kattadir. Shunday qilib, anni-gilyatsiyada o'zaro ta'sirlashadigan zarralarning barcha energiyasi boshqa turdagi energiyaga aylanadi, ya'ni annigilyatsiya mavjud energiya manbalari orasida eng katta energiya ajraladigan jarayondir.


Agar olamning bizga yaqin biror joyida antimodda mavjud bo'l-ganda edi, kuchli annigilyatsiya jarayoni ro'y berishi va uikan portlash bo'lib, katta miqdorda energiya ajralishi kerak edi. Lekin astrofiziklar hanuzgacha bunday holni qayd etmaganlar. Shuning uchun ham antimoddani olrganish hozircha, faqat modda tuzilishini o'rganish yo'nalishidagi fundamental izlanishlardan iborat bo'lib qolmoqda.


Aziz olquvchilar, siz ham tez orada bu izlanishlarga o'zingiz-ning munosib hissangizni qo'shasiz, degan umiddamiz
.Elementar zarralarning asosiy xossalari va ularni klassifikatsiyalash. Kvarklar
Mazmuni: elementar zarralar ta'sirlashuvining turlari; kuchli ta'sir!asliuv; elektromagnit ta'sirlashuv; kuchsiz ta'sirlashuv; gravitatsion ta'sirlashuv;- «Buyuk birlashuv» nazariyas>i; fotonlar; leptonlar; mezonlar; barionlar; kvarkiar.



Download 46.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling