Elementlari va suvdan foydalanish rejalarini tuzish
Download 54.81 Kb.
|
Xvii. Gidromeliorativ tizimlarni tashkil etuvchi elementlari va -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17.1 Gidromeliorativ tizimlarini loyixalash uchun tabiiy sharoitlarni o’rganish va ularni loyixalash
Xvii. Gidromeliorativ tizimlarni tashkil etuvchi elementlari va suvdan foydalanish rejalarini tuzish XVII. GIDROMELIORATIV TIZIMLARNI TASHKIL ETUVCHI ELEMENTLARI VA SUVDAN FOYDALANISH REJALARINI TUZISH 17.1 Gidromeliorativ tizimlarini loyixalash uchun tabiiy sharoitlarni o’rganish va ularni loyixalash Gidromeliorativ tizimlar bajaradigan ishlariga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Markaziy Osiyoda gidromeliorativ tizimlarini asosan sug’orish tizimlari tashkil etadi. yerlarni sug’orishdan asosiy maqsad qishloq xo’jalik o’simliklaridan barqaror hosil olishni ta’minlashdan iboratdir. Sug’orish suvini manbadan olib uni sug’orish tizimlari orqali ekin dalalariga yetkazish, hamda sug’orish, texnikasi (usullari) yordamida oqim holatidagi suvni tuproq namligiga aylantirish borasidagi barcha tashkiliy, boshqarish ishlari suvdan foydalanish deb yuritiladi. Suvdan foydalanish gidromeliorativ tizimlardan foydalanishni asosini tashkil qiladi. Bunda quloq boshidan uzoqlashgan sayin sug’orish tarmoqlari va ulardagi suv sarfini tarqatuvchi tarmoqlar soni ortib boradi va shu bilan birga suvni boshqarish ishlari murakkablashib boradi. SHuning uchun ham barcha sug’orish tizimlari uchun mavjud maydonlarni me’yoriy holatda suv bilan ta’minlash maqsadida suvdan foydalanish rejalashtiriladi. Suvdan foydalanishni rejalashtirishni mohiyati sug’orish uchun mo’ljallangan suv miqdorini suvdan foydalanuvchi xo’jaliklarga ularni ekin maydonlari va ekin turlariga qarab ekinlarni sug’orish rejasiga muvofiq rejalashtirish sug’orish manbaidan olib sug’orish tizimlari orqali yetkazib berishdir. Suvdan samarali foydalanishni suvdan foydalanish rejasini tuzishga olib keladi. Suvdan rejali foydalanish sug’orish tizimidan maqsadli va unumli foydalanishning asosidir. Suvdan foydalanuvchi xo’jaliklarning suvdan foydalanish rejalarida qo’yidagilarga rioya qilinishi ko’zda tutilishi lozim: -qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish uchun belgilangan optimal sug’orish tartiblariga rioya qilishni va sug’orish texnikasining ratsional elementlarini hisobga olgan xolda reja bo’yicha aniqlangan suv sarfini olish, yoki davlat sug’orish sistemasining limiti bo’yicha belgilangan suv sarfidan to’g’ri foydalanish; -suvning sug’orish tarmoqlarida isrof bo’lishini shuningdek sug’orish usullarining takomillashmaganligi, sug’oriladigan dalalarni tekislanmaganligi tufayli sug’orish tarmoqlaridan va sug’orish dalalaridan suv sarfini maksimal kamaytirish; -sho’r yuvishni sifatli tashkil qilish va o’tkazish orqali meliorativ xolati yomon yerlarni to’zini ketkazish, yozgi sug’orish mavsumida sug’orishni, vegetatsiya sug’orishni sho’r yuvish tartibi darajasida o’tkazish va zovurlarning uzunligi va chuqurligini optimal uzunlikda bo’lishini ta’minlab sizot suvlari sathining ko’tarilishiga yo’l qo’ymaslik; -sug’orishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish hisobiga tuproqning hosildor qatlamidagi ozuqa moddalarin yuvilib ketishiga yo’l qo’ymaslik; Download 54.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling