Dissertasiya mavzusining dissertasiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasi ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi. Dissertasiya tadqiqoti Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Tarix fakultetining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi. 1991 – 2022 yillarda Qozog’iston Respublikasi tashqi siyosatining tadrijiy rivojlanishi tarixini ochib berishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
Qozog’iston Respublikasinig mustaqil davlat sifatida tashkil topishini tadqiq etish;
Qozog’iston Respublikasi tashqi siyosati asoslarini shakllanishi va ustuvor yo’nalishlarini tahlil etish;
Qozog’iston Respublikasining jahon mamlakatlari bilan hamkorligining yo’lga qo’yilishini o’rganish;
Qozog’iston Respublikasining jahonning buyuk mamlakatlari (Rossiya, AQSh va Xitoy) bilan hamkorlarini yoritish;
Qozog’iston Respublikasining xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro munosabatini o’rganish;
Qozog’iston Respublikasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti munosabatini tahlil etish;
Qozog’iston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkiloti bilan o’zaro munosabatlarini o’rganish;
Qozog’iston Respublikasining xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorligini yoritish;
Qozog’iston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishlarini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning obyektini Qozog’iston Respublikasi tashqi siyosati tarixi tashkil etadi.
Tadqiqotning predmeti 1991 – 2022 yillarda Qozog’iston Respublikasi tashqi siyosatining evolyusiyasi, davlatlaro va tashkilotlar munosabatlarining mamlakat tashqi siyosati jarayoniga ta’siri, tashqi siyosati ustuvor yo’nalishlari, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorligi, xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlaridan iborat.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqotda tarixiy-qiyosiy, tizimlashtirish, muammoviy-xronologik, statistik va boshqa ilmiy tadqiqot usullaridan keng foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |