veb-master
|
en: webmasterru: веб-мастер1) Veb-sahifalarni loyihalash, yaratish va bezash bilan shug'ullanuvchi shaxs. Veb-master Internet texnologiyalari bo'yicha bilimlar majmuasi va rassom-bezaklovchi tajribasiga (kompozitsiya, dizayn) ega bo'lishi lozim.
2) Saytning tashqi ko'rinishi va ishi uchun javobgar kompaniya xodimi. Veb-master deganda turli-tuman majburiyatlar doirasi tushuniladi – kichik oddiy sayt uchun sahifalashtiruvchidan tortib dizayner va tizim ma'murigacha. Internet foydalanuvchilari uchun veb-master bu sayt va kompaniya domeniga bog'liq barcha masalalar bo'yicha aloqada bo'ladigan shaxsdir.
|
veb-ranglar
|
en: web-colorsru: веб-цветаRasmlarda ranglarni aniq solishtirish va aks ettirish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan 256 rangdan 216tasini o'z ichiga olgan ranglar jadvali. Qolgan 40 rang ishlatilmaydi, chunki ular kompyuterlarda rang uzatish sifatining sozlanganligiga ko'ra turlicha aks ettirilishi mumkin. Veb standart palitra odatda xavfsiz ranglar palitrasi deyiladi.
|
veb-sahifa
|
en: webpageru: веб-страницаInternet manzili (URL) bilan bir xil ma'noda belgilanuvchi mantiqiy birlik. U veb-saytning tarkibiy qismidir. Veb saytlardan iborat bo'lsa, saytlar esa o'z navbatida sahifalardan iborat deyish mumkin. Fizik nuqtai nazardan u HTML fayldir. Matn, tasvirlar, JAVA appletlari va boshqa elementlardan iborat bo'lishi mumkin. Sahifa statik yoki dinamik shakllantirilgan bo'lishi mumkin. Freymlardan foydalangan holda har bir freym alohida sahifa hisoblanadi.
|
veb-sahifa sarlavhasi
|
en: webpage titleru: заголовок веб-страницыVeb-sahifani aynanlashtiruvchi tavsiflovchi matn. Ochiq sahifa nomi veb-brauzeri oynasining sarlavha qatorida aks o'tiriladi.
|
veb-sayt
|
en: websiteru: веб-сайтInglizcha “site” (tarjimasi “joy”) so'zining o'zbekcha talaffuzi. Umumjahon o'rgimchak to'ri ma'lum axborot topish mumkin bo'lgan va noyob URL bilan belgilangan virtual joy. Mazkur URL veb-saytning bosh sahifasi manzilini ko'rsatadi. O'z navbatida, bosh sahifada veb-saytning boshqa sahifalari yoki boshqa saytlarga murojaatlar bo'ladi. Veb-sayt sahifalari HTML, ASP, PHP, JSP, grafik va boshqa fayllardan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Veb-saytni ochish uchun brauzer dasturidan foydalaniladi. Veb-sayt shaxsiy, tijorat, axborot va boshqa bo'lishi mumkin.
|
veb-sayt statistikasi
|
en: website statisticsru: статистика веб-сайтаSaytlar egalariga saytda tashrifchilar soni, qaysi bo'limlar eng ko'p mashhur bo'lgan va boshqa narsalarni bilish imkonini beradi.
|
veb-sayt tuzilmasi
|
en: website structureru: структура веб-сайтаVeb bog'lamasi sahifalari orasidagi aloqalar to'plami.
|
veb-saytni optimallash
|
en: website optimizationru: оптимизация веб-сайтаqisqacha: SEO.
|
veb-saytning ko'chirma indeksi
|
en: website page rankru: индекс цитирования веб-сайтаVeb-saytga boshqa Internet resurslaridan ishoratlar soni asosida hisoblanadigan qidiruv tizimi ko'rsatkichi. Ko'chirma indeksining eng oddiy shaklida faqat ishoratlar soni hisobga olinadi. Tematik ko'chirma indeksida veb-saytga ishoratlarga ega bo'lgan resurslarning mavzusi, o'lchangan ko'chirma indeksida esa o'sha resurslarning mashhurligiga e'tibor beriladi.
|
veb-server
|
en: web-serverru: веб-сервер1) Internet yoki Intranetga ulangan umumfoydalanishdagi axborot serveri. Unda hujjatlar va fayllar – audio, video, grafik va matn fayllari – saqlanib, ular foydalanuvchilarga HTTP vositalari orqali taqdim etiladi. Veb-server nomi u umumjahon tarmog'ining qismi bo'lgani uchun kelib chiqqan.
2) Maxsus dasturiy ta'minotga ega bo'lgan, bir yoki bir necha veb-sayt fayllarini saqlash va ularga ishlov berishi mumkin. Bir necha veb-sayt bitta kompyuterda ishlasa, veb-server deganda veb-sayt ishlovchi virtual makon (dasturiy ta'minot va kompyuterdagi joy) tushuniladi. Shunga ko'ra ko'plar uchun “veb-server” deganda “veb-sayt” tushuniladi. Ko'p axborotni saqlovchi veb-saytlar bir paytning o'zida bir necha kompyuterda saqlanishi va ularga ishlov berilishi mumkin. Veb-server mijozlarning veb-saytga so'roviga javob beradi va CGI, JSP, ASP, PHP va boshqa qo'llanmalarni amalga oshiradi.
|
veb-servis
|
en: web-serviceru: веб-сервисInternetda maxsus dasturlar yordamida taqdim qilinadigan xizmatlar. Masalan, keng tarqalgan xizmatlar: qidirish tizimi, veb-xosting, veb-pochta, Internetda turli axborotni saqlash (fayllar, xatcho'plar), taqvim va boshqalar. Onlayn xizmatlarning muhim xossasi shundaki, ular sizning provayderingiz, kompyuteringizga va brauzeringizga bog'liq emas, siz o'zingizga tegishli ma'lumotlar bilan, Internetdan foydalanish imkoniyatingiz bo'lgan dunyoning istalgan nuqtasida ishlashingiz mumkin.
|
veb-shablon
|
en: web templateru: веб-шаблонMundarijani veb-sahifa dizaynidan ajratish uchun va veb hujjatlarni ko'plab ishlab chiqish uchun qo'llaniladigan moslamadir. Veb-shablondan istagan inson yoki tashkilot o'zini veb-saytini tashkil qilish uchun foydalanishi mumkin. Shablon sotib olingandan yoki saqlab olingandan so'ng, foydalanuvchi barcha shablonning asosiy ma'lumotlarini o'zining tashkiloti yoki mahsuloti ma'lumotlari bilan to'ldiradi.
|
veb-standartli palitra
|
en: web-standards paletteru: веб-стандартная палитраqisqacha: veb-ranglar.
|
veb-xosting
|
en: web-hostingru: веб-хостингFoydalanuvchi veb-sahifalarini Internet provayderi (xosting provayderi) serverida joylashtirish va qo'llab-quvvatlash. “Xosting” so'zi to'laqonli ikki tomonlama aloqa bilan ta'minlangan tarmoqdagi kompyuterni bildiruvchi xost so'zidan olingan (qisqacha: xost). Xosting pulli va tekin, oddiy va mukammallashgan bo'lishi mumkin. Xosting provayderini tanlayotganda quyidagi tavsifnomalarga e'tibor berish lozim:
1. disk makoni;
2. Internet kanalining o'tkazish qobiliyati (kengligi);
3. fayllarni boshqarish usullari: veb-forma yoki FTP protokoli orqali foydalanish;
4. standart skriptlar to'plami;
5. server tomonida dasturlash mumkinligi (SSI, PHP, ASPlarni qo'llab-quvvatlash, cgi-bin katalogi);
6. serverda ma'lumotlar bazalaridan foydalanish – o'z ma'lumotlar bazalarini yaratish va ishlatish mumkinligi;
7. Shell dan foydalanish;
8. .htaccess fayli orqali serverni konfiguratsiyalash mumkinligi;
9. log-fayllardan foydalanish;
10. uchinchi darajali domenlarni taqdim etish (name.your-name.uz, name1.your-name.uz va boshqa turdagi manzil);
11. bir yoki bir necha pochta qutisini qo'llab-quvvatlash;
12. uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash.
|