E’lon ! Hurmatli professor o’qituvchilar va talabalar ! 2022 yil 17- dekabr kuni soat 10: 00 da “Tabiiy va aniq fanlarda masofaviy ta’lim”
Download 381.59 Kb. Pdf ko'rish
|
10.12.2022 yil OCHIQ DARS33
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Excelda ma’lumotlarni statistic qayta ishlash va ularning diagrammasini ko’rish” mavzusidagi OCHIQ DARSIGA
- Qatnashdilar
- Excelda ma’lumotlarni statistic qayta ishlash va ularning diagrammasini ko’rish
- Kafedra mudiri (yig’ilish raisi)
E’LON ! Hurmatli professor o’qituvchilar va talabalar ! 2022 yil 17- dekabr kuni soat 10:00 da “Tabiiy va aniq fanlarda masofaviy ta’lim” kafedrasi o’qituvchisi Xo’jayev Temurning “Excelda ma’lumotlarni statistic qayta ishlash va ularning diagrammasini ko’rish” mavzusidagi OCHIQ DARSIGA barcha xoxlovchilarni taklif qilamiz. Tabiiy va aniq fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi. Jizzax DPU Tabiiy va aniq fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi Uslubiy kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi Bayonnomasidan ko‘chirma Sana: 17.12.2022 yil Bo‘ston shaharchasi Qatnashdilar: kafedra mudiri PhD H.Alimov (Yig‘ilish raisi), va kafedra professor-o‘qituvchilari KUN TARTIBIDA O‘qituvchi Xo’jayev Temur Abdukarim o’g’lining 2022 yil 17–dekabr kuni Tabiiy va aniq fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi o’qituvchilari uchun Ta’limda axborot texnologiyalari fanidan “Excelda ma’lumotlarni statistic qayta ishlash va ularning diagrammasini ko’rish mavzusidagi bir juftlik ochiq nazariy mashg’uloti tahlili va muhokamasi. ESHITILDI: 1. Kafedra mudiri PhD, H.Alimov so‘zga chiqdi. Ma’ruzachi 17.12.2022 kuni 10:00da Xo’jayev Temur Abdukarim o’g’li “Excelda ma’lumotlarni statistic qayta ishlash va ularning diagrammasini ko’rish” mavzusidagi ochiq o‘quv seminari tashkil etildi. Tabiiy va aniq fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi o’qituvchilari uchun mavzu bo‘yicha atroflicha tushunchalar berib o‘tildi. Ochiq ma’ruza mashg‘ulotiga darsga kirib, kuzatib tahlil qilgan o‘qituvchilarga so‘z berdi. So‘zga kafedra o‘qituvchisi Egamov S. so`zga chiqdi. Ochiq ma’ruza xususida darsga kirgan prof- o‘qituvchilarning fikrlarini aytdi va dars yuzasidan quyidagi fikrlarini bildirdi. (6 ball qo‘ygan) - Dars to‘g‘ri tashkil etildi. O‘tilgan dars talabalarga tushunarli bayon qilib berildi. O‘qituvchi darsga puxta tayyorgarlik ko‘rgani sezilib turibdi. O‘qituvchi fanni yuqori darajada o‘zlashtirgan. Takliflar: - Imkon darajada talabalar mashg‘ulot so‘nggida mavzu bo‘yicha fikr- mulohazalarini aytishsa yanada ko‘proq tushuncha hosil bo‘lgan bo‘lardi; - Savol-javoblarga oxirigacha imkon berilsa yanada yaxshi bo‘lardi. Yo‘l-yo‘riqlar: Qo‘shimcha ilmiy adabiyotlar to‘g‘risida va internetdagi manzil havolalar ma’lumotlarini talabalar e’tiboriga havola qilinganda darsning samaradorligi yanada oshar edi. Asosiy adabiyotlar tavsiya etildi. Ma’ruzachi so‘zining yakunida ushbu ochiq darsni 7 ball bilan baholaganligini aytib so‘zini yakunladi. Takliflar: Mavzu bo‘yicha fakt va amaliy islohatlar samaradorligini, muammolarni ochib berish lozim, talabalar fikrlari so‘ralishi, ular tomonidan aytilgan yaxshi mulohazalarni rivojlantirish kerak. Dars tahlili uchun Shaymatov S.(7 ball), S.Egamov (7 ball), Gadayev D. (7 ball) S.Xo’rozov.(7 ball) hamda JDPU “Tabiiy va aniq” kafedrasi mudiri PhD. H.Alimov 7 ball) lar ham darsni kuzatib tahlil qilishgan. (Kafedrada dars tahlillari mavjud.) Nazariy bilimlarni egallaganligi – 2 ball; Amaliy ko‘nikmalar shakllanganligi – 2 ball; O‘qitishda fanning zamonaviy tendensiyalarini egallaganligi – 2 ball; Pedagogik mahorat va nutq madaniyatini egallaganligi – 2 ball. Kafedra qaror qiladi: 1. Ochiq o‘quv seminar darsiga kirgan o‘qituvchilarning dars tahlillari ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘tkazilgan ochiq darslar ijobiy deb baholansin. Kafedra mudiri (yig’ilish raisi) PhD. H.Alimov Kafedra uslubiy ishlari bo‘yicha mas’ul: I.Raxmonov Download 381.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling