Eltuydiyeva shoira
Download 169.61 Kb.
|
Addektiv xulq motivlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “Pedagogika va Psixologiya yo‘nalishi” 4- kurs 19-8 - guruh talabasi ELTUYDIYEVA SHOIRA Xulqi olishganlik fanidan Mavzu: “Addektiv xulq motivlari” MUSTAQIL ISH
Reja: 1. Shaxsning xulq-atvor nazariyasi 2. Motiv va motivatsiya tavsifi 3. Addiktiv ( tobelik) xulq-atvor sabablari 4.Xulosa 5.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Faylasuflar qadim zamonlardan buyon shaxs xulq-atvorining u yoki bu shakllari qonuniyatlarini aniqlashga, nima sababdan bir kishi bilan umumiy til topishi oson-u, boshqa kishi bilan umumiy til topishning hyech qanday iloji yo’qligini, ayrim kishining xulq-atvori mantig’i nima bilan belgilanishini aniqlashga urinib kelganlar. Xulq-atvor shaxsning atrof-muhit bilan o’zaro ta’sirga kirishish shakllaridan iborat bo’lib, ular bir qator omillarga bog’liq bo’ladi. Shaxsni va uning xulq-atvorini tavsiflab beradigan asosiy omillarga quyidagilar kiradi: shaxsning tabiiy xususiyatlari, uning o’ziga xos psixologik xususiyatlari; ehtiyojlari, sabablari, qiziqishlari tizimi; shaxsni boshqarish tizimi, uning “men-obrazi”. Shaxsning tabiiy xususiyatlari – bular unda tug’ilgan vaqtidan boshlab mavjud bo’lgan narsalardir. Odatda, ular faollik va ta’sirchanlik singari dinamik tavsiflarning ma’lum darajada ifodalanishi bilan ajralib turadi. Shaxsning faolligi turli xil faoliyatlarga intilishida, o’zini namoyon qilishida, psixik jarayonlarning, harakat reaksiyasining kechish kuchi va tezligida ifodalanadi, ya’ni shaxsning faoliyatiga xos bo’lgan xususiyat sifatida namoyon bo’ladi. Faollikning eng oxirgi ifodasi, bir tomondan, katta kuch-g’ayrat sarflpsh, harakatdagi, faoliyatdagi, nutqdagi shiddatkorlik bo’lsa, ikkinchi tomondan, psixik faoliyat, nutq, imo-ishoraning zaifligi, passivligida aks etadi. Ta’sirchanlik shaxsning asabi qo’zg’aluvchanligining turli darajasida, uning atrofimizdagi olamga bo’lgan munosabatini ko’rsatib beruvchi his-tuyg’ularining shiddatkorligida namoyon bo’ladi. XX asr 20-yillarining boshlarida shvesariyalik psixiatr K.G.Yung shaxsning psixologik xususiyatlarini “ekstraversiya” va “introversiya” tushunchalari orqali ta’riflab berishni taklif etdi. Ekstraversiya (extra – tashqari) shaxsning shunday psixologik xususiyatlarini ko’rsatib beradiki, bunda shaxs o’zining qiziqishlarini tashqi omilga, tashqi obyektlarga qaratadi, ba’zan ba’zan buni o’zining qiziqishlari hisobiga, shaxsiy ahamiyatini pasaytirish hisobiga amalga oshiradi. Ekstravertlarga xulq-atvorining ta’sirchanligi, imo-ishoralardagi faollik, samimiylik, tashabbus ko’rsatish (ba’zan ortiq darajada), ijtimoiy ko’nikuvchanlik, ichki olamning ochiqligi xos bo’ladi. Introversiya (into – ichki) shaxsning o’z shaxsiy manfaatlariga, ichki olamiga diqqat e’tiborining qayd qilinishi bilan ajralib turadi. Introvertlar o’zlarining manfaatlarini eng muhim deb hisoblab, uni yuqori darajada qadrlaydilar. Ular uchun odamovilik, biqiqlik, ijtimoiy passivlik, mustaqil tahlil qilishga moyillik, yetarli darajada murakkab ijtimoiy adabtasiya (ko’nikuvchanlik) xosdir. Introversiya – ekstraversiyaning hissiy tavsiflar bilan birga qo’shilib kelishi shaxs temperamentini belgilab beradi. PShaxsni boshqarishga doir kurslarning ko’pchiligi guruhlarning samaradorligini oshirishga doir qo’llanmalarni bayon qiladi. Guruhlarning samarali ishlashiga ta’sir qiluvchi omillarni qarab chiqishga o’tishdan oldin umuman tashkilotlarda (guruhlarda) muayyan muammolarni hal qilish uchun tuziladigan guruhlarga taaluqli ko’pchilik g’oyalar, qoidalarni sanab o’tishga harakat qilamiz. Shunday qilib, quyidagilarni aytish mumkin: kishilar guruhlarda doimiy ravishda bir-birlari bilan bog’liq ravishda yashaydilar; bir guruhning odamlari umumiy normalarga ega bo’ladilar va umumiy maqsadlarni qo’llaydilar; guruhlar bir xil vazifalarni bajarmasliklari mumkin. Ularning hammasi ma’lum darajada ixtisoslashgan. Haqiqatda ularning ixtisoslashuvi odamlarning ehtiyojlariga bog’liq bo’ladi; shaxslar ko’pgina guruhlarda ishtirok etadilar. Guruh inson hayotining tabiiy va muqarrar bir qismi hisoblanadi. Guruhlar doimiy muvaqqat va tasodifiy bo’ladi; ayrim guruhlar erkin bo’ladi. Ularga odamlar o’z xohishlari bo’yicha kiradilar. Boshqalar majburiy xarakterda bo’ladi (masalan, biz dunyoga kelib oila, etnik guruh, millat tanlamaymiz); ishchi guruhlari rasmiy va norasmiy bo’lishi mumkin. rasmiy guruhlar tashkiliy tuzilishi bilan ajralib turadi. Bu yerdagi ijtimoiy munosabatlar shaxssiz xususiyatga ega bo’ladi va oldindan belgilangan rollar orqali amalga oshiriladi. Bular tashqi muhit, madaniyat bilan belgilanuvchi normalarga muvofiq rasmiylashish an’anasiga ega bo’ladi. Norasmiy guruhda shaxsiy ijtimoiy munosabatlar mavjud bo’ladi, ular ichki muhit bilan belgilanadigan rollarda amalga oshiriladi. Bu rollarning mazmuni guruh ichidagi o’zaro hamkorlikning natijasidir; Inson hulq-atvorida funksional jihatdan bog‘liq bo‘lgan qo‘zg‘atuvchi va boshqaruvchi tomonlar mavjud. Psixologiyada inson hulq-atvoridagi qo‘zg‘atuvchi holatlarni tasvirlash va tushuntirish uchun qo‘llaniladigan tushunchalar orasida motivatsiya va motiv tushunchalari eng umumiy va asosiy bo‘lib hisoblanadi. «Motivatsiya» atamasi «motiv» atamasiga qaraganda kengroq tushunchaga ega. «Motivatsiya» so‘zi hozirgi zamon psixologiyasida hulq-atvorni determinatsiyalovchi omillardir. Bunga, xususan, ehtiyojlar, motivlar, maqsadlar, intilishlar va boshqa ko‘pchilik) tizimini belgilovchi va hulq-atvor faolligini ma’lum darajada tutib turuvchi, rag‘batlantiruvchi jarayon xususiyati sifatida ikkilangan ma’noda qo‘llaniladi. Biz motivatsiya tushunchasini birinchi ma’noda qo‘llaymiz. SHunday qilib, motivatsiyani inson hulq-atvori, uning kelib chiqishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik xususiyatga ega bo‘lgan sabablar yig‘indisi sifatida belgilash mumkin. Hulq-atvornining istalgan shakli ichki va tashqi sabablar bilan tushuntirilishi mumkin. Birinchi vaziyatda tushuntirishning boshlang‘ich va yakuniy holatlari sifatida sub’ekt hulq-atvorining psixologik xossalari, ikkinchisida – tashqi va faoliyat sharoitlari namoyon bo‘ladi. Birinchi vaziyatda motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, tilaklar, qiziqishlar va h.k.lar, ikkinchisida esa – yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan rag‘batlar haqida so‘z yuritiladi. Ba’zan inson hulq-atvorini ichdan belgilab beradigan barcha omillar shaxs dispozitsiyalari deb ataladi. U holda muvofiq ravishda dispozitsion va vaziyatli motivatsiyalar haqida hulq-atvorni determinatsiyalashning ichki va tashqi analoglari sifatida so‘z yuritiladi. SHuning uchun insonning istalgan harakati ikki tomonlama: dispozitsion va vaziyatli determinatsiya sifatida ko‘rib o‘tiladi. Turli kasb egalari faoliyati motivlarini o‘rganishda motivlar xarakterini bilish va ularni o‘zgartirish muammosi ahamiyatga ega. SHunday motivlardan biri turli xil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishish motivi bo‘lib, bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D. Makklelland, D. Atkinson va nemis olimi X. Xekxauzenlar hisoblanadi. Ularning fikricha, odamda turli ishlarni bajarishini ta’minlovchi asosan ikki turdagi motiv bor: muvaffaqiyatga erishish motivi hamda muvaffaqiyatsizliklardan qochish motivi. Odamlar ham u yoki bu turli faoliyatlarni kirishishda qaysi motivga mo‘ljal qilishlariga qarab farq qiladilar. Masalan, faqat muvaffaqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shunday ish boshlaydilarki, nima qilib bo‘lsa ham yutuqka erishish ular uchun oliy maqsad bo‘ladi. Ular hali ishni boshlamay turib, yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga oshirishsa, odamlar ularning barcha harakatlarini ma’qullashlarini biladilar. Bu yo‘lda ular nafaqat o‘z kuch va imkoniyatlarini, balki barcha tashqi imkoniyatlar - tanish-bilishlar, mablag‘ kabi omillardan ham foydalanadilar. Boshqacha xulq-atvorni muvaffiqiyatsizlikdan qochish motiviga tayangan shaxslarda kuzatish mumkin. Masalan, ular birinchilardan farqli, ishni boshlashdan avval nima bo‘lsa ham muvafikiyatsizlikka duchor bo‘lmaslikni o‘ylaydilar. SHu tufayli ularda ko‘proq ishonchsizlik, yutuqka erishishga ishonmaslik, pessimizmga o‘xshash holat kuzatiladi. SHuning uchun bo‘lsa kerak, oxir-oqibat ular baribir muvaffiqiyatsizlikka uchrab, «O‘zi sira omadim yurishmaydigan odamman-da» degan xulosaga keladilar. Agar birinchi toifali shaxslar bir ishni muvaffiqiyatli tugatgach, ko‘tarinki ruh bilan ikkinchi ishga kirishishsa, ikkinchi toifa vakillari, har qanday ishni yakunlagandan so‘ng, uning natijasidan qat’iy nazar, ruhan tushkunlikka tushadilar va og‘rinish hissi bilan boshqa ishga kirishadilar. Bu o‘rinda talabchanlik degan sifatning roli katta. Agar muvaffiqiyatga yo‘nalgan shaxslarning o‘zlariga nisbatan qo‘ygan talablari darajasi ham yuqori bo‘lsa, ikkinchi toifa vakillarining talablari aksincha, past bo‘ladi. Bunday tashqari har birimizdagi o‘zimizdagi real qobiliyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlarimiz ham ushbu motivlarning faoliyatdagi o‘rniga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘zidagi qobiliyatlarga ishongan shaxs hattoki, mag‘lubiyatga uchrasa ham, unchalik qayg‘urmaydi, keyingi safar hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonadi. Ishonchsiz shaxs esa kichkina berilgan tanbeh yoki tanqidni ham juda katta ruhiy azob bilan qayg‘urib boshdan kechiradi. Uning uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda qayg‘urish sifati ham ma’lum ma’noda motivlar xarakterini belgilaydi. Shaxs va uning jamiyatdagi o’rni bir qator ilmiy tushunchalar vositasida talqin qilinadi. U yoki bu mehnat jamoasida faoliyat ko’rsatayotgan shaxs o’z jamoasida ma’lum mavqyeini egallashga harakat qiladi. Ijtimoiy mavqye yoki status tushunchasi odamning ma’lum insoniy munosabatlar tizimida tutgan o’rnini ifodalaydi. Bu o’rin uning shu jamoada barcha huquqlari (masalan, bo’lim boshlig’i bo’lib ishlaydigan odamdagi lavozimidan kelib chiqadigan normativ huquqlari) hamda burchlari (yaxshi samara bilan ishlash, xodimlarga o’z vaqtida va aniq topshiriqlar berish, maoshni to’g’ri belgilash va h-zo) majmuasidan kelib chiqadi. Odamning obro’si aslida ana shu mavqyeni to’g’ri va obyektiv, xolis anglashi, o’z huquq va burchlari to’g’risidagi tasavvurlarining aniqligi va amalda ularning ijrosiga bevosita boqliq. Shuning uchun rahbar nafaqat o’z mavqyeini, balki barcha jamoa a’zolarining mavqyelarini aniq bilishi kerakki, shundan kelib chiqib u xodimlar bilan munosabatlarini tashkil etadi. Bu holat yana bir muhim tushunchani keltirib chiqaradi. Bu ijtimoiy rol tushunchasidir. Rol – shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning konkret hayotiy vaziyatlardagi huquq va burchlaridan iborat harakatlarini bildiradi. Masalan, talaba rolini oladigan bo’lsak, uni bajarish – u yoki bu oliy o’quv yurtida tahsil olish, uning moddiy bazasidan foydalanish, kutubxonasiga a’zo bo’lish, stipendiya olib, ma’muriyatning ijtimoiy himoyasida bo’lish kabi qator huquqlar bilan birgalikda o’sha oliygoh ichki tartib-intizomi normalariga so’zsiz bo’ysunish, darslarga o’z vaqtida kelish, reyting baholov talablari doirasida kundalik o’zlashtirish normalarini bajarish, amaliyotda bo’lish, dekanatning bergan jamoatchilik topshiriqlarini ham bajarish kabi qator burchlarni ham o’z ichiga oladi. Bu rol uning uyga borgach bajaradigan “farzandlik” roli (ota va ona, yain qarindoshlar oldida) talab va imtiyozlaridan farq qiladi. Ya’ni, konkret shaxsning o’ziga xosligi va qaytarilmasligi u bajaradigan turli-tuman ijtimoiy rollarning xarakteridan kelib chiqadi. Shunga ko’ra, kimdir “tartibli, ba’mani, fozil, axloqli va odobli” deyilsa, kimdir be’mani, bebosh, o’zgaruvchan, ikkiyuzlamachi (ya’ni, bir sharoitda juda qobil, boshqa yerda - betartib) degan hayotiy mavqyega ega bo’lib qoladi. Shaxsning o’zi, o’z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi maqyeini tasavvur qilishidan hosil bo’lgan obraz – “Men” – obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxs barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi. “Men” – obrazining ijtimoiy-psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, tarbiya shaxsning o’zi va o’z sifatlari to’g’risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta’rif berish mumkin. Demak, har bir inson o’zini, o’zligini qanchalik aniq va to’g’ri bilsa, tasavvur qilolsa, uning jamiyat normalariga zid harakat qilish ehtimoli ham shunchalik kam bo’ladi, ya’ni u tarbiyalangan bo’ladi. Addiktiv (tobelik) hulq-atvor – bu shaxs xulqining, biror narsaga berilgaligi bilan bog‘liq (ingliz tilidan, addiction - moyillik, yomon odat) hulqiy og‘ish shakllaridan biri. Bunda odam qanday ob’ektga qaram bo‘lib qolganligi, unga juda ham bog‘lanib qolganligi, bu ob’ektdan lazzat olishligi tushuniladi. Bunday ob’ekt qaram bo‘lib qolgan odam ustidan hukmron bo‘lib qoladi. Agar biror ob’ektga bog‘liqlik juda kuchli bo‘lmasa, shaxs sog‘ligi va ijtimoiy mavqeiga katta xavf solmasa, uning me’yoriy xulqini buzmasa, buni oddiy yomon odat deb atash mumkin. Tobelik (addiktiv) xulqi qaysi ob’ektga berilganligiga bog‘lik holda ko’plab turlarga bo‘linadi. Hayotda eng ko‘p tarqalgan qaramlik ob’ektlari bu psixoaktiv moddalardir (yashirin va yashirin bo‘lmagan giyohvandlik moddalari), qimor o‘yinlari, shirinliklar, shahvoniylik, diniy guruhlar hisoblanadi. Keyingi vaqtlarda kompyuterga qaramlik ham juda tez tarqalmokda. Har qanday bog‘liqlikda odamning tabiiy ehtiyojlari yotadi. Lekin, muayyan sharoitlarda ba’zi ob’ektlar shaxs uchun hayotiy muhim ob’ektlarga aylanishi, ularga bo‘lgan ehtiyoj esa kuchayib nazoratdan chiqib ketishi mumkin. Tobelik xulqining turli shakllari bir-biri bilan tutashishi yoki biri-biriga o‘tishi mumkin, chunki o‘z faoliyati umumiy mexanizmiga ega bo‘ladi. Masalan, o‘taketgan kashanda, sigaretlardan voz kechsa, doimiy ravishda ovqat egisi keladi. Geroinga qaram bo‘lgan odam, uni qabul qilishni to‘xtatsa, alkogolli ichimliklarga berilib ketishi mumkin. Tobelikning psixologik mexanizmlarining o‘xshashligi shundaki, ularda o‘z ruhiy va jismoniy holatini suniy ravishda o‘zgartirib, real hayotdan qochishga intilish holatlari yuzaga keladi. Tanlangan vositadan qatiy nazar addiktiv xulqning maqsadi, bu oddiy hayotdan, zerikiщdan, yolg‘izlikdan, hayot qiyinchiliklaridan qochishdir. Bu bo‘shashish va kuchli ijobiy hissiyotlarni boshdan kechirish holatida ifodalanadi. Barcha qaramlilik vositalari, ayniqsa, giyohvandlik moddalari, muayyan vaqtga ijobiy hissiyotlarni paydo qilish (hursandchilik, baxtiyorlik, rohat, ruhiy va jismoniy qulaylikni sezish) yoki salbiy hissiyotlarni bartaraf etish (xavotirni, xafalikni, aybdorlik hissini, zerikishni, etishmovchilikni unutish) xususiyatiga ega. Tobelik xulqi deb, shunday holatda aytiladiki, unda odam qayta-qayta qandaydir qoniqishni kutib, bir xil usul tutadi. Ijobiy hissiyotlarni olish, kelgusi giyohvandlik moddalariga qaramlilik ob’ekti bilan qayta uchrashishga undaydi, ular tez-tez qaytariladi va oxir oqibat muntazam faoliyatga aylanadi. Bu mazkur giyohvandlik moddasini nihoyatda qadrlash munosabatini paydo qiladi. U esa uy-fikrlar, esdaliklar, xayollar o‘rnini egallaydi, mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarga tanqidiy qarash munosabatni kamaytiradi. Odam o‘zining bog‘liqligini oqlash va himoyalashni boshlaydi, bu moddani ortiqcha ishlatish zarari to‘g‘risidagi axborotga ishonchsizlik bilan qaraydi. Oldingi qadriyatlar va qiziqishlar o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Giyohvandlik moddaga intilishi shunchalik kuchli bo‘ladiki, odam bu yo‘lda har qanday to‘siqlarni engishga qodir bo‘ladi. SHu bilan birga, u o‘z qaramligini tan olgisi kelmaydi, bu esa unga yordam berishni qiyinlashtiradi va atrofdagilar bilan munosabatlarni murakkablashtiradi. Ijtimoiy moslanishdan chiqish belgilari ko‘payib boradi. Addiktiv xulq rivojlanishining quyidagicha izchil zanjirini tuzish mumkin: tatib ko‘rish (o‘z tajribasida sinab ko‘rish) - goh-goh iste’mol qilish – muntazam iste’mol qilish (ortiqcha berilish) – ruhiy qaramlik - jismoniy qaramlik. Bunday xulq yaqqol o‘zini buzib boruvchi xarakterga ega. Zero, u so‘zsiz organizm va shaxs buzilishiga olib keladi. Uning shakllanishiga qator psixologik va ijtimoiy omillar ta’sir etadi. Addiktiv axloq - deviant (og‘uvchi) axloqning ba’zi moddalami qabul qilish yoki e’tiborini doimiy ravishda shiddatli hissyotlarini rivojlantirish va qoilab turishga yo‘naltirilgan faoliyatning m a’lum bir turiga qaratish vositasida o ‘z ruhiy holatini O’zgartirish yo’li bilan voqelikdan qochishga intilish hosil bo’lishi shakllaridan biridir. Bu jarayon kishini shunchalik qamrab oladiki, hatto uning hayotini boshqara boshlaydi. Kishi o’z ishtiyoqi oldida nochor bo’lib qoladi. Iroda kuchi zaiflashadi va addiksiyaga qarshiIik ko'rsatishga imkon bermaydi. Addiktiv ravishda amalga oshirish do'stlik, sevgi, faollik boshqa ko‘rinishlarining o’rini bosadi. U vaqtni, kuch, energiya va hissiyotni shu darajada yutib ketadiki, addikt hayotda muvozanatni saqlash, faollikning boshqa turlariga kirishish. odamiar bilan muloqotdan lazzat olish, qiziqish, relaksatsiyalanish, shaxsning boshqa tomonlarini rivojlantirish, o’z maylini namoyon qilish, hatto eng yaqin kishilarini hissiy jihatdan qo'llab-quvvatlashga layoqatsiz bo’lib qoladi. Xulosa Shunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga, odamlarga va o‘z-o‘ziga munosabatlaridan kelib chiqadi va undagi xarakter xususiyatlarini ham belgilaydi. Ularning har birimizda real shart-sharoitlarda namoyon bo‘lishini biror mas’uliyatli ish oldidan o‘zimizni tutishimiz va muvaffaqiyatlarga erishishimiz bilan baholasak bo‘ladi. Masalan, mas’uliyatli imtixon topshirish jarayonini olaylik. Ba’zi talabalar imtixon oldidan juda qayg‘uradilar, hattoki, qo‘rqadilar ham. Ular uchun imtixon topshirish juda katta tashvishday. Boshqalar esa bu jarayonni bosiqlik bilan boshdan kechirib, ichidan hayajonlanayotgan bo‘lsalar ham, buni boshqalarga bildirmaydilar. Yana uchinchi toifa kishilari umuman beg‘am bo‘lib, sira koyimaydilar. Tabiiy, shunga muvofiq tarzda, har bir toifa vakillari ishining muvaffaqiyati va faoliyatning samarasi turlicha bo‘ladi. Bunga har bir shaxsdagi da’vogarlik darajasi ham ta’sir qiladi. Da’vogarlik darajasi yuqoriroq bo‘lganlar bilgan-bilmaganini isbot qilishga o‘rinsalar, ana shunday darajasi pastlar bor bilganini ham yaxshi aytib berolmay, yana o‘qituvchi bilan tortishmaydilar ham. Tashkiliy xatti-harakatni tushuntirish uchun xulq-atvor nazariyasi odamlarning individual xatti-harakatlariga asoslanadi. Odamlarning o'zini qanday tutishini tushuntirish uchun inson motivatsiyasi o'rganiladi. Behaviourist mualliflar ma'mur odamlarning xatti-harakatlarini yaxshiroq tushunishi va inson motivatsiyasini tashkilotlar ichida hayot sifatini yaxshilashning kuchli vositasi sifatida ishlatishi uchun inson ehtiyojlarini bilishi kerakligini tasdiqladilar. Addiktiv xulq birdaniga paydo bo‘lmaydi. U qaramlikni beto‘xtov shakllantirish va rivojlantirish jarayonidir. Bu giyohvandlik misolida juda yaxshi kuzatiladi. U ruhiy (psixologik) holatni yaxshilaydigan giyohvandlik moda bilan tanishishdan boshlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati N .G ’.Kornilova Xulqi og'ishgan yoshlar psixologiyasi - Т.: TDPU 2014 K.Raximova, A.Abdullaeva «Tarbiyasi kiyin usmirlar psixologiyasi». O’quv qo‘llanma. 2007 10.М. Тутушкина. «Психологическая помощь и консультирование». 2001 Olimov L.Ya. va boshq. Deviant xulq-atvor psixologiyasi. B:. Buxoro viloyat bosmaxonasi. 2018.- 178 b. Kornilova N.G‘. Xulqi og‘ishgan bolalar psixologiyasi: Uslubiy qo‘llanma. - Т., 2008. www.tdpu.uz www.ziyonet.uz Download 169.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling