Emitterlari bog‘langan mantiq
Download 115.53 Kb.
|
Emitterlari bog\'langan mantiq
doim U0 dan katta bо‘ladi. Shu sababli bunday qayta ulagichlarni ketma – ket ulab bо‘lmaydi. Buning uchun maxsus muvofiqlashtiruvchi kaskadlar qо‘llaniladi. Ular kuchlanish sathini siljitish qurilmasi deb ataladi. Emitter qaytargichlar bunday qurilmaning sodda sxemasi bо‘lib hisoblanadi. Qaytargichda chiqish (emitter) potensialining sathi tayanch potensial sathidan U* kattalikka past bо‘ladi.
Tok qayta ulagichini EBM elementga о‘zgartirish uchun uning chap yelkasini parallel ulangan (kirishlari bо‘yicha) tranzistorlar bilan almashtirish kerak. 12.2.-rasm. Ikkita kirishli EBM ME sxemasi Chiqishda emitter qaytargichlarning qо‘llanilishi mantiqiy о‘tishni 0,7V gacha va xalaqitlarga bardoshlikni deyarli 0,3V gacha oshirdi. Bundan tashqari, emitter qaytargichdagi kichik chiqish qarshiligi tufayli sxemaning yuklama qobiliyati ortdi va yuklamadagi sig‘im qayta zaryadlanishi tezlashdi. Manbaning manfiy qutbi umumiy deb olingan EBM sxemaning kamchiligi bо‘lib chiqish signali mantiqiy sathlarining kuchlanish manbai qiymatiga bog‘liqligi hisoblanadi. Bundan tashqari, chiqish umumiy nuqta bilan qisqa tutashganda emitter qaytargich tranzistori ishdan chiqadi. Kuchlanish manbai YEM ning musbat qutbini umumiy nuqtaga ulab aytib о‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish mumkin. Bunda, sxemaning ish prinsipi, albatta о‘zgarishsiz qoladi 12.3.-rasm. 500 seriyaga mansub EBM elementning prinsipial elektr sxemasi EBM elementlar о‘ta yuqori tezlikda ishlovchi tizimlar uchun negiz hisoblanadi. Elementlarni montaj usulda birlashtirish yо‘li bilan turli funksiyalarni amalga oshirish imkoniyati tug‘iladi. EBM sxemotexnikasi TTMga nisbatan funksional jihatdan moslanuvchan va turli murakkablikdagi mantiq algebrasini yaratish imkonini beradi. Bu xossa matritsali kristallar asosida buyurtmaga asosan KISlar yaratishda keng qо‘llaniladi. Bundan tashqari, kо‘pgina maxsus maqsadlar uchun ishlab chiqilgan EBM sxemalari mavjud. 12.4.-rasm. Ikki kirishli EBM elementning shartli garfik belgilanishi Element musbat mantiq uchun bir vaqtning о‘zida ikkita funksiyani amalga oshiradi: U1 chiqish bо‘yicha 2YOKI-EMAS ( Download 115.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling