ЭмваА кафедрасининг
ИЁДларида ёнилги пуркашнинг электрон бошкариш тизимини ишлаш принципи
Download 118 Kb.
|
TVA-AEJvaET-YaN javoblari-2022-23 bahor
ИЁДларида ёнилги пуркашнинг электрон бошкариш тизимини ишлаш принципи.
Maxovikning tishli g‘ildiragining teppasiga joylashtirilgan induktiv datchik dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi haqidagi ma’lumotlarni impuls signal sifatida shakllantiradi. Bu signal analog-raqamli o‘zgartirgich (ARO‘) 4 ga uzatiladi va raqamli kod ko‘rinishiga keltiriladi. Drossel to‘siqchasining holatini belgilovchi datchik 1 dan kelgan signal ham ARO‘ 4 yordamida raqamli kodga aylantiriladi. Takt generatori 3 ARO‘ ishlashi uchun zarur bo‘lgan doimiy chastotali impulslarni shakllantirib beradi. Raqamli kod shaklidagi aylanishlar chastotasi va drossel to‘siqchasining holati haqidagi signallar EBT ning doimiy xotira qurilmasi 5 ga uzatiladi. DXQ da dvigatel aylanish chastotasi va drossel to‘siqchasini ochilish burchagiga bog‘liq ravishda elektromagnit klapan ochilish vaqtini belgilovchi raqamli signal hosil qilinadi va mikroprotsessor 6 ga uzatiladi. 6.3-rasm. Benzinli dvigatellarda yonilg‘i purkalishini elektron boshqarish tizimining tarkibiy sxemasi 243 Mikroprotsessor 6 DXQ dan kelgan signalni zarur yonilg‘i miqdoriga proporsional bo‘lgan injektorlarni ochilib turish vaqtining davomiyligi ko‘rinishiga o‘zgartiradi. Datchik 2 bilan bog‘liq bo‘lgan sinxronizatsiya moslamasi 10, yonilg‘ini dvigatel ish jarayonining tegishli nuqtasida purkalishini ta’minlaydi va kiritish quvirining devorlarida o‘tirib qolayotgan yonilg‘i zarralarining miqdorini kamaytiradi. Dvigatelning issiqlik holati va atrof-muhit sharoitlarini hisobga olib injektorlarni ochilib turish vaqtiga tuzatish kiritish uchun sovitish suyuqligi harorati 10, absolyut bosim 11, so‘rilayotgan havo temperaturasi 12 datchiklaridan mikroprotsessorga qo‘shimcha ma’lumot uzatadi. Bundan keyin signal quvvat kuchaytirgich 7 da kuchaytiriladi va elektromagnit forsunkalar 8 ga uzatiladi. Yoilg‘i purkashning elektron boshqarish tizimi o‘t olish va yonish jarayoniga ta’sir qiluvchi ko‘p omillarni hisobga oladi va yonilg‘i uzatilishini murakkab bog‘lanishlar orqali amalga oshiradi. Bu dvigatelning ancha tejamli ishlashini ta’minlaydi. Shu bilan birga tuzilishining murakkabligi va unga xizmat ko‘rsatish uchun yuqori malakali mutaxassislar zarurligi - bu tizimning kamchiligi hisoblanadi. Download 118 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling