Elomon keyingi o'rinlarda «Xodim» deb ataladi, mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdik: Xodim Elomon


Download 21.08 Kb.
bet1/2
Sana14.04.2023
Hajmi21.08 Kb.
#1356436
  1   2
Bog'liq
MEHNAT SHARTNOMASI


MEHNAT SHARTNOMASI
1. To‘rtko‘l tumani xalq ta'limi bo'limiga qarashli 19-son umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori Yakubov G'ofur keyingi o’rinlarda “Ish beruvchi” deb ataladi va fuqaro Elomon keyingi o'rinlarda «Xodim» deb ataladi, mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdik:
2. Xodim Elomon mutaxassisligi bo'yicha To‘rtko‘l tumani Xalq ta'limi bo'limiga qarashli 19-son umumiy o’rta ta'lim maktabiga 1 stavka Geografiya fani o’qituvchisi lavozimiga ishga qabul qilinadi.
3. Shartnoma asosiy ish bo‘yicha hisoblanadi.
4. Shartnoma muayyan muddatga tuziladi. asosiy xodim Raimbaeva Nazokat Usmanovna kasallik varaqasidan kelgunga qadar tuzilgan hisoblanadi.
5. Shartnoma bo’yicha ishning boshlash sanasi 2023-yil 30-martdan hisoblanadi.
6. Sinov muddati shartnoma tuzilgan kundan boshlab sinov muddatisiz.
7. Xodim majburiyatlari:
a) mehnat va texnologiya intizomi (ichki mehnat tartibi qoidalari, ustavlar va intizom to'g'risidagi qoidalar)ga rioya qilish;
b) ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini bajarish;
v) mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish;
g) lavozim yo'riqnomalariga rioya qilish;
d) YATMM, MM bilan nazarda tutilgan malaka majburiyatlariga rioya qilish;
y) qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarga rioya qilish; j) jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish;
z) ish faoliyatiga doir konfidentsial ma'lumot (axborot)larni tarqatmaslik ya'ni sir saqlash;
i) xodim tomonidan qabul qilinadigan boshqa majburiyatlar.
8. Ish beruvchining majburiyatlari:
a) xodimning mehnatini tashkil etish, xodimni mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari, lavozim yo'riqnomalari va jamoa shartnomasi va boshqa normativ va mahalliy hujjatlar bilan tanishtirish;
b) mehnat va ishlab chiqarish intizomini ta'minlash; v) ish haqini o'z vaqtida to'lash;
g) xavfsiz va samarali mehnati uchun shart-sharoitlar yaratish, xodimni o'qitish, unga mehnatning xavfsiz shart-sharoiti to'g'risida yo'l-yo'riq berish;
d) ish joyini mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq jihozlash;
j) qonun hujjatlariga va boshqa normativ hujjatlarga rioya qilish; z) jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish;
i) ish beruvchi tomonidan qabul qilinadigan boshqa majburiyatlar: Ish kunining tartibi haftasiga 9 soatdan oshmagan, haftada 6 kunlik ish. to'liqsiz ish kuni.
9. Mehnatga haq to’lash. Xodimga quyidagicha haq to’lash belgilanadi:
10. a) ish haqi shtatlar jadvaliga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan miqdorda to’lanadi. (ish haqi miqdori qonun hujjatlariga asosan o’zgarishi mumkin);
b) mehnat sharoitlari bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha haq, ustama, kompensatsiyalar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan miqdorda to’lanadi;
d) jamoa shartnomasi shartlari bilan nazarda tutilgan, shuningdek, berilgan (mavjud) huquqlar va mablag’lar doirasida rahbar tomonidan belgilanadigan qo’shimcha haq, ustama, mukofot, taqdirlashlar va rag’batlantiruvchi turdagi boshqa to’lovlar buyruqqa asosan to’lanadi.
11. Xodimga a) asosiy ta’til (mehnat ta’tili) 15 ish kunidan;
b) qo'shimcha ta’til 33 ish kunidan iborat bo'lgan jami 48 ish kuniga haq to'lanadigan yillik ta'til belgilanadi.
12. Mehnat shartnomasining mehnat sharoitlari, mehnatga haq to'lash xususiyatlari, ijtimoiy himoya qilish, imtiyozlar, kafolatlar berish va hokazolar bilan bog'liq boshqa shartlari jamoa shartnomasida belgilanadi



Xodim:

Ish beruvchi:

Eomon

To‘rtko‘l tumani xalq ta’limi bo’limiga qarashli 19-son maktab nomidan Yakubov G'ofur

Manzil: To‘rtko‘l tumani, Yashnaobod OFY 12- Bo'lim

Manzil: To‘rtko‘l tumani, Sho'raxon OFY

Imzo:

Imzo
Muhr




[[QR]]

Hujjat elektron raqamli imzo orqali imzolangan.
Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tekshirish uchun QR Code ni skanerlang.

Imzolovchi F.I.SH.

{signed_by}

Imzolangan sana

{signed_date}

Hujjat kodi


Download 21.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling